O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi
«Tasdiqlayman»
Boshlang’ich talim kafedrasi mudiri _______________ N.Ashurov 2021 - yil “___” ________
“Psixologik trening” FAN TO‘GARAGI
Denov-2021 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy, ijodiy, kasbiy va sport to’garaklarning NIZOMI Umumiy qoidalar:
Nizom O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 6 martdagi «Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to’g’risida» gi 58-sonli buyrug’i ijrosini amalga oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasalarida ilmiy, ijodiy, kasbiy va sport to’garaklarni tashkillashtirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
To’garaklar o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida yuritadi.
To’garaklar uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo’lib, ta’limning rivojlantiruvchi vazifasini amalga oshirish bo’yicha davlat va jamiyatning uzviy hamkorligida ishlab chiqilgan dasturlar va rejalar asosida o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhiy va ma’naviy jihatdan mustaqil hayotga tayyorlash, jamiyatda munosib o’rin egallashini kafolatlaydigan, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash bo’yicha faoliyat yurituvchi hamda ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni maqsadli hamda tizimli asosda amalga oshiruvchi amaliy va ilmiy-uslubiy ijodiy uyushmasi hisoblanadi.
To’garaklar talaba-yoshlarning optimal yechimlarini izlab topish ko’nikmalarini va o’quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan qiziqishlari bir xil bo’lgan bir guruh talabalarning ma’lum fan yoki kasb bo’yicha tajribali professor-o’qituvchilar va kasb ta’lim ustalari tomonidan ularning bilim va mahoratini oshirish uchun xizmat qiladi.
To’garaklar Nizomi, ilmiy rahbari hamda uning tarkibi fakultet Ilmiy Kengashida ko’rib chiqiladi va universitet direktor buyrug’i bilan tasdiqlanib, faoliyatga kiritiladi.
To’garaklar - bilim va ta’lim sohalari hamda mutaxassisliklari bo’yicha ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni maqsadli va tizimli asosda amalga oshirish uchun talaba-yoshlar qiziqishiga, xohishiga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qiladi, o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garaklar tashkil qilinishi mumkin: Shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash yo’nalishi, Sog’lom turmush tarzi, estetik va jismoniy madaniyatni shakllantirish yo’nalishi, Biologik bilim va madaniyatni shakllantirish yo’nalishi, Diniy qadriyatlar va zamonaviy bilimlar yaxlitligi yo’nalishi, Siyosiy-huquqiy, iqtisodiy bilim va madaniyatni shakllantirish yo’nalishi, Texnik ijodkorlik va kasbiy malakani shakllantirish yo’nalishi, mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlikni shakllantirish yo’nalishi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish yo’nalishi, shaxs va ta’lim xizmatlari yo’nalishi va boshqalar.