72
tanlab olinadi. Ostki roliklarda esa rolik qadami ikki marta ortiq olinadi.
Roliklarning diametri, po’lat turli lentalar uchun 350...400 mm va
qadami 1...4 m atrofida qabul qilinadi. Rezina gazlamali lentalar uchun
ishlatilayotgan roliklar po’lat, cho’yan va plastmassalardan tayyorlanadi.
Roliklarning uzunligi baraban uzunligiga teng qilib olinadi.
Markazlovchi tayanch roliklar lentaning
eni notekis yuklanganda
uning ustki va ostki tarmoqlari chetga chiqib ketmasligi uchun hamda
avtomatik muvozanatlash uchun ishlatiladi (6.10- rasm, g).
Taranglovchi moslamalar.
Bu moslamalar tayanch roliklar
asosida lentaning salqilanib qolmasligini ta’minlash
va lenta bilan
yetakchi baraban orasidagi kerakli ishqalanish kuchini hosil qilish uchun
ishlatiladi. Taranglikni juda katta qilish kerak emas, aks holda
konveyerniig ayrim qismlarida yeyilish hosil bo’ladi,
shuningdek,
energiya sarfi oshadi. Lentani me’yoridan ko’p taranglash konveyerning
to’xtab qolishiga sabab bo’ladi, uning yurishi notekis bo’ladi. Lentaning
tarangligi kam bo’lsa, uning salqiligi ortib, ramaga tegib qoladi.
Taranglovchi moslamalar vintli va yukli (aravachali va vertikal
yukli) turga bo’linadi. Birinchisi uzunligi 60 m gacha va ikkinchisi
uzunligi 50 m dan ortiq bo’lgan konveyerlarda ishlatiladi.
Vintli taranglovchi moslamalarda kerakli taranglashni qo’l
yordamida, klyuch bilan burash yordamida ta’minlanadi. Vint polzunga
mahkamlanadi. Polzun taranglovchi barabanning aylanish o’qiga
qotiriladi. O’z-o’zidan buralib ketmasligi
va taranglik kuchi
kamaymasligi uchun vintlar o’z-o’zidan tormozlanuvchi trapetsional
rezbalardan tayyorlanadi.
Kamchiligi:
taranglikni to’xtovsiz ko’zdan
kechirib turish kerak.
Afzalligi:
konstruktsiyasi oddiy, ixcham va yengil.
Vertikal yukli taranglovchi moslama (6.10-rasm, b ) yuk, ikkita
yo’naltiruvchi va bitta taranglovchi barabandan tuzilgan.
Baraban va
qo’zg’almas ramaga osib qo’yilgan yukning og’irligi hisobiga lentada
taranglik hosil bo’ladi.
Kamchiligi:
lentaning har tomondan bukilishi
shuningdek, qo’shimcha 5 ta baraban mavjudligi
lentaning yeyilishi va
energiyaning ko’p sarf bo’lishiga olib keladi.
Afzalligi:
konstruktsiyasi
oddiy va balandlik bo’yicha gabarit o’lchamlari kichik.
Vintli taranglovchi moslamalar, odatda qisqa gorizontal va qiya
burchakli konveyerlarda ishlatiladi.
Aravachali taranglovchi moslama (6.11-rasm, a) taranglovchi
baraban
3
, o’rnatilgan harakatlanuvchi aravacha 4
,
ni tortib turuvchi yuk
1, arqon
2
va yo’naltiruvchi blokdan iborat.