7. To’garaklarni tashkil etish va rahbarlik qilish To’garak fakultet dekani tavsiyasi asosida direktorning buyrug’i bilan tashkil etiladi. Unga tajribali professor-o’qituvchilar va kasb ta’lim ustalari rahbarlik qiladi va yo’nalishlar bo’yicha mas’ul direktorlar nazorati ostida fakultet dekanlari tomonidan boshqariladi hamda fakultet Ilmiy Kengashiga muntazam hisobot beradi.
To’garak rahbarining vakolatlari:
- Ilmiy va ijodiy to’garak Nizomiga o’zgartirishlar va to’ldirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqadi;
- to’garak a’zolarining sonini (ishtirokchilar soni 5 nafardan kam bo’lmasligi kerak) belgilaydi;
- to’garak vakolatlarini va uning asosiy faoliyat yo’nalishlarini belgilaydi;
- to’garak a’zolari va yo’nalishlar bo’yicha to’garak a’zolari tomonidan taqdim etilgan dasturiy hujjat, loyiha va kontseptsiyalarni muhokama qiladi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;
- to’garak faoliyatini takomillashtirishga doir turli taklif va tashabbuslar bilan chiqadi.
To’garak rahbarlarida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo’lishi lozim:
- oliy ta’limi muassasalarida to’garaklarni tashkil qilish Nizomi;
- to’garak dasturini tuzish bo’yicha uslubiy tavsiyalar;
- fakultet Ilmiy Kengash tomonidan tasdiqlangan to’garakning yillik ish rejasi;
- ishtirokchilarning davomatini qayd qilish jurnali;
- to’garak ish jadvali;
- to’garak ishtirokchilarning ro’yxati.
To’garak yig’ilishlarini o’tkazish uning hususiyatidan kelib chiqib, belgilanadi.
To’garaklar faoliyatini moliyalashtirish
To’garak faoliyatini tashkil qilish va uni yuritish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar o’rnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
Korxonalar va tashkilotlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning to’garak tashkil qilish va uni moliyalashtirish to’g’risidagi takliflari amaldagi qonunchilik asosida hal qilinadi.
To’garaklar faoliyati uchun zarur moliyaviy mablag’lar universitet tomonidan, quyidagi moddiy mablag’lar asosida shakllantiriladi:
- shartnoma asosida o’quv-uslubiy ishlamalar yaratish;
- badiiy, hujjatli filmlar namoyish etish, ijara xizmatlarini ko’rsatish va boshqa pullik xizmat ko’rsatishdan tushadigan mablag’lar;
- homiylik mablag’lari;