3.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi O‘R (ITTX MDA)ning faoliyati
Mustaqillik yillarida O‘R ITTX MDA faoliyatini yanada rivojlantirish, arxivni texnik va texnologik jixatdan zamon talablariga mos ravishda jihozlash, moddiy- texnik bazani rivojlantirish ishlari davom ettirildi. SHuningdek, arxivda pullik xizmatlar spektrini yanada kengaytirish, arxiv tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu borada arxiv tomonidan asosan turli tashkilotlar faoliyati davomida vujudga kelgan hujjatlarga o‘rnatilgan tartibda ilmiy-texnik ishlov berish, yangi jamlash manbalari bo‘lgan tashkilotlarni hisobga olish ishlariga alohida e’tibor qaratildi16.
Hozirda arxivning asosiy ish faoliyati ilmiy-texnikaviy hujjatlar bilan ishlash masalalarini kengaytirish, ilmiy ma’lumotnoma aparatini tuzish, hujjatlardan xalq xo‘jaligida, ijtimoiy-huquqiy maqsadlarda foydalanishni tashkil etishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan, Toshkent shahar va viloyatida joylashgan ilmiy-tekshirish, loyiha qidiruv institutlari, loyihaviy-texnikaviy buyurolar, trestlar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-texnikaviy jamiyatlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlash birlashmalari, klinik kasalxonalar, dispanserlar, yirik korxonalarning tibbiy-sanitariya qismlari, tibbiyot oliygohlari hujjatlari saqlanadi. Bundan tashqari arxiv saqlovxonasida paxtachilik, ipakchilik ilmiy tekshirish institutlari to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha etakchi konstruktorlik byurolari, qurilish bo‘yicha loyihaviy institutlar, irrigatsiya qurilmalari, gidroelektrostansiyalar, suv omborlari qurilishi bo‘yicha juda ko‘p ilmiy-texnikaviy, g‘oyaviy ishlanmalar to‘plangan.
O‘zbekiston Respublikasi ITTH MDA o‘z yo‘nalidagi hujjatlar bilan ishlovchi respublika ilmiy-uslubiy markaz sifatida unga yuklatilgan vazifalarga
asosan quyidagi ishlarni bajaradi:
Idoraviy arxivlarda vaqtinchalik saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiruvchi hujjatlar ro‘yxatini tuzish;
hujjatlarni davlat saqloviga qabul qilish;
davlat hisobini olib borish;
hujjatlar qimmatdorlik ekspertizasini o‘tkazish:
ilmiy ma’lumotnoma aparati tizimini yaratish;
hujjatlardan foydalanishni tashkil etish;
ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish.
Umuman olganda, bugungi kunda arxiv saqlovxonasida 146 ta turli tashkilot hujjatlari yig‘ilgan bo‘lib, 54 tasi tibbiyot muassasalariga tegishli. Hujjatlarning umumiy soni 2002-yilga kelib 212 497 taga etgan, ulardan ma’muriy hujjatlar soni 79 963 ta, ilmiy-texnikaviy hujjatlar 34 425 ta, kasallik tarixiga doir hujjatlar 94 647 ta, shaxsiy fondlar 3457 tani tashkil etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ITTH MDA Toshkent shahridagi 150 dan ortiq va Toshkent viloyatidagi 10 dan ortiq tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini butlash, saqlovini ta’minlashda, ularga ilmiy-texnikaviy ishlov berishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Arxiv ilm- fan, texnika, sanoat, qurilish, transport, aloqa, konstruktorlik, ratsionalizatorlik va tibbiyot sohalari bo‘yicha faoliyai ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarini ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshiradi17.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotni real sektori korxonalarni qo‘llab quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport saloxiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PF-4058-sonli Farmonini bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur reja asosida ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda arxiv faoliyatini yanada rivojlantirish, arxivni texnik va texnologik jixatdan zamon talablariga mos ravishda jixozlash, moddiy- texnik bazani rivojlantirish ishlari davom ettirildi. Shuningdek, arxivda pullik xizmatlar spektrini yanada kengaytirish, arxiv tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar
sifatini oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu borada arxiv tomonidan asosan turli tashkilotlar faoliyati davomida vujudga kelgan xujjatlarga o‘rnatilgan tartibda ilmiy-texnik ishlov berish, yangi jamlash manbalari bo‘lgan tashkilotlarni hisobga olish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘R MAF hujjatlari saqlovini ta’minlash jarayonida hisobot davrida 1637 varaq arxiv hujjatlari ta’mirlandi, 1442 saqlov birligidagi hujjatlar muqovalandi va tikish ishlari amalga oshirildi, 418 saqlov birligidagi hujjatlar karton qutilarga joylashtirildi. SHuningdek, 405 saqlov birligidagi o‘ta qimmatli arxiv hujjatlari ko‘rib chiqildi va 125 saqlash birligidagi hujjatlar o‘ta qimmatli hujjatlar qatoriga kiritildi. Hujjatlarni nashr etish va ulardan foydalanish ishlari bo‘yicha 20 ta tashabbusli axborot, 22 mavzuli so‘rov, 17 ta arxiv hujjatlari asosida ko‘rgazma, 20 ta radioeshittirish, 10 ta teleko‘rsatuv, 10 ta maqolalar, 25 ta arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya, 3ta maktab darslari va suxbatlar tashkil etildi.
2013-yil davomida hujjatlarni jamlash va idoraviy arxivlarda ish yuritish bo‘limi xodimlari tomonidan arxivning jamlash manbaiga kirgan korxona, tashkilot, muassasalarda ish yuritish va arxiv ishini belgilangan tartib bo‘yicha yo‘lga quyish maqsadida 32 ta yalpi va 30 ta nazorat va mavzuli tekshiruvlar o‘tkazilib, aniklangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Idoraviy arxivlarning 106 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlari (ish yuritish yo‘riqnomalari, nizomlar, hujjatlar nomenklaturalar) qayta ishlanib takomillashtirildi. Joylarda ish yuritish va hujjatlar saqlanishi ta’minlash yuzasidan bir kunlik seminarlar o‘tkazildi. Bugungi rivojlangan texnika asrida hayotimizni texnika va zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Jamiyatimizning har bir jabhasiga zamonaviy texnika-texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda, shuningdek, respublika arxiv tizimida ham. 2008 – yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 949 sonli qaroriga asosan Koreya davlatining KOICA loyihasini jalb qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi va arxiv zamanaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.Arxivning hozirgi paytdagi asosiy ish faoliyati Koreya davlatining KOICA granti asosida olib keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hujjatlarni elektronlashtirishdir. Hujjatlarni elektronlashtirish ishida maxsus dastur yaratilgan. Hujjat dastlab elektron katalog yaratiladi.Bunda hujjatni nomi,katalog raqami,hujjat varog‘i soni,hujjat tili,hujjat joyi va hujjat haqida umumiy ma’lumot kiritiladi.Elektron katalog yaratilganidan so‘ng bu hujjatlar birma bir suratga tushiriladi va hujjatni asl nusxasi surati hujjat haqidagi umumiy ma’lumot bilan birgalikda dasturga joylashtiriladi.Elektron hujjatlarni qulayligi shundaki arxiv hujjatlaridan foydalanishni xoxlagan har bir fuqaro hujjat titib vaqtini o‘tkazmaydi kompyuterdan o‘zi qidirayotgan hujjatni “qidiruv”buyrug‘ini bersa kifoya hujjat paydo bo‘ladi18.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PP-949-sonli qarori qabul qilindi. Bugungi kunda qaror ijrosi yuzasidan arxivlar faoliyatini yaxshilashga oid ulkan ishlar amalga oshirildi. Ya’ni grantning dastlabki bosqichi respublikaning 3 ta markaziy davlat arxivlari Koreya davlatining zamonaviy texnologiyalari bilan ta’minlandi. Markaziy davlat arxivlari xodimlaridan bir necha nafar arxivchi mutaxassislar Koreya Respublikasida bo‘lib malaka oshirib qaytishdi.
Hozirgi kunda arxivning asosiy ish faoliyatlaridan biri arxivda mavjud qog‘oz hujjatlarini mazkur zamonaviy texnologiyalar yordamida elektron ko‘rinishga keltirishdir. Elektron arxivlarning bir qator qulayliklari bo‘lib eng avvalo hujjatni qidirib topish va undan foydalanishda vaqt samaradorligiga erishiladi. Bundan tashqari eng asosiysi, hujjatning moddiy asosiga kamroq zarar etadi.
Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi 2004-yili Toshkent shahri Olmazor tumani, Nozimaxonim ko‘chasi, 86 uyda joylashgan yangi binoga ko‘chirildi. Arxivda quyidagi sohadagi korxona, tashkilot va muassasalardan hujjatlar qabul qilinadi va saqlanadi. Bular sanoat, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, transport, qurilish, turar joy komunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish. Bundan tashqari arxivda ilmiy texnikaviy hujjatlar, konstruktorlik loyihalari va bir qancha tarixiy ahamiyatga ega hujjatlar saqlanadi19.
Arxivda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, tumanlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish to‘g‘risidagi loyihalar va smetalar mavjud. Suv xo‘jaligi sohasida Respublika bo‘yicha xo‘jaliklarni, xalqni ichimlik suvi bilan ta’minlash va erlarni sug‘orish ishlari haqidagi, o‘rmon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha cho‘l erlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida, transport sohasi bo‘yicha ko‘priklar qurish, yo‘llarni ta’mirlash to‘g‘risidagi, qurilish sohasida esa shahardagi turar joylar, binolar qurish, rekonstruksiya qilish haqidagi, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ilmiy-tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy ishlar, tibbiyot sohasini rivojlantirishga oid doimiy saqlanadigan hujjatlar mavjud20.
Bundan tashqari arxivda respublikada ilm-fan sohasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan professor va olimlarning shaxsiy jamg‘armalari tashkil qilingan bo‘lib, ularning shaxsiy hujjatlari, suratlari, ilmiy ishlari qabul qilinadi va saqlanadi. Masalan, me’mor A.B. Boboxonov, kardiolog M.X. Hamidova, ximik T.M. Mirkomilov, stomotolog T.X. Safarov, onkologlar S. Navro‘zov, Y.T. Tadjiboeva, genikolog N.M. Maxmudova, A.A. Choroxova, xizmat ko‘rsatgan agranom M.M. Mirzaev, irrigator N.A. Aliev va boshqalarning shaxsiy jamg‘armalari saqlanadi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PP-949-sonli qarori qabul qilindi. Bugungi kunda qaror ijrosi yuzasidan arxivlar faoliyatini yaxshilashga oid ulkan ishlar amalga oshirildi. Ya’ni grantning dastlabki bosqichi respublikaning 3 ta markaziy davlat arxivlari Koreya davlatining zamonaviy texnologiyalari bilan ta’minlandi. Markaziy davlat arxivlari xodimlaridan bir necha nafar arxivchi mutaxassislar Koreya Respublikasida bo‘lib malaka oshirib qaytishdi21.
Hozirgi kunda arxivning asosiy ish faoliyatlaridan biri arxivda mavjud qog‘oz hujjatlarini mazkur zamonaviy texnologiyalar yordamida elektron ko‘rinishga keltirishdir. Elektron arxivlarning bir qator qulayliklari bo‘lib eng avvalo hujjatni qidirib topish va undan foydalanishda vaqt samaradorligiga erishiladi. Bundan tashqari eng asosiysi, hujjatning moddiy asosiga kamroq zarar etadi.
Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi 2004-yili Toshkent shahri Olmazor tumani, Nozimaxonim ko‘chasi, 86 uyda joylashgan yangi binoga ko‘chirildi. Arxivda quyidagi sohadagi korxona, tashkilot va muassasalardan hujjatlar qabul qilinadi va saqlanadi. Bular sanoat, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, transport, qurilish, turar joy komunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish. Bundan tashqari arxivda ilmiy texnikaviy hujjatlar, konstruktorlik loyihalari va bir qancha tarixiy ahamiyatga ega hujjatlar saqlanadi.Arxivda qishloq xo‘jaligi sohasi dir
Suv xo‘jaligi sohasida Respublika bo‘yicha xo‘jaliklarni, xalqni ichimlik suvi bilan ta’minlash va erlarni sug‘orish ishlari haqidagi, o‘rmon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha cho‘l erlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida, transport sohasi bo‘yicha ko‘priklar qurish, yo‘llarni ta’mirlash to‘g‘risidagi, qurilish sohasida esa shahardagi turar joylar, binolar qurish, rekonstruksiya qilish haqidagi, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ilmiy-tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy ishlar, tibbiyot sohasini rivojlantirishga oid doimiy saqlanadigan hujjatlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: |