Qoʻqon xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar boshqa xonliklarga nisbatan kechroq boshlangan. Xonlikning Rossiyadan ancha olisda joylashganligi aloqalar oʻrnatilishiga imkon bermagan. Vaholan-ki, Qoʻqon xonligi O’rta Osiyo xonliklari, qoʻshni Xitoy, Hindiston, Qirgʻiz dashtlari bilan jadal diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari oʻrnatgan. XIX asr boshlaridan Rossiya Qoʻqon xonligiga katta qiziqish bilan qaray boshlagan. Rossiya xukumati siyosiy maqsadlarni ko’zlagan holda xonlikni oʻrganish uchun maxsus ekspeditsiyalar tashkil qilgan. Qoʻqon xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilishdan avval Quqon xonligining iqtisodiy taraqqiyotiga nazar tashlasak. Qoʻqon xonligi boʻyicha qoʻlyozma manbalar, rus sayyohlari va elchilarining hisobotlarida qiziqarli maʼlumotlar mavjud. Masalan, manbalardan Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Mahmud ibn Valining “Bahr ul-asror”, Sang Muhammad Badaxshiyning “Tarixi Badaxshon”, Mirza Olim Totikandiyning “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”, Niyoz Muhammad Xoʻqandiyning “Tarixi Shohruhiy”, Qurbon Ali Ayogʻuziyning “Tavorixi xamsayi sharqiy” asarlarida Qoʻqonning joylashgan oʻrni, xonlikning yirik shaharlari, ziyoratgoh joy- lari, bozorlari, dehqonchnpigi, hunarmandchiligi va madaniy hayoti toʻgʻrisida nayob maʼlumotlar mavjud. Quqon xonligi qulay geografik sharoitda, karvon yo’llari ustida va dehqonchilik qadimdan rivojlangan hududda joylashganligi sababli taraqqiy etgan edi. Xonlikning markazi va bosh shahri boʻlgan Koʻqonga oid maʼlumotlarga koʻra, uning yoshi 2000-yildan ortiqdir. Qoʻqon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning ayni paytda O’rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Oʻtmishda Qoʻqon shahri bir necha marta dushmanlar tomonidan talanib, vayron qilingan. Maʼlumki, XIII asrda moʻgʻullar Oʻrta Osiyoni istilo qilgan davrda juda koʻp shaharlar vayron qilinib, yer bilan yakson qilingan edi11. Shunday shaharlar orasida Qoʻkon ham bor edi. Shundan soʻng Quqon faqat 1709-yili qayta tiklangan va 1740-yilda esa shahar xonlik poytaxtiga aylantirilgan. Qoʻqon shahri xonlikning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylantirilgan. Xonlikda Qoʻqon, Toshkent, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar mavjud boʻlib, ularda xoʻjalik tarmoqlaridan hunarmandchilik sohasi keng koʻlamda taraqqiy topgan edi. Masalan: Quqonda hunarmandchilikning quyidagi turlari boʻlgan. Misgar, zargar, oʻymakor, qurolsoz, kulol, qogʻozgar, tuqimachi, doʻppi tikuvchi, kashtakach, koʻpriksoz, temirchi, nonvoy, aravasoz, baxmalbof. bujgun, buyoqchi, gilkor, dorikash, jibachi, devorzan, degrez, yormaduz, koʻnchi, miltiqsoz, najjor, nayzagar, pan- jarasoz, pillakash, poʻstindoʻz, taqachi, toʻbrez, paranjiduz, chodirchi, chevar, chitgar, gilamchi va hakozolar. Qoʻqon shahrida haftaning chorshanba va yakshanba kunlari bozor boʻlgan. Qoʻqon xonligida keng tarmoqli hunarmandchilik sohasining rivojlanganligi uning koʻshni davlatlar bilan savdo aloqalari oʻrnatishga imkon yaratgan. Zargarlikning rivojlanishiga Qoʻqonga qarashli bulgan hududsa oltin konlarining mavjudligi sabab bulishi mumkin. Masalan, oltin Kosonsoydan, Qoratogʻ shimolidagi Kukrev daryosidan, Chirchiq daryosi boʻylaridan, Chatkol daryosi yuqori oqimlaridan olingan. XVIII-XIX asrlarda Samarqandda qogʻoz ishlab chiqarish tanazzulga ketayotgan davrda Qoʻqonda qogʻoz ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyila boshlangan. Bu tovar tayyorlash Samarqandlik qogʻoz ishlab chiqaruvchi ustalarning Qoʻqonga koʻchib kelishi bilan bogʻliq. Buning natijasida Quqon Orol dengizidan Xitoigacha qogʻoz taʼminoti bilan shugʻillanuvchi monopoliyaga aylanib qolgan desak xato boʻlmas. Qoʻqon qogʻozi Koshgʻar, hattaki shimoliy Afgʻonistonga ham olib borilgan. Qogʻoz ustaxonasi Qoʻqon shahrining Moʻyi muborak darvozasi orqasidagi maqbara yonida joylashgan. Qogʻoz juvozi oddiy saroydan iborat boʻlib, sathi 25-30 kvadrat metr, ayvonning bir tomonida juvozxona, boshqa tomonida qogʻoz xamiri uchun katta moslama joylashgan. Usta oʻz xalfalari yordamida bir kunda 300 varoq qogoz tayyor- langan. Qoʻqondan tashqari boshqa joylarda ham qogʻoz ishlab chiqilgan. Ammo Qoʻqon qogozi oʻzining sifati va koʻpligi bilan ulardan ancha ustun boʻlgan. So’nggi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyolik olimlar, tarixchilar, shoirlar oʻz asarlarini Qoʻqon qogʻoziga yozganlar. Bu qogʻozlardan devonxonada ham keng foydalanilgan. Mahalliy qoʻlyozma asarlar va turli xil diplomatik hujjatlar Qoʻqon qogʻozida yozilgan. XIX asr boshlarida Toshkentda boʻlgan sibir kazaki Maksimov qogʻoz Qoʻqon va Toshkentda tayyorlanadi, deb yozgan edi12. Quqon qogozining hajmi uzunligi 58 sm, eni 50 sm bulgan. Uning 240 varogʻi 1 bogʻ bulib, birinchi jahon urishi arafasida va boshlarida birinchi navi 6 rub., ikkinchi navi 4 rub. va uchinchi navi 3 rub. turgan. Quqonda ipakdan tayyorlangan, juda sifatli qogʻoz ham boʻlgan. Ipak qogʻozi juda qimmat boʻlganligi uchun ehtiyoj kam boʻlgan. Ipak qogʻozi maxsus buyurtma asosida tayyorlangan. Qoʻqon Oʻrta Osiyo xonliklari, Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan karvon yoʻllari orqali bogʻlangan boʻlib, xonlik ular bilan qizgʻin savdo munosabatlariga kirishgan. Rossiyaning Qoʻqon xonligi bilan savdo-siyosiy munosabatlari boshqa Oʻrta Osiyo xonliklariga nisbatan biroz sust rivojlangan. Bu holatni esa xonlikning Rossiyadan anchagina uzoqligi va Tashkent bekligi orqali ajralib turishi bilan izoxdash mumkin. Rossiya bilan Qoʻqon xonligi oʻrtasidagi savdo va diplomatik munosabatlar XIX asrning ikkinchi oʻn yilliklaridan boshlab jadal rivojlana boshlangan. Rossiya bilan Quqon munosabatlari dastlabki davrlarda doʻstona boʻlib, har ikki tomon bu aloqalardan manfaatdorday koʻringan. Ammo, koʻp utmay bu aloqalar oʻrnini dushmanlarcha munosabatlar egallay boshlagan. Chunki XIX asrning 50-60 yillariga kelib Rossiyaning Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi boshlagan birinchi harbiy yurishlari aynan shu xonlikka qaratilgan edi. Qoʻqon xonligi va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqgisodiy va siyosiy-diplomatik munosabatlar masalasi rus elchilari va sayyoxdari hisobotlarida, hamda maxsus asarlarda oʻz aksini topgan. Rossiyaning Qoʻqon bilan aloqalari Sibir orqali amalga oshirilgan. 1806-yil 13-yanvarda Sibir inspeksiyasining Rossiya kommersiya (savdo-sotiq) vaziri N.P. Rumyansevga bergan maʼlumotida Qoʻqonga savdo karvonini joʻnatganligini xabar qilgan. Biroq, savdogar Qoʻqonga yetib kelmasdan, Turkistondan orqaga qaytib ketgan. Navbatdagi Rossiyadan Qoʻqonga joʻnatilgan kalugalik savdogarlar Ivan va Akim Sveshnikovlar karvoni 1811-yilda Qoʻqon xonligiga muvaffaqiyatli yetib kelishgan. Qoʻqon xonligi bilan savdo-sotiqni birinchi marta yoʻlga qoʻyishga musharraf boʻlgan Ivan va Akim Sveshnikovlar rus hukumati tomonidan munosib takdirlangan edilar. Rossiyadan savdo karvoni kelganligidan ruxlanib ketgan Qoʻqon xoni Umarxon rus hukumatiga Sibir orqali erkin savdo munosabatlarini yoʻlga qoʻyishni iltimos qilib murojaat qilgan. Bu iltimos Peterburg hukmron doirapari manfaatlariga mos kelganligidan foydalangan Aleksandr I uni qoʻllab-quvvatlagan. Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligi bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga alohida ahamiyat berib, Qoʻqon xonligidan keladigan elchilar va savdogarlarni himoya qilish yoʻllari izlangan. Oʻrta Osis va Sibir munosabatlari buyicha yirik mutaxassis H.Ziyayevning maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaga kelgan Quqon xoni elchisi Shokirbek quqonlik savdogarlarning Rossiya imperiyasida erkin savdo qilishlari hamda Qoʻqon bilan Rossiya oʻrtasida savdo aloqalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish kerakligini bildirgan. Rus hukumati Rossiyadan Oʻrta Osiyoga joʻnatilayotgan ekspeditsiya va elchiliklarga maxsus topshiriqlar bergan. Xususan, 1813-yili Sibir korpusi tarjimoni Filipp Nazarov maxsus topshiriqlar bilan, Qoʻqonga, yaʼni Petropavlovskda Peterburgdan kelayotgan Qoʻqon xoni elchisining oʻldirilishi natijasida kelib chiqqan mojaroni hal qilish maqsadida kelgan. F.Nazarovning 1813-1814 yillarda Qoʻqon xonligiga qilgan sayohati natijasida, 1821-yilda “Zapiski o nekotormx narodax i zemlyax sredney chasti Azii” kitobi nashrdan chiqqan. Asar tarixiy-etnografik xarakterga ega. Kitobda qoʻqonliklarning Koshgʻar, Xitoy, Xiva, Buxoro va Sharqiy Eron bilan savdo aloqalari haqida xabar beriladi. U Qoʻqon xoni elchilarni qabul qilish marosimida ishtirok etib, qabul marosimi chogʻida Xitoy, Xiva, Buxoro va boshqa oʻlkalardan kelgan elchilarini koʻrgan. F.Nazarov Oʻratepa shahri haqida yozib, u yerda aholi loy (paxsa - A.R.) uylarda yashab, xonadonlarida pux roʻmollar to’qiydi, deb eʼtirof qiladi. Asarda Oʻratepa aholisi turkmanlar, eroniylar, Buxoroga qarashli boʻlgan joylardagi koʻchmanchi arablar bilan savdo qilishadi, deb taʼkidlanadi. 1826-yili “Aziatskiy Vestnik” jurnalida eʼlon qilingan maqolada Qoʻqon aholisi paxta va ipak yetishtirish bilan shugʻullanishi, qoʻqonliklar Xitoy, Xiva va Eron bilan savdo qilishi haqida maʼlumot berilgan. 1828-yilda Omsk shahriga qoʻqonlik elchilar Sadr Gamaldar Tursunxoʻja Nayzaxoʻja va Xoʻja Mir Qurbon Mamat Qosimovlar Rossiya podshosi Nikolay I ga ikki mamlakat oʻrtasida doʻstona aloqalar oʻrnatish taklifi bildirilgan Qoʻqon xoni yorligʻini topshirish uchun kelgan. Osiyo departamentida elchilar juda yaxshi kutib olingan hamda ularga Qoʻqon xonligidan keladigan elchilar va savdogarlarni imperiya oʻz himoyasiga olinishi bildirilgan, shuningdek Rossiya-Quqon munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish taklif qilingan. Ikki davlat oʻrtasidagi kslishuvga asosan 1829-yil 12-avgustda Omskdan qoʻqonlik elchilar bilan hamrohlikda N.I. Potanin Qoʻqonga elchi qilib joʻnatiladi. U Qoʻqon shahrida besh oy boʻladi va 1830-yilda yurtiga qaytish uchun yoʻlga chiqadi. N.I.Potanin sayohati davrida oʻzi shohid boʻlgan voqeahodisalarni yozib qoldirgan. Uning asarida Qoʻqon xonligi viloyatlaridagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, mahalliy yoʻllar, harbiy qoʻshin tuzilishi, diniy urfodatlar, oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi turli xil maʼlumotlar qamrab olingan. Demak, yuqorida keltiridgan maʼlumotlarga asoslanib Qoʻqon va Rossiya ikki davlat oʻrtasida doʻstona savdo-iqtisodiy imoqalar oʻrnatilishidan manfaatdor boʻlgan. Manfaatdorlik hissi ular oʻrtasida elchilik va savdo-sotiqning rivojlanishiga xizmat qilgan, deyish mumkin. Ammo, XIX asr boshlarida Rossiya bilan Qoʻqon xonligi oʻrtasida boshlangan doʻstlik muhitidagi aloqalar asr oʻrtalariga kelib dushmanlik kayfiyati bilan almashinadi. Rossiyaning Oʻrta Osiyo hududlarini egallab, soʻngra afsonaviy Hindistonga chiqish orzusi uni janub tomonga bosqinchilik yurishlarini boshlashga sabab boʻldi. Rossiyaning Oʻrta Osiyo xududlariga dastlabki yurishi aynan Qoʻqon xonligiga qaratilgan boʻlib, bu harakat xonlikning tugatilishi bilan yakun topgan edi12.