O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 58,96 Kb.
səhifə2/8
tarix17.06.2023
ölçüsü58,96 Kb.
#131942
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi ilmiy rahbar N. Alimova farg’ona 2022 kirish I bob O\'

I bob O'zbek xonliklarining tashkil topishi

1.1 Xiva xonligining tashkil topishi


Temuriylar tasarrufida bo'lgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan . Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qo'l ostiga o'tdi. Ularga qarshi xalq qo'zg'oloni bo'lib, unga Vazir qal 'asi qozisi Umar va Baqirg'on qishlog'idan muiia Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511-yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan. 1512-yilga kelib xonlik hokimiyati ko'chmanchi o'zbeklarning boshqa urug'i (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qo'liga o'tadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qo'hna Urganch va Xiva shaharlari bo'lgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mang'ishloq, Balxan tog'lari, Dehiston, O'zboy(Uzboy) va O'rta Xuroson hududlari kirgan. Elbarsxon (1511-1516) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar o'troqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qi smi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mang'ishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon o'g'illari va ukasi, qarindoshlariga bo'lib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo bo'lgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz o' zaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. XVI-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon, Husaynqulixon, So'fiyonxon (1516-22), Bujaqaxon (1522-26), Avaneshxon (1526-38), Alixon (1538-47), Akatoyxon (1547-1556), Yunusxon (1556-1557), Do'stxon (1557-1558), Hoji Muhammadxon (1559-1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari o'rtasidagi o'zaro qirg'inlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi o'rtasida urushlar azobini ham tortishga majbur bo'lgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (1537-1538, 1595-1598) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga bo'ysundirganlar. Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo o'zanining 0' zgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qo'yganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy ta' sir ko'rsatgan1. XVII-XIII asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621-23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623-43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643-yilda xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644-yilda Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi. Abulgʻoziy Bahodirxon 1662-yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663-yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685-yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. XVII asrning oxiri XVIII asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687-1688), Oʻzbekxon Arnakxon (1688-1690), Joʻji Sulton (1694-1697), Valixon (1697-1699), Shohniyozxon (1699-1690), Shohbaxtxon (1702-1703), Sayid Alixon (1703-1705), Musaxon (1705-1706), Yodgorxon (1706-1713) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu mamlakat ahvolini yanada ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi ortgan va Petr I (1714-1717) yillarda Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Xivaga harbiy ekspeditsiya joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714-1728) Qayragʻoch darasidagi ochiq toʻqnashuvda katta talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta shaharga boʻlib yuborgan va ularni alohida-alohida qirgʻin qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728-yilda Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan. Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728-1739) hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740-yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741-yilda xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan. Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha yetib keldi. 1662-yil Xiva xoni Abulgʻozi navbatdagi urushdan soʻng Buxoro xoni Abulaziz bilan sulh tuzdi. Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685-yil xivaliklar Samarqandni egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning oʻgʻli Ernak (Ereng) ham ishtirok etdi. 1687-yil Anusha hibsga olinib, koʻzi koʻr qilindi. 1668-yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning hukmdori etib Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu maqsadda 1700-yil Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi2. Xon Arab Muhammad (1702-1714) ham Rossiya koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728) hukmronligi davrida feodal fitnalari davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717-yil Xiva xonligi Rossiya davlatining A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740) oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730-1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741-yil xivaliklar Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli Abu Muhammadni tayinlaydi. XVIII asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon almashdi.
1.2 Buxoro  xonligining tashkil topishi
Movarounnahrdagi siyosiy tanglikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1740- yil Buxoro va Xiva xonliklarini oʻziga tobe qiladi. 1747-yilda Nodirshoh Eronda oʻldirilgach, Buxoro xonligi oʻz mustaqilligini tiklashga muvaffaq boʻlgan. Buxoro xoni Abulfayzxon 1747-yilda mangʻitlardan boʻlgan Muhammad Rahim otaliq boshliq fitnachilar tomonidan oʻldirilgan. 1747-56- yillar davomida taxtga “qoʻgʻirchoq” xonlar oʻtqazilgan. Mamlakat yana ichki nizolar girdobiga tortilib, viloyat hokimlari isyon koʻtarganlar. Muhammad Rahim ularni shafqatsiz suratda bostirgan. U arkoni davlat va ruhoniylar fatvosi bilan 1756- yil 16- dekabrda rasmiy ravishda Buxoro taxtini egalladi va oʻzini amir deb e'lon qilgan. Shunday qilib, Ashtarxoniylar sulolasi rasman barham topib mangʻitlar sulolasi hukmronligi boshlangan. Shu vaqtdan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb nom olgan. Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi (1758-1785). U qo‘shinni mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. Barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho shaklida bo‘lib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko‘paytirdi. Bundan norozi xalq qo‘zg‘olon ko‘tarar, Doniyolbiy esa ularni bostirishga ulgurmasdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalarining o‘zboshimchaligi haddan oshdi. Doniyolbiy shunday sharoitda taxtni o‘g‘li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi3. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‘ibotchisidan biriga aylandi. Shohmurod darveshona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratdi. Shohmurod faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shu jihatlari bilan xalq orasida katta obro‘ qozongan edi. Amir Shohmurod yoshligidan xudojo‘y, porso (pokiza) bo’lib o‘sdi. Amir Shohmurod islohotlar o‘tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi. Shuning uchun ham savdo va hunarmandchilikning o‘sishi uchm barcha zarur sharoitlarni ta’minlab berdi. Aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj solig‘idan ozod etildi. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. Asosiy soliq bo‘lgan xiroj miqdori kamaytirildi. Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun “jul” deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta tiklatdi. Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan viloyat hokimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan taugalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Xalq uni hurmat bilan „amiri ma’sum’’ (begunoh amir) deb atadi. Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga o‘g‘li Amir Haydar o‘tirdi (1800-1826). Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalaaib, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urindilar. Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Amir Haydar Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib borishga majbur bo‘ldi. O‘ratepani qo‘lda saqlab qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Ayni paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi. Garchand Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsada, mamlakatda tinchlik qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning amaldorlarining adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. 1804-yilda amirga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligidagi Marv aholisi, 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon boshlandi. Harbiy harakatlar va ichki nizolar oddiy mehnatkashlaming bnningsiz ham og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida lining ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860). Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami yagona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi4. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. Natijada, fuqarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amiming, kichik amaldor o‘zidan katta amaldoming qahriga uchrab qolishdan qo‘rqib yashardi. O‘zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo'rquv muhiti vujudga keltirildiki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi.



Yüklə 58,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin