O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 135,73 Kb.
səhifə1/5
tarix21.12.2022
ölçüsü135,73 Kb.
#76941
  1   2   3   4   5
O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Makaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI


JAHON TARIXI KAFEDRASI

5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari boyicha) ta’lim yo‘nalishi
20.89Cguruh talabasi
Sayfiddinov Xushnudbekning
ARXIVSHUNOSLIK
FANIDAN
«O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Makaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati»
mavzusidagi
Mustaqil ta'lim
Ilmiy rahbar: R.Qodirova


Fаrg‘оnа shahri – 2022 – 2023 o‘quv yili
O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Makaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati


Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivining tashkil topishi

  2. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondler

  3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivining faoliyati

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish

Xalqimizning tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati masalalari yoritilayotganda chuqur ilmiy asos va aniq dalillar zarur. Haqqoniy tarixni yaratishda dalil bo‘ladigan muhim omillar orasida arxiv hujjatlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonning moddiy va ma’naviy hayoti aks etgan noyob arxiv hujjatlari tarix fani uchun boy manba sifatida xizmat qiladi.


Markaziy Osiyo mintaqasida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Bu arxivlarga Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi.
Birlamchi manbalarda toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar.
Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarni Movarounnahrga olib kelgan. Shuningdek, Sohibqiron jahonning bir qancha mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar qimmatli arxiv hujjatlari hisoblanadi. Shu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil YUNESKO tashabbusi bilan Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 yilligida Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga topshirildi. Amir Temurning nevarasi Boysunqur zamonida Hirotda ko‘pgina asarlardan namunalar to‘planadi. Uning atrofida o‘z davrining yetuk shoirlari, kitobxonlari, muqovasozlari, naqqoshlari va boshqa kitobsoz hunarmandlar yig‘ilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zaro feodal urushlar, vayronagarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari, qo‘lyozmalar yo‘q bo‘lib ketgan. Bizgacha Qo‘qon va Xiva xonlarining arxivlari, Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi saqlanib qolgan1.
Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi mavjud xolos. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
Oliy o‘quv yurtlari “Arxivshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekistonda turli tarixiy davrda arxivlarning vujudga kelishi va faoliyati bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi2.
Har bir mavzu so‘nggida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tayanch tushunchalar berilgan bo‘lib, ular yordamida o‘qituvchi o‘tilgan mavzuning tinglovchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlashi mumkin. Nazorat uchun berilgan savollar talabalarga mustaqil ravishda fikr yuritishga, mavzu bo‘yicha olgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.



Yüklə 135,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin