XI-BOSQICH. -Trener-o`qituvchi har bir guruhni o`z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan
holda
bittadan
savol
tuzishlari
uchun
5-7
daqiqa
vaqt
ajratadi.
XII-BOSQICH. -Bu bosqichda guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi “hisobchilar” esa guruh
a`zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to`g‘ri
bo`lsa, savol bergan guruh javobni to`ldirmaydi.
XIII-BOSQICH. -Trener-o`qituvchi guruh a`zolari to`plangan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va
to`plangan ballar(baholar)ning umumiy sonini guruh a`zolariga teppa-teng bo`ladi(yuqorida
kelishanganlik asosida).
IZOH: Agar to`plangan ballarni guruh a`zolariga teppa-teng bo`lishda o`quvchilar tomonidan
norozilik bo`lsa, ya`ni ba`zi guruh a`zolari guruhning faoliyatida passiv bo`lgan bo`lishsa, bunday
holatda vaziyatni yechimi guruh a`zolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to`g‘ri hissoblanadi,
yoki trener-o`quvchi o`z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o`quvchilarning
javoblari, faol yoki passivliklarni kuzatib boradi.
Umuman olganda, agar o`quvchi faollik ko`rsatmagan, yoki savol-javoblarda ishtirok etmagan
bo`lsa, ham uning shu dars jarayonida biron narsani builib olgani, eslab qolib o`zlashtirganini
hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin.. Bu o`quvchini keyinchalik shu
shakldagi darslarda faolloq bo`lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni
yechimini har bir o`qituvchi sharoitga, faoliyatiga qarab, o`zi hal etishi yoki guruh jamoaga
tashlashi
mumkin.
Ba`zida guruhning “hisobchilari” ballarni qo`yishda noaniqlik yoki qo`shib yozishlari mumkin,
natijada, ba`zida guruhlarning umumiy to`plagan ballari boshqa guruhlarnikidan juda farq qilishi
mumkin. O`quvchilarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan “hisobchi”lariga bog‘liq
ekanligini trener-o`qituvchi eslatib o`tadi. Agar umumiy to`plangan ballarni gruh a`zolariga
taqsimlanganda shu mashg‘ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo`lsa, u holda
shu mashg‘ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg‘ulotlarga yoki yakuniy
nazoratga o`tkazish mumkin.