O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Muhammad Tarag’ay 
Ulug’bek
(1394-1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi, Amir Temurning o’g’li 
Shohruh Mirzo edi. Ulug’bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. unga taniqli olimlar Qozizoda Rumiy va G’iyosiddin 
Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bo’lsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga ko’p kuchini sarfladi, 
matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning 
dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xorazmiy, al-Farg’oniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va 
boshqalarning asarlari muhim o’rin egalladi. 
Ulug’bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, Ko’hak tepaligida, Obi Rahmat arig’ining bo’yida, 
rasadxona barpo etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424 yilda boshlanib, 1429 yilda tugallandi. Olimning eng 
muhim asari «Ziji jadidi Ko’ragoniy» deb ataladi. Undan tashqari, Ulug’bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni 
aniqlash haqida risola», astronomiyaga bag’ishlangan «Risolayi Ulug’bek» va tarixga oid «To’rt ulus tarixi» kitoblarini 
yozdi. Ulug’bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik, musiqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki 
qism, muqaddima va 1118 yulduzning o’rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. 
Ulug’bek sayyoralarni o’rganishda turli uslublarni qo’llaydi, bular kuzatish, eksperiment, jonli mushohada, isbotlash, 
qiyoslash, induktsiya, deduktsiya va boshqalardir. Shuni aytish lozimki, Ulug’bek kuzatish va o’lchash asboblari 
takomillashmagan bo’lsa ham, quyosh va oy harakatlarini, ularning tutilishi va vaqtlarini to’g’ri hisoblab chiqdi. u o’z atrofiga 
qobiliyatli olimlarni to’pladi, o’zga mamlakatlardan iqtidorli olimlarni taklif etdi. 
Ana shunday olimlardan biri 
G’iyosiddin Jamshid al-Koshiy 
(1430 yilda vafot etgan) bo’lib, u yirik riyoziyotchi 
va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoh ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» («Doira haqida risola») va 
boshqalardir. XVI asrdan boshlab Evropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana boshladilar. 


Tarixda Ali Qushchi nomi bilan mashhur bo’lgan A

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin