NAZORAT SAVOLLARI
1.
Текст
menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
2.
Таблица
(Table) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
3.
Инструменты
(Tools) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
4.
Окно
(Window) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
5.
Abzasli va satrli matn nima?
63
CorelDraw dasturida obyektlarni tahrirlash (qayta ishlash)
Har bir vector formatdagi tasvirlar tuzatma kiritib bo‘ladigan har xil qismlardan
tashkil topadi. Tasvirni tashkil etadigan bosh qismlar obyektlar deyiladi. Obyekt
tushunchasi CorelDrawda bosh tushuncha hisoblanadi. Obyektlar quyidagilardir:
•
To‘g‘ri chiziq,
•
aylana,
•
To‘grito‘rtburchak,
•
egri kontur,
•
yopiq kontur,
•
ko‘pburchak va hokazo.
68-rasm. Obyektlar va ularni tahrirlash
Chunki bu obyektlardan yangi obyektlar yaratish mumkin. CorelDraw obyektlar
gruppasini yaratishi mumkin, bu gruppalar bilan bitta obyekt ko‘rinishida ishlash
mumkin. Tashqi ko‘rininishidan tashqari vector grafikasi obyektlari birqancha
harakteristikalarga ega. Yuqoridagi rasmda buni ko‘rishingiz mumkin (68-rasm).
Hamma obyektning to‘gri yoki egri chiziqlar, yani segmentlar bilan tutashgan
birqancha tugunlari yoki nuqtalari mavjud. Obyekning tashqi ko’rinishini tugunlar
kordinatalari va segmentlar parametrik belgilaydi. Obyektning ichini har xil turda
to‘ldirish mumkin.
Obyekt segmentlari rangli tus bersa bo‘ladigan konturdan tashkil topgan. Kontur
qalinligini o‘zgartirish mumkin. Konturlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Bir nechi xil rangli,
har xil qalinlikka ega konturli obyekt bo‘lishi mumkin emas. Bunday tasvir yaratish
64
uchun har xil obyektlar yaratish lozim. Biz obyektlar tushunchasini hammasini ko‘rib
chiqdik. Chunki CorelDrawgadi asosiy ishlar obyektlar bilan ishlashdan iborat.
Segment, kontur, ranglarni almashtirish tufayli vektor grafik muharririda yangidan
yangi tasvirlar yaratiladi. CorelDrawdagi asosiy obyektlardan biri og‘ma konturdir.
bu chiziqlar bezye deyiladi. Matematik Pyer Bezye 2 vektorlar orqali og‘ma kontur
yaratish mumkinligini aniqlagan. Bu vazifalar CorelDrawda juda osonlik bilan
bajariladi. Har bir tugun orqali og‘mani egriligini sozlash mumkin. buni tugunlardan
o‘tuvchi yordamchi 2ta parallel chiziqlar orqali bajarish mumkin. Bu chiziqlar
yo‘nalishini egrilikning manipulyarlari desa bo‘ladi. Egrilikni belgilaydigan birinchi
parametr egri chiziqning tugunga kirishidir. Manipulyatorning og‘ishi egri chiziqning
og‘ishini ko‘rsatadi. Egri chiziq magnit kabi manipulyatorga tortiladi. Ikkinchi
parametr egrilik darajasidir, yani tugundan uzoqlashgan sari qanchalik tez egri
chiziqning to‘g‘ri bilan tarqalishi. Manipulyator uzunligi egrilik darajasini belgilaydi.
Shunday qilib, bu parametrlar egri chiziq bezyeni ifodalaydi. Agar segmentning ikki
tomonidagi monipulyatorlar uzunligi 0 ga teng bo‘lsa, unda segment to‘g‘ri chiziqdir.
Ko‘pgina egri bezyelardan 1ta egri tuzish mumkin. CorelDrawda rastorlar kiritib
bemalol ishlash mumkin. bu dastur vektorlar bilan ishlashga mo’ljallangan bo‘lsada,
rastorlar uchun sharoit ham juda yaxshi.
Amaliy darslarda rastrli grafikani ham tahrirlashni ko’rib chiqamiz.
69-rasm. Obyektlar va ularni tahrirlanganligi va qayta ishlangan holati
|