CorelDraw dasturi obyektlarni o’zaro joylashtrish Obyektlar bilan ishlash jarayonida obyektlarni tartibga keltirish, qatlamlar va obyektlar dispetcheri bilan ishlashni bilish juda zarur. Corel DRAWda obyektlarni tartibga keltirish vositasi oldindan o‘rnatilgan obyektlar ketma-ketligini o‘zgartirib berishi mumkin.
71
Obyektlar dispetcheri (Object Manager) rasmining barcha obyektlari va qatlamlarini berilgan tartibda namoyish qiladi, obyektlar va qatlamlar tartibini o‘zgartirib beradi. Obyektlarni tartibga keltirish Har safar biz rasmga biron bir obyektni qo‘shsak, u oldini planda joylashadi. Arrange / Order (montaj/tartib) komandasi obyektlarni tanlab, aralashtirib, uni hujjatning turli qismiga joylashtirishi mumkin. Order (tartib) komandasini tanlaganimizdan keyin obyektlarning joylashish tartibini o‘zgartirib beruvchi 7 ta turli-tuman komandalardan iborat bo‘lgan menyu ochiladi. •
To Front (oldingi planga). Bu komanda yordamida ajratilgan obyekt va obyektlarni rasmdagi barcha obyektlarning ustiga joylashtirib beradi. Bu komandadan rasmdagi obyektlarning tartibini o‘zgartirish uchun foydalaniladi. •
To Back (orqa planga). Komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni rasmdagi barcha obyektlarning ostiga joylashtirib beradi. •
Forward One (oldinga) komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni bir qadam orqaga joylashtirib beradi. •
Back One (orqaga) komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni bir qadam orqaga joylashtirib beradi. •
In Front of (Obektning oldiga) komanda ajratilgan obyekt yoki obyektlarni rasmning berilgan obyekti oldiga joylashtirib beradi. •