Chizish uskunalari
Свабодная форма
(Freehand)(F5). Bu uskuna ixtiyoriy shakldagi egri
chiziq chizish uchun mo’ljallangan. Bu uskuna bilan ikki usulda chizish imkoniyati
mavjud. Birinchi usul, sichqoncha chap tugmaini bosib ixtiyoriy shakldagi egri
chiziqni chizish. Bunda sichqoncha tugmasi qo’yib yuborilgandan so’ng, uning o’tgan
traektoriyasi bo’yicha egri chiziq xosl bo’ladi. Ikkinchi usulda bu uskuna bilan to’g’ri
chiziqlar chizish mumkin. Ya’ni sichqoncha chap tugmasining birinchi bosilishi
chiziqning boshlang’ich uchu bo’lsa, keyingi bosilishi uning oxirgi uchu bo’ladi. Bu
uskuna mavjud chiziqlarga ulanuvchi chiziqlar yaratish uchun xam ishlatiladi (38-
rasm).
39
38-rasm. Свабодная форма
Прямая через 2 точки
uskuna bilan ikki nuqta orqali to’g’ri chiziq hosil
qilinadi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda ma’lum yo’nalishda (istalgan
uzunlikda) sichqoncha harakatlantiriladi va sichqoncha chap tugmasa qoyib
yuboriladi. Ushbu jarayondan foydalanib turli tekis shakllar ham chizish mumkin (39-
rasm).
39-rasm. Прямая через 2 точки
Безье
(Bezier) uskunai yordamida ixtiyoriy shakldagi figurani chizish
mumin. Uning qulaylik tomonlaridan biri uskunani harakatga keltirgandan so’ng
40
markazdan bir xil uzoqlikdagi qarama qarshi masofalarda to’g’ri chiziqlikoordinatani
saqlaydi va egri chiziqli shakllarni osonlikcha chizadi (40-rasm).
40-rasm. Безье
Перо
(Pen) bu uskuna bilan ishlash yuqoridagi
Безье
(Bezier) uskunasi bilan
ishlashga o’xshab ketadi. Uskuna bilan ishlashni tugatish uchun, ya’ni chiziqning
yakuniy uchini o’rnatish uchun sichqoncha chap tugmasi ikki marotaba bosiladi (41-
rasm).
41
41-rasm. Перо
В-сплайн
uskunasi orqali erkin aylana yoki ko’p nuqtalar orqali turli egri
chizqlar chizish imkoniyati mavjud. Buning uchun sichqoncha chap tugmasini bosib
ma’lim masofaga sichqonchani siljitib chap tugmani qoyib yuborish (ushbu amalni
istalgancha, maqsada erishguncha takrorlash) orqali bajariladi (42-rasm).
42-rasm. В-сплайн
42
Ломаная линия
(Polyline) uskunasi siniq chiziqlar chizish uchun ishlatiladi.
Chiziqning yakuniy uchini o’rnatish uchun sichqoncha chap tugmasi ikki marotaba
bosiladi (43-rasm).
43-rasm. Ломаная линия
Кривая через 3-точки
(3-Point Curve) Egilgan chizig’ chizish uchun
ishlatiladigan asbob bo’lib, sichqoncha chap tugmasi birinchi bosilgan nuqta
boshlang’ich tugun, sichqoncha tugmasi qo’yib yuborilgan nuqta yakuniy tugun va
yana bir bora sichqonchaning bosilgan joyi egilish joyini aniqlab beradi va ekranda
egilgan chiziq xosil bo’ladi (44-rasm).
43
44-rasm. Кривая через 3-точки
Художественное офармление
(Artistic Media) Badiiy bezash. Bu asbob
noan’anaviy grafik ko’rinishlarni, chegaralarni yaratish imkoniyatini beruvchi vosita
hisoblanadi. Uskunaning beshta ishlash rejimlari mavjud. Bu rejimlami xususiyatlar
panelidan tanlash mumkin (45-rasm).
•
Заготовка
(
Preset
).
Bu rejimda oldindan ko’rinishi aniqlangan
egri chiziqlar chizish imkoniyati bo’ladi.
•
Кистъ
(
Brush
).
Ko’rinishinini tanlash mumkin bo’lgan grafik
obyektlar ko’rinishudagi chiziqlar chizish imkoniyatini beradi.
•
Распылитель
(Sprayer). Yaratilayotgan chiziq atrofida
ko’rinishinini tanlash mumkin bo’lgan grafik obyektlar chizish imkoniyatini
beradi.
•
Каллиграфия
(Calligraphic). Bu rejimda kalligrafik chiziq
ko’rinishidagi chiziqlarni xosil qilish uchun ishlatiladi.
•
Нажим
(Pressure). Chizilayotgan chiziq qalinligini o’zgartirish
imkoniyatini beradi.
44
45-rasm.
Художественное офармление
Соединительная линия
(Interactive Connector) Ikkita figuralarni to’g’ri yoki
siniq chiziqlar bilan birlashtirish uchun qo’llaniladi (46-rasm).
46-rasm. Соединительная линия
|