Topshiriq № 01j. Maqsad: “Erishishga bo’lgan ehtiyoj” metodikasi. Zarur jihozlar: Qog’oz, ruchka.
Erishishga bo’lgan ehtiyoj(motiv)ni o’lchaydigan metodika Yu.M.Orlov tomonidan yaratilgan. “Erishishga bo’lgan” ehtiyojni X.Xekxauzen quyidagicha ta’riflaydi: o’z qobiliyat va malakasini oshirishga intilish, ularni yuqori darajada ushlash (tegishli faoliyat turi bo’yicha) taklif etilayotgan metodika test-so’rovnoma ko’rinishida bo’lib, 23 ta tasdiqdan iborat. Sinaluvchi ulardagi fikrlarga qo’shiladi yoki qo’shilmaydi. Test yordamida insonni har qanday faoliyatida muvaffaqqiyatga erishish ehtiyojini ifodalanganlik darajasi aniqlanadi. Bu shaxsiy sifat, ustanovkaga aylangan ehtiyojdir muvaffaqqiyat.
Yo’riqnoma Sizga bir qator tasdiqlar berilgan. Agar siz undagi fikrga qo’shilsangiz raqami oldiga “ha”, qo’shilmasanagiz “yo’q” so’zini qo’ying.
So’rovnoma Menimcha, hayotdagi muvaffaqiyat tasodifga bog’liq, hisob kitobga emas.
Agar men yaxshi ko’rgan ishimdan ayrilsam, hayot ma’nosini yo’qotaman.
Har bir ishda men uchun uni bajarilishi muhim, natija emas.
O’ylashimcha, odamlar ko’proq ishdagi omadsizlikdan aziyat chekadilar, yaqinlari bilan yomon munosabatlardan emas.
Muvaffaqiyatdan shubhalanishdan ko’ra dangasaligim niyatdan voz kechishimga sabab bo’ladi.
Menimcha, men o’zimga ishongan odamman.
Muvaffaqiyatga erishish uchun men imkon yetarli bo’lmasa ham tavakkal qilishim mumkin.
Men shijoatliman.
Hammasi yaxshi ketsa meni g’ayratim oshadi.
Jurnalist bo’lganimda men voqealar haqida emas, odamlarni original kashfiyotlari haqida yozar edim.
Yaqinlarim rejalarimga qo’shilmaydilar.
Tengdoshlarimga qaraganda mening hayotga bo’lgan talablarim pastroq
Menimcha qobiliyatdan ko’ra menda tajriba ko’proq
Kundalik ishlardan ozod bo’lsam, ko’p narsaga erishsam bo’ladi.
Natijalarni ishlash Har bir javob 1 ball beriladi. –“Ha” javoblari uchun quyidagi pozitsiyalarga-2,6-8,14,16,18,19,21-23; “yo’q javoblar uchun quyidagi pozitsiyalarga -1,3-5,9-13,15,17,20 erishishga bo’lgan ehtiyoj (EE) darajasi berilgan javoblar ballarni yig’indisi aniqlanadi. Baholar shkalasi 0-23 gacha.
Xulosa Sinaluvchi qancha ko’p ball olsa shunga undagi erishishga bo’lgan ehtiyoj kuchli ifodalangan bo’ladi.