tamoyillari bu dinning iymon va ahloq asoslarini tashkil etadi.
Zardusht butun borliq, olam, hamma narsa ibtidoiy va abadiy iloh Axura
Mazdadan kelib chiqqan deb uqtiradi. Shuning bilan birga, Zardusht yovuz ruh,
ya’ni o’z tabiatiga ko’ra harom va buzuqlik, bag’ritoshlik, razillik ramzi bo’lgan
Ahrimanni insonlarga ta’riflab beradi. Yomonlikni ifodalovchi shafqatsiz, qabih
Ahriman yovuzlik, iblis, hamma yaxshi narsalarni inkor etuvchi ruh, yolg’onchilik,
adolatsizlik, o’zboshimchalik va o’lim homiysi bo’lib, doim buzg’unchilik bilan
shug’ullanadi, odamlarni yo’ldan uradi va Axura Mazdaga qarshi ish olib boradi.
Ular o’rtasidagi kurash abadiy, dunyo turguncha davom etadi. Pirovardida Axura
Mazdani yo’q qiladi. Hayotdagi turli o’zgarishlar qaysi kuchlarning g’alaba
qilishiga bog’liq. Shunga ko’ra inson ham tana, ham ruhning qarama-qarshiligidan,
inson ahloqi esa yahshi va yomon xulq-odatlarning kurashuvidan iborat deb
tushuntiriladi. Cheksiz abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan-
yahshilik va Ahura Mazda hukmron bo’lgan abadiy yorug’lik, hamda yomonlik va
Anhra Maynu homiysida bo’lgan abadiy qorong’ulik, zulmatdan tashkil topadi
deyiladi.
Shunday qilib, Zardushtiylikning asosiy g’oyalarida-dunyodagi hamma
tartibotlar yahshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va mamot
o’rtasidagi kurashga bog’liq deb qaraladi. Bu dinda ta’kidlanishicha, Ahura Mazda
tarafdorlaiga o’lgandan so’ng jannat, abadiy rohat-farog’at ato etiladi. Anhro
Maynu tarafdorlari esa do’zahga mahkum qilinib, har hil azoblarga duchor bo’ladi.
Oxirat kuni Tangri O’zining qayta tiriltirgan bandalarini so’roq qilib, ularga bu
dunyoda qilgan yahshi yoki yomon amallari uchun tegishli ajrini beradi.
Zardushtiylikda tabiatga, yerga, suvga, butun jonzotlarga, daraxtu -o’simliklarga
mehr bilan qarash targ’ib qilinadi. Olamning dastlabki bosh unsurlari - yer, suv,
havo, olov ulug’lanadi. Ayniqsa, olovga gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb
qaraladi. Ibodatxonalarida esa mangu olov yonib turgan. Shuning uchun ham bu
dinni “otashparastlik dini”, muxlislarini esa “otashparastlar”, “majusiylar” deb ham
ataydilar. Zardushtiylikni butkul otashparastlik deb atash, bizningcha, noto’g’ri.
Bunday qarash zardushtiylikdek qadimiy, murakkab dinning yaxshilik va
yomonlik o’rtasidagi kurash haqidagi falsafiy mazmuni qolib, uni faqat o’tga
sig’inish marosimlaridangina iboratdek qilib qo’yadi va shu jihatlari e’tiborni jalb
qilib, asosiy maqsaddan chalg’itadi. Chunonchi, otashparastlik, ya’ni o’tga
sig’inish boshqa davrlarda, boshqa xalqlarning ham e’tiqodlari bo’lgan. Olovni
muqaddas deb bilish hozirda ham yahudiylik, nasroniylikning ba’zi urf-odatlarida
saqlanib qolgan.
Bu dinda murdani yerga ko’mish yoki kuydirish ta’qiqlanadi. Murda maxsus
joyga qo’yilgandan keyin, etini qushlar yeb ketadi, tozalangan suyaklar esa maxsus
quduqqa sochib yuboriladi.
Zardusht diniy marosim va bayramlarni ham joriy qildi. Qadimgi Eron va unga
qo’shni bo’lgan xalqlarning marosimlarini o’sha davr ehtiyojlariga, yangi din
qoidalariga moslashtirdi. O’shanda Parvardigori olam - Ahura Mazda uchun bir
kunda 3 marta namoz o’qish odati bo’lib, kunning sahar, peshin, nomozshom
vaqtlarida amalga oshirilar edi. Zardusht o’zining diniga e’tiqod qo’yganlardan bir
kunda 5 mahal namoz o’qishni talab qildi. Namoz o’qishdan oldin yuz, qo’l,
oyoqlardagi changlar yuvilib, poklanish shart edi. Zardushtiylik dinida yetti
bayram nishonlangan, ular Axura Mazdaga bag’ishlanar edi. Shunday
bayramlardan eng kattasi Navro’z edi. Zardushtiylarga xos 5 vaqt namoz va yetti
bayram, umuman, uning ta’limoti, tariqati, ma’rifati, aqidalari katta kuch bo’lib,
ming yillar davomida, yashash va odamlarga ilohiy ta’sir o’kazish vositasi bo’lib
keldi.
Ba’zi olimlar hozirgacha zardushtiylikni ko’pxudolik yoki ikki xudolik dini deb
keladilar. Bu masalaga tadqiqotchi olim, falsafa fanlari doktori, professor Ibrohim
Karimov o’zining “Ma’naviyat, falsafa va hayot ” kitobida bildirgan fikrlari aniqlik
kiritadi. “Hozirgi va kelajak avlod mustaqil, teran fikrlay oladigan ijodkor, zukko
odamlar qadimdan shu diyorlarimizda ham bo’lganini, ularning sa’y-harakatlari
bilan jahon madaniy taraqqiyoti rivojlanganini aniq va ravshan bilishlari lozim. Bu
o’rinda gapni jahon xalqlariga yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitobiy din
bergan ulug’ vatandoshimiz Zardusht Spitoma faoliyatiga, u asos slogan
zardushtiylik diniga va uning tarixiy taqdiriga burmoqchiman,” - deb yozadi
Ibrohim Karimov.
“Zardusht miloddan ancha avvalgi davrlarda yashab o’tgan, shu hozirgi O’rta
Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos
olim bo’lib, ko’pxudolik diniy tasavvurlariga, tabiat hodisalariga, jumladan, olovga
sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitobiy
din – Avestoni yaratgan va zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida e’tirof
etilgan tarixiy shaxsdir”, - deb ta’kidlaydi olim.
Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahiy qilingan
ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy
marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yig’ila boshlagan. Bular
Zardushtning o’limidan keyin muqaddas kitobga to’plangan va bu kitob Avestodeb
atalgan (o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar).
Avesto haqidagi buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish xalqlardan
qolgan yodgorliklar” nomli asarida yozib qoldirilgan. Jumladan, bu asardagi
quyidagi fikrlar diqqatga sazovordir: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasidagi 12
ming qoramol terisiga tillo matn bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar
(A.Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan
vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Avestoning beshdan uchi yo’qolib
ketdi”. Binobarin, Avesto Makedonskiyning Osiyoga qilgan harbiy yurishlariga
qadar mavjud edi. AvestoMakedonskiyning hukmronligi tugagach, miloddan
avvalgi 250-yilda arshohiylar davrida qayta tiklana boshlangan va yangi matnlar
bilan to’ldirilgan. Milodning III asrida esa sosoniylar podshosi Shopur I davrida
kitob holatiga keltirilgan. “Avesto”ning tiklangan kitoblaridan 3 tasi asl tilida,
bittasi esa pahlaviy tilida tiklangan.
O’lkaning arab bosqinchilari tomonidan istilo etilishi va Islom dininig tarqalishi
natijasida zardushtiylik dini, uning muqaddas kitobi Avesto qattiq ta’qibga
olingan. Natijada Eron zardushtiylaridan bir qismi sharqiy o’lkalarga, xususan,
Hindistonga ko’chib ketib jon saqlaganlar. Ularning avlodlari hozirgi kunda
Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida zardushtiylikni saqlab kelayotirlar.
Ular forslar (ba’zi adabiyotlarda parslar) deb ataladi. Ular nafaqat zardushtiylikni,
ayni paytda uning muqaddas kitobi Avestoto’la saqlanmagan. Uning 21 kitobidan
diniy marosimlar uchun eng zarur deb hisoblangan, odatda, asosan, diniy
jamoalarda yod olinadigan qismlarigina saqlangan, xolos.
Biz yuqorida Avestoning tiklangan kitoblari haqidagi qayd etib o’tgan edik. Bu
tiklangan (4 ta kitob) kitoblarning birinchisi “Vadovdot” (Devlarga qarshi qonun)
deb ataladi. U 22 bob bo’lib, asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-
javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob “Yosin” deb ataladi va uning
mazmuni asosan Zardushtning xatlari (nomalari) tashkil etadi. U 72 ta “Ha”, ya’ni
bashoratlardan iboratdir. Birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori,
hamma narsani biladigan va narsaga qodir Axuramazdaning vahiylari haqligini
iymon keltirishga doir duolar mavjuddir.
Avestoning uchinchi kitobi “Visporat” deb nomlangan. U 24 bobdan iborat
bo’lib, olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari
yig’indisi ham deyishadi. U ayni paytda “Yosin”ga qo’shimcha hisoblanadi.
To’rtinchi kitob “Bundahash” deb atalib, u qadimiy eron tilida-pahlaviy tilida-
yozilgan. U xudoni zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi o’ziga xos
qadimiy qo’shiqlardan iborat, qo’shiqlari 22 tadir.
Avesto haqidagi eng muhim manba IX asrga oid “Denkard” (Din amallari)”
asaridir. Unda “Avesto”ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar: savobli
ishlar yo’riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik
ta’limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi;oxirat kuni va
undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning
tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutish; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar,
jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan
iboratdir.
Zardushtiylik dini haqidagi ingliz olimi Dj. Buger, fransuz olimi A. Dyupperon
juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 - yilda
Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida 3 yil yashagan,
ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va “Avesto”ni fransuz tiliga
tarjima qilgan. 3 jildlik tarjima 1771 - yilda nashr etilgan. Ayni paytda shuni ham
ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G’arbiy Yevropa, Eron va
Hindiston tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar
aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. “Avesto”dagi turkona jihatlar kam
qolgan.
Dostları ilə paylaş: |