I. Fanning mazmuni. «Axborotlarga ishlov berish va algoritmlash» fanini o‘qitishdan maqsad – muhandislik kasbiy sohasida egallanishi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Ushbu dasturda har bir kasb egasi uning faoliyat ko‘rsatish turidan qat’iy nazar egallashi kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Fanning oʻqitishning vazifasi
- algoritm tushunchasi va uning xossalari, algoritmlarni tasvirlash usullari, rekursiya va iterasiya, algoritmning murakkabligi tushunchasi, algoritm turlari, samarali algoritmlar ishlab chiqishning asosiy usullari, algoritmik tillar bilan tanishtirish;
- algoritmik tillarning asosiy tushunchalari: steklar, navbatlar, daraxtlar, algoritmlar tahlili kabilar haqida ma’lumotlar berish.
- saralash algoritmlari va ulardan foydalanish usullari haqida tasavvurlar hosil qilish.
borasidagi bilimlar va amalda qoʻllash uchun koʻnikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari). Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-modul. Algoritmlash asoslari.
1-mavzu. Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish.
Algoritm tushunchasi va ular haqida ma’lumotlar. Algoritmlar tarixi. Algoritm xossalari, turlari va uning berilish usullari.
2-mavzu. Tanlash va joylashtirish turkumidagi murakkablikga ega saralash algoritmlari.
Saralash tushunchasi. Saralash algoritmlari. Tanlash va joylashtirish usulida saralash, Oʻsib borish va kamayish tartibida saralash, qoʻshish usulida saralash, Joyida abstrakt qoʻshib saralash, Yuqoridan pastga qoʻshib saralash.