56
boshqariladigan tayanch qurilmalari bilan jihozlanadi. Yuk ko’tarish
qobiliyati 4…30 t atrofida.
Katta og’irlikka va o’lchamlarga ega bo’lgan jihozlar va qurilish
mashinalarini
tashish uchun uch, to’rt va olti o’qli ko’p g’ildirakli
tirkama va yarim tirkamalar – og’ir yuk tashuvchilar dan foydalaniladi,
ular 20...120 t yuk ko’tara oladi va platformasi past joylashgan bo’ladi.
Tirkamalar va trayler- lar ballastli yarim tirkamalar esa tirkash
qurilmasiga ega bo’lgan shatakchi avtomobil yordamida tortib yuriladi.
5.4. Gusenitsali va g’ildirakli traktorlar
Gusenitsali yoki g’ildirakli traktorlardan (5.9-rasm)
foydalanish
samaradorligi ular ishlaydigan yerga (tuproq va sharoitga) bog’liq.
G’ildirakli traktorlar tezligi va harakatchanligi jihatidan ustunlikka ega.
O’ta nam yerlarda shinalarning tuproqqa ilashishi gusenitsali
traktorlarnikiga
qaraganda kamroq, maxsus qoplamali yerlarda esa
deyarli bir xil.
Gusenitsali traktorlar
toshli va kattiq yerlarda, qiyaliklarda, nam
yerlarda va ish sharoiti og’ir bo’lgan joylarda samarali ishlaydi.
Nominal tortish kuchiga binoan traktorlar tortish kuchi 300 kN dan
ortiq bo’lgan o’ta og’ir, 200-300 kN bo’lgan og’ir 140-200 kN bo’lgan
o’rtacha og’ir, 25-130 kN bo’lgan yengil va 25 kN dan kam bo’lgan o’ta
yengil turlarga bo’linadi.
Traktor sanoati 6, 9, 14, 20, 30, 40, 50, 60, 90, 100, 150, 200, 250,
350 va 500 kN tortish kuchiga ega gusenitsali va g’ildirakli
traktorlar
ishlab chiqaradi. G’ildirakli traktorlarning tezligi 40 km/soatgacha,
gusenitsalilarning tezligi esa 10-12 km/soatgacha bo’ladi. Tuproqqa
tushadigan bosim kuchi g’ildirakli traktorlarda 0,2-0,35 MPA,
gusenitsalilar uchun 0,1 MPa ga yetadi.