Turli shakl va o‘lchamdagi chiziqlar chizish F5 klavishini bosish orqali Curve (egri chiziq) nomli ochiluvchi panelning hohlagan bir instrumentini aktivlashtirishimiz mumkin. Unga panelni ochganimizda oxirgi foydalanilgan instrument aktivlashadi. F5 klavishini bosganimizda Artistig Media (badiiy vositalar) instrumenti aktivlashadi. Freehand (Egri chiziq) Freehand (egri chiziq) instrumenti qalamga o‘xshaydi. Kursorni ekranda yuritganimizda unda chiziq iz qoladi. Lekin juda aniq chiziqlarni Chizish uchun grafik planshetlardan foydalanish juda qulay. Chunki sichqoncha qo‘ldagi titrashlarni ham aniq seza oladi va chiziqlar tekis chiqmasligi mumkin. Rasm chizish jarayonida Corel DRAW chiziqlar o‘rtasiga notekis intervalda bog‘lamlar qo‘shib boradi. Lekin qiyshiq chiziqlarda qanchalar bog‘lam kamroq bo‘lsa shuncha yaxshi chiqadi. Chunki harbir bog‘lamdan keyin chiziq egilib, qiyalab boraveradi. Qiya chiziqlar qo‘l harakatini aniq takrorlashi uchun Freehand (egri chiziq) instrumenti parametrlari va atributlar panelini keraklicha tuzib chiqish zarur bo‘ladi. Freehand Smooting ko‘rsatkichlari 0 dan to 100 gacha bo‘lgan sonlarda berilgan bo‘lib, u hamma vaqt 100 da turadi. undan foydalanish uchun ko‘rsatkichni bosib turib o‘ng yoki chap tomonga tortamiz. Shundan keyin atributlar panelining
77
ostida sonlarni ko‘rsatuvchi shkala paydo bo‘ladi. Bu instrument bilan to‘g‘ri chiziqlar sal boshqacharoq chiziladi. Buning uchun kursorni boshlang‘ich nuqtada bosib turib CTRL klavishini bosamiz va tutib turib keyingi nuqtani belgilab kursorni bosamiz. Shu usul bilan to‘g‘ri chiziqlarni chizishimiz mumkin. Rasm chizish jarayonida to‘g‘ri chiziqlarni chizish rejimidan, erkin shakl va chiziqlar chizish rejimiga o‘tish mumkin.