Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda shunday oyat bor: «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar». Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz - pul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funktsional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti.