Pythonda fayllar bilan ishlash, tiplashtirilgan va tiplashtirilmagan fayllar, fayllar bilan ishlovchi standart funksiya va proseduralar, fayllarga yozish, fayllardan oʻqish.
Pythonda sodda shakllar chizuvchi proseduralar, sodda shakllar chizishning oʻziga xos xususiyatlari.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo’yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Fan boʻyicha rejalashtirilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda tadbiqlar keng qoʻllanilayotgan asosiy matematik usullarni oʻrgatishga e’tiborni kuchaytirish lozim. Ma’lum sababalarga koʻra ma’ruzaga kirmagan va murakkab boʻlgan tushunchalarni amaliy mashg‘ulotlarda koʻrib oʻtish maqsadga muvofiqdir.
Amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda quyidagi didaktik taomillarga amal qilinadi:
amaliy mashgʻulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
oʻqituvchining innovatsion pedagogik faoliyati boʻyicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uygʻotish;
talabada natijani mustaqil ravishda qoʻlga kiritish imkoniyatni ta’minlash;
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
amaliy mashgʻulotlarda nafaqat aniq mavzu boʻyicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar muayyan masala boʻyicha mavjud boʻlgan yoki mustaqil tarzda kichik ishchi guruhlari yordamida hosil qilingan algoritmlarni muhokama qiladilar. Mazkur mavzularga oid test masalalar tuzib, ular asosida tuzilgan dasturlar majmuasini tuzadilar va kompyuterda olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladilar.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi. Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish
Algoritmlar samaradorligini baholash
Tanlash va joylashtirish turkumidagi murrakkablikga ega saralash algoritmlari