O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə4/7
tarix15.06.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#130822
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyotga kirish MT

Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas.

Iqtisodiy tizim tushinchasi

Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosa-batlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. Iqtisodiy tizimlar doirasida iqtisodiyot subʼyektlari, ishlab chiqarishni omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar maʼlum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizimlar faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vositalar yordamida tashkil qilinadi.

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga:

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga:

1) davlat mulkini, ishlab chiqarish,

2) xizmat ko’rsatish,

3) matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini,

4) ijtimoiy tashkilotlar mulkini, -uy xo’jaligi,

5) shaxsiy tomorqa xo’jaligi,

6) yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini,

7) tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini

va xususiy mulklarni oladi.

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni,

avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bogliq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin