ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini
aytadi. (Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga to’lgan edi). Shu kundan boshlab Zardusht
Axuramazda dinining payg’ambariga aylanadi. Endi u o’z qavmlari orasida
Axuramazda dinini targ’ib eta boshlaydi. Buning uchun u “Gatlar” (Hatlar) deb
atalgan, qo’shiq qilib aytishga mo’ljallangan she’rlar yaratadi. 40 yoshida Zardusht
avvalgi ko’p xudolik diniy tasavvurlariga hamda tabiat hodisalariga sig’inish
e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan kitobiy din-Zardushtiylik
dinini yaratgan. Zardusht dastlab mahalliy qabilaviy dinlarning rohiblaridan biri
edi. Ayni paytda, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini
sinfiy
jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan, biroq, mahalliy-qabilaviy
dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga to’sqinlik qiluvchi kuchga
aylanib qolgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la
shakllanishi uchun kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari,
bu murakkab
davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan
davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zarurati ham tug’ilgan edi. Zardusht
yashagan davr Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’chmanchilikka asoslangan
turmush tarzi inqirozga uchrayotgani, o’troqlik turmush tarzi qaror topayotgani,
sug’oriladigan dehqonchilik
hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy
etayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’layotganligi, o’troqlik turmush
tarzi har jihatdan afzal ko’rinishi bilan ham xarakterli edi. Shunday turmush tarzini
barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga g’oyatda
kulfat keltirayotgan hamda
aksariyat bosqinchilik tusini olgan ko’chmanchilikka qarshi kurash hayotiy
ehtiyojga aylangan edi. Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab yetgan donishmand
Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib,
yagona
davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li - yakka xudolikka o’tishdan iborat, deb
bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi, shu
muqaddas maqsad yo’lidagi kurashda halok bo’ldi.
Zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyodir. Bu faktning to’g’riligini bu
dinning muqaddas kitobi-Avestoham isbotlaydi. Chunonchi, bu dinning muqaddas
kitobi-Avestoyakkayu-yagona xudo Axuramazda yaratgan 16 mamlakatdan 9
tasining nomi Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyodagi viloyat va shaharlardir.
ikkitasi afsonaviy bo’lsa, qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon va Armaniston
hududlariga to’g’ri keladi.
Zardushtiylikning ta’limoti dualistik mohiyati uning ruh va moddiyat masalasi
va dunyodagi
ikki qarama-qarshi ibtido, zid juftlar-jon va tana, yaxshilik va
yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va mamot kabi ziddiyatlar
munosabatida namoyon bo’ladi
.“Ezgu fikr (niyat ), ezgu kalom, ezgu amal”
Dostları ilə paylaş: