O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti



Yüklə 379,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix15.12.2022
ölçüsü379,21 Kb.
#75244
  1   2   3   4   5   6
МУСТАКИЛ ИШ Sharofiddinova M



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 OLIY VA O’RTA MAXSUS 
 TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT 
UNIVERSITETI 
IQTISODIYOT FAKULTETI 
MINTAQAVIY QITISODIYOT YO’NALISHI 
FALSAFA FANIDAN 
21-116 GURUH TALABASI SHAROFIDDINOVA 
MASHXURANING 
QADIMGI VA MILLIY DINLAR MAVZUSIDA 
 
MUSTAQIL ISHI 
TOPSHIRDI 
Sharofiddinova M. 
QABUL QILDI
 
 
 
Yuldashev F. 
 
 
 
Farg’ona-2022 
 


 
QADIMGI VA MILLIY DINLAR. 
Reja:
1.
Yahudiylik dinining vujudga kelishi va ta’limoti.
2.
Veda va Veda dinlari.
3.
Konfutsiychilik. Daosizm.
4.
Zardushtiylik. 


Yahudiylik dinining vujudga kelishi va ta’limoti.
Yahudiylik dini yahudiy (Isroil) xalqining yakka xudolikka asoslangan dinidir. 
Bu dinning nomi yahudiylarning yahudo qabilasi nomidan olingan.
Yahudiylik dinining paydo bo’lishi jarayoni uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi 
va uning asosida yahudiylikning yagona davlatga birlashishiga intilishlari yotadi.
Yahudiy qabilalari dastlab ko’chmanchi tarzda yashaganlar.
Miloddan avvalgi XIII asrda Yuqori Mesopotamiyada yashagan yahudiylar 
Falastinni bosib olganlar.
Mana shu tarixiy davrlardan dastlabki yakka xudolik dinlaridan biri-yahudiylik 
dinining shakllanish jarayoni boshlanadi. Yahudiylik dinining taraqqiyoti, uning 
bugungi ko’rinishda shu kungacha yetib kelish tarixi-yahudiy xalqining o’z 
boshidan kechirgan og’ir tarixiy sinovlari bilan bevosita bog’liqdir. Shu jihatdan 
olganda, yakka xudolikka asoslangan yahudiylik dinining taraqqiyot jarayoni bir 
necha davrlarga bo’linadi.
Xususan, bu dinning shakllanish davri-Falastin davri deb ataladi.
Falastin bosib olingandan so’ng yahudiylar o’troqlik hayot tarziga o’ta 
boshlaganlar. Miloddan avvalgi X asrga kelganda esa yahudiy xalqi tarixida yirik 
tarixiy voqea yuz berdi. Ya’ni, tarixda ular birinchi bor o’z davlatlariga ega 
bo’ldilar.
Bu davlatning vujudga kelishida yahudiylarning yahudo qabilasi asosiy rol 
o’ynagan. Bu qabila dastlabki podsholik sulolasiga asos solgan. Birinhci bor 
mamlakatni birlashtirib, Isroil-Yahudiya davlatini barpo qilgan shaxs-Dovuddir 
(1004-965). Barcha yahudiylar endilikda yagona xudo-yahudo qabilasining xudosi 
Yahvega sig’inadigan bo’lganlar. Shu tariqa, miloddan avvalgi X asrdan boshlab 
yahudiylik dini umumdavlat diniga aylangan.
Yahudiy davlati podshosi Solomon (Sulaymon) miloddan avvalgi X asrda 
hashamatli Yahve ibodathonasini qurdirgan.
Yahudiylik ta’limotiga ko’ra Muso bu dinning payg’ambaridir. Xo’sh Muso qay 
tariqa bu din payg’ambariga aylangan? Bu masala yahudiylik muqaddas kitobida 
quyidagicha talqin etiladi:
Isroil (yahudiy) xalqi Imromdan (Oliy Otadan) boshlanadi. “Isroil” so’zi 
Imromning nevarasi Ya’qubning ikkinchi nomi bo’lib, u “Xudo bilan kurashgan” 
degan ma’noni anglatadi. Ya’qub tushida xudo bilan olishgani uchun shunday nom 
bilan atalgan.
Xudo Ibrom bilan ahdlashgan va unga bunday degan: ”Sening isming endi 
Ibrom emas, balki Ibrohim (ko’pchilik otasi) bo’ladi… Sening urug’ingdan 
podshohlar kelib chiqadilar. Men sen bilan va sendan keyingi avlodlaring bilan 


nasldan-naslga o’tib, barqaror bo’ladigan abadiy ahdimni tuzaman. Sening va 
sendan keyingi ajdodlaringning xudosi Men bo’laman. Endi sen va sendan keyin 
tug’iladigan barcha avlodlaring ham Mening ahdimga rioya qilib yuringlar.
Senga va sendan keyingi avlodlaringga quyidagi ahdga rioya qilishingizni 
buyuraman: orangizdagi har bir erkak xatna qilinsin”.
Xudo Ibrohim va uning avlodlariga Misr daryosidan Yefrat daryosigacha 
bo’lgan hududlarni abadiy mulk qilib bergan. Shuningdek, ularga boshqa xalqlar 
vakillari bilan tuziladigan nikohni man etgan.
Ibrohim vafot etgach, uning butun mol-mulki o’g’li Ishoqqa qolgan.
Ishoqning egizak-Isav va Ya’qub nomli o’g’illari bo’lgan. Bu ikki o’g’il 
otalarining merosi xususida o’zaro dushmanga aylanganlar. Natijada, nohaq 
Ya’qub qochib ketgan. Isav esa amakisi Ismoilning oldiga borgan va uning qiziga 
uylangan.
Ya’qubning 12 nafar farzandi bo’lgan Bu 12 farzand ichida Ya’qub uchun eng 
suyuklisi Yusuf bo’lgan. Shuning uchun ham boshqa aka-ukalari uni yomon 
ko’rganlar va kunlardan bir kuni uni savdogarlarga sotib yuborishadi. Otasiga esa 
uni yirtqich hayvonlar yeb qo’ydi, deb aytganlar.
Savdogarlar Yusufni Misrda bir podsho saroyiga sotib yuborganlar. Oxir-
oqibatda, taqdir taqozosi bilan Yusuf Misrda Fir’avnning ishonchli odamiga 
aylangan. Bunga uning tush ta’biri va hisobni yaxshi bilish qobiliyati sabab 
bo’lgan.
Oradan yillar o’tgach, yahudiylar yurtida ocharchilik boshlangan. Ular non izlab 
Misrga borganlar. Misr Fir’avni Yusufning bashoratiga amal qilib, 7 yilga 
yetadigan g’allani g’amlab qo’ygan edi. Shu tariqa yahudiylar Misrga kelib 
qolganlar.
Oradan 50 yil o’tgach, Yusuf vafot etgan. Biroq yahudiylar ichidan uning 
o’rnini bosadigan boshqa shaxs chiqmagan. Ayni paytda, Fir’avnlar chet 
elliklarning ko’payib borishidan ham qo’rqqanlar. Endilikda yahudiylar ta’qib 
ostiga olingan, hatto yangi tug’ilgan chaqaloqlarigacha o’ldirila boshlangan.
Yahudiylar butunlay qirilib ketish havfi yoqasiga kelib qolganlar. Endi 
yahudiylar uchun ikki yo’l qolgan: yo qul bo’lib qolish, yo ixtiyoriy asirlikdan 
qutulish choralarini ko’rish. Yahudiylar ikkinchisini istar edilar. Biroq, ular o’z 
kuchlari bilan asirlikdan ozod bo’la olmas edilar. Shunday paytda xudo ularga 
xaloskor yuborgan. Bu xaloskor Muso edi. Muso yahudiylarni Yahve (Allohning 
Tavrot kitobidagi ismi) yordamida Misrdan olib chiqib ketgan. Yahve Musoga 
Sino tog’ida dastlab 10 vasiyat bitigini taqdim etgan. So’ng unga yahudiylik 
dinining boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan.


Muso Yahvening so’zi-muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya 
boshlagan. Shu tariqa Yahve yahudiy xalqini ikkinchi marta tanlagan. (Birinchi 
marta Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta’lim beradi, yahudiy ruhoniylari).
Bu dinning ham o’z muqaddas kitoblari mavjud. Bular “Bibliya” (Qadimgi Ahd 
qismi) va “Talmud” (“O’rganish”) kitoblaridir.
“Bibliya” ikki qismdan-“Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat. Bibliyaning 
“Yangi Ahd” qismi-xristianlik dinining kitobi hisoblanadi.
“Bibliya”ning yahudiylik dini kitobi hisoblanadigan qismi “Qadimgi Ahd” deb 
ataladi.
“Qadimgi Ahd” (Ahd so’zi-xudo bilan ahdlashuv,kelishuv degan ma’nolarni 
anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning dastlabki beshtasi “Musoning besh kitobi” 
deb ataladi va ular quyidagicha nomlanadi:
1) Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5)Ikkinchi qonun.
Borliq” kitobi (Ibtido)-bu, olamning va insonlarning xudo tomonidan 
yaratilgani; jannat. Unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va 
shu tufayli jannatdan haydalganlari; insoniyatning ko’payishi va qadimgi tarixi, 
butun dunyo suv toshqini, undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy xalqi 
urug’ boshliqlari (Ibrohim, Ishoq, Ya’qub, Yusuf) hayoti, yahudiylarning Misrga 
ko’chib borishi haqidagi kitobdir.
Chiqish” kitobi-yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti va faoliyati, uning 
yahudiylarni Misr qulligidan ozod etishi, shuningdek, xudoning Musoga bergan 10 
vasiyati haqidagi kitob.
Loviy”-oilaviy hayot haqidagi kitob.
Sonlar” kitobi-qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan 
davrdan to Falastinni bosib olgunlariga qadar bo’lgan tarixiga bag’ishlangan.
Ikkinchi qonun”-bu, diniy qonunlar kitobidir.
Bu besh kitob bitta nom bilan-“Tora”(Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik 
diniy ta’limotining asosi hisoblanadi. “Qadimgi Ahd”ning ikkinchi va uchinchi 
qismlari “Payg’ambarlar” va “Yozuvlar” nomi bilan ma’lum. Yahudiylikning 
ikkinchi kitobi “Talmud”dir(“O’rganish”).
Talmudning yozilishiga nima
sabab bo’lgan?
Ma’lumki, milodning boshlarida nurab borayotgan qadimgi Rim imperiyasi 
hududida yangi din-xristian dini zo’r kuch bilan yoyila boshlagan. Bu hol 
yahudiylar oldiga o’z dinlarini saqlab qolish vazifasini qo’ygan.
Bu vazifani birgina Tavrot kuchi bilan hal etib bo’lmas edi. Shu tariqa 
Tavrotning yangi sharoitdagi ham yahudiylik, ham xristianlik tarqalayotgan 
sharoitdagi talqini - Talmud yaratilgan.


Bu kitobda yahudiylik dinining aqida va marosimlari, urf-odatlari bayon etilgan.
Yahudiylikda besh oqim-uch qadimiy va ikki zamonaviy oqim bor. Qadimiy 
oqimlarga Sadduqiylar, Farziylar va Yesseylar oqimi, zamonaviy oqimlarga 
keyinroq tashkil topgan masonizm va sionizm oqimlari kiradi.

Yüklə 379,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin