O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti. “Iqtisodiyot “ kafedrasi



Yüklə 25,43 Kb.
səhifə3/3
tarix07.06.2023
ölçüsü25,43 Kb.
#126226
1   2   3
Artiqov Hayotjon Tezis Namuna

Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir.
Belgilari:

  • yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;

  • elektron hujjat almashinuvi;

  • buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;

  • ma’lumotlar elektron bazalari;

  • CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

  • korporativ tarmoqlar.

Qulayliklari:
1. To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejaladi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.
4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan biri sifatida “Alibaba” elektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash jarayonida iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli ustunliklar yaratiladi. “Alibaba” bu – oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir.
Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir.
Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Ma’lumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada “iflos pullarni” yuvish, mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo yashirib ko‘rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo‘ladi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘g‘irlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq yetib boradi va hokazo.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi. “Raqamli texnologiyalar” tomon burilishga butun jahon internet tarmog‘i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek, turli internet do‘konlar, elektron to‘lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirmoqdalar, o‘rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. Endigi masala o‘rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat.
Raqamli iqtisodiyotning o‘z valyutasi (kriptovalyuta, bitkoin), pul saqlaydigan karmoni (blokcheyn), hisoblash usullari (mayning) kabi terminlari mavjud. Ular haqida yanada batafsil ma’lumot olish tavsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi. Bundan tashqari Iqtisodiyot, Moliya, Axborot texnologiyalari, Adliya vazirliklari va boshqa qator davlat tuzilmalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun o‘ziga xos mas’uliyat va vazifalarga ega. Bu haqida kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida ham alohida ta’kidlab o‘tildi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot – ma‟lumotlar bo„ladi. Ularning tahlilidan so„ng esa to„g„ri boshqarish bo„yicha yechim ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo„llab-quvvatlash sohasida raqamli ta‟limning zamonaviy metodlarini qo„llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o„zlashtirishda ko„maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko„rishi maqsadga muvofiq hisoblanad


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. “Raqamli iqtisodiyot asoslari” Darslik-R.H.Ayupov Toshkent - 2020



  1. https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html

  2. http://sammitc.uz/ru/news/n?name=raqamli-iqtisodiyot-nima

  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.06.2021 yildagi 373-son

  4. https://kun.uz/uz/news/2020/07/06/raqamli-iqtisodiyot-rivojlanish-trendlari-va-xususiyatlari

Yüklə 25,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin