va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.
Iqtisodiy tizimlar masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqarish vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tasniflash koʻproq tarqalgan. XXI-asr boshlaridagi qarashlarda Iqtisodiy tizimni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, Iqtisodiy tizimlarning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi, texnika va texnologiya darajasi, ishlab chiqarish harakteri, yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi, iqtisodiy munosabatlar tabiati, iqtisodiyotni boshqarish usuli, iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.

Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3, 5 va hatto 7 ta Iqtisodiy tizimlar boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya Iqtisodiy tizimni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yondashadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda Iqtisodiy tizim ishlab chiqarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra: