O‘zbekistоn Respublikasi Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Farg‘оna davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 71,46 Kb.
səhifə4/9
tarix22.06.2023
ölçüsü71,46 Kb.
#134042
1   2   3   4   5   6   7   8   9
laboratoru 001

Natijalarni qayta ishlash.
So’rovnoma kaliti.
Javoblar quyidagi kalitga tushsa, har bir javob bir ball bilan baholanadi:
Agar quyidagi savollarga;
Ha” deb javob bergan bo’lsangiz: 1, 2, 3, 4, 5, 8, 11,14, 15, 16, 20
Yo’q” deb javob bergan bo’lsangiz: 6, 7, 9, 10, 12, 13, 17, 18, 19.
Umumiy ball ikkala qatorda to’plangan ballarni qo’shish orqali aniqlanadi. U qanchalik baland bo’lsa, shunchalik ma’qullanishga bo’lgan extiyoj yuqori bo’ladi. Bu ko’rsatkich subyektni boshqalar tomonidan bildirilgan ijobiy ma’qullanganlikka bog’liqlik darajasini, uning shaxs ta’siriga va muhit ta’siriga sezgirligini ko’rsatadi.
13 va undan yuqori ko’rsatkich - ma’qullashga bo’lgan ehtiyojning yuqori darajasi hisoblanadi. Yuqori ko’rsatkich javob reaktsiyasini odatiy holatini namoyon etadi, hamda boshqa birovlar tomonidan berilayotgan bahoni subyekt kutish xususiyatlari bilan namoyon qiladi.
10-12 ball - ma’qullashga bo’lgan ehtiyojning o’rtacha darajasi,
10 balldan past ma’qullashga bo’lgan ehtiyojning quyi darajasi hisoblanadi. Quyi ko’rsatkich subyektning o’z qarashlari qimmatga ega ekanligi hamda uning atrofidagi guruhlarga bog’liq emasligidan dalolatdir. U nizolashuv va ijtimoiy ta’sirdan tushkunlikka tushgan bo’lib, namuna bo’lishni xohlamaydi.


Topshiriq № 01b.
Maqsad: “Badiiy-estetik ehtiyojni aniqlash” metodikasi. V.S.Avanesov tomonidan ishlab chiqilgan.
Zarur jihozlar: Qog’oz, ruchka.
Yo’riqnoma
Sizga bir qator tasdiqlar berilgan. Agar bu fikrga qo’shilsangiz “ha” javobini, qo’shilmasangiz “yo’q” javobini belgilang.
So’rovnoma
1. O’ylashimcha san’at asarlarisiz ham yashasa bo’ladi.
2. Men she’rlarni yoqtirmayman.
3. Men klassik musiqani to’plab boraman.
4. Mening fikrimcha, badiiy havaskorlik to’garaklariga qatnashish - behuda vaqt o’tkazishdir.
5. Men teatrga yaxshi sheriklarsiz bormayman, garchi bu spektakl menga yoqsa ham.
6. Men estrada musiqasini klassikadan afzal ko’raman.
7. Nazarimda odamlar simfonik musiqani yoqtirishlari haqida aytganda mubolag’a qiladilar.
8. “Arxitektura - qotib qolgan musiqa” degan fikr menga o’ylab topilganday tuyuladi.
9. Ovozsiz kinoni ko’rish zerikarli.
10. Fikrimcha, yaxshi muhandis bastakordan ko’ra jamiyatga foydaliroq.
11. Men jurnalist bo’lganimda san’at haqida emas, hodisalar haqida yozar edim.
12. Sport yoki badiiy gimnastikadan qaysi birini tanlash kerak bo’lganda, men birinchisini tanlagan bo’lar edim.
13. San’atdan ko’ra ilm-fan insonga ko’proq narsa o’rgatadi.
14. Adabiy asarlarni o’qishdan ko’ra ularni ekranda ko’rishni afzal ko’raman.
15. Klassik musiqani tinglash meni kayfiyatimni yaxshilaydi.
16. Nazarimda, Opera barham topyapti.
17. Fikrimcha, estrada san’atni eng ommabop turiga aylanyapti.
18. Men badiiy albom va rasmlarni to’playman.
19. Odatda, men turli davra yoki kechalarda bo’lganimda, san’at haqidagi suhbatlarda ishtirok etmayman.
20. Olim odamni san’atga muhabbati uning ilmiy faoliyatini oshiradi.
21. Men o’tmishda yozilgan romanlarni yoqtiraman.
22. Menga ko’proq emotsional emas, balki fikrlovchi odamlar yoqadi.
23. Hozirgi zamonimizda ball raqslari kulguli ko’rinadi.
24. Men bastakor, aktyor, rejissor, rassomlar haqidagi radioeshittirish va teleko’rsatuvlarni yoqtiraman.
25. Bo’sh vaqtlarimda men tasviriy san’at, kulolchilik, musiqa instrumentlarini chalish, she’r yozish, kashtachilik bilan shug’ullanaman.
26. Bo’sh vaqt ko’proq bo’lganda edi, men san’at bilan shug’ullanar edim.
27. Men doimo teatrlarga borib turaman.
28. Men badiiy havaskorlik to’garaklariga qatnashaman.
29. Men klassik baletlarni yoqtiraman.
30. Men san’at haqidagi kitoblarni o’qiyman.
31. Fikrimcha, televideniya orqali berilgan spektaklni teatr binosida ko’rishni hojati yo’q.
32. Men professional san’atda ishlashni xohlar edi.

Yüklə 71,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin