13.5-rasm. Sochiluvchan yuklar uchun badyalar. a) tubi tushadigan; b) tubi ochiladigan. 13.2. Greyferlar Greyferlar jag’simon maxsus kovshdan iborat. U sochiluvchan
yoki donali materiallarni qamrab olishga va bo’shatishga imkon beradi.
Greyfer yuklash va bo’shatish operatsiyalarini ishchilar ishtirokisiz
bajarish imkonini bergani uchun, u avtomatik yuk osish qurilmalari
qatoriga kiritiladi.
Greyferlar bir va ikki jag’li bo’ladi. Ko’p jag’li greyferlar, odatda,
katta donali materiallarni (tosh, cho’yan quymasi va h.k) yuklash uchun
ishlatiladi. Ular kinematik tuzilishiga ko’ra arqonli (chig’irga arqon
mahkamlanadi) va yuritmali (yuklash va bo’shatish o’zida joylashgan
yuritma orqali bajariladi) turga bo’linadi.
Arqonli greyferlar bir arqonli va ko’p arqonli bo’ladi. Yuritmali
greyferlar yuritmaning ishlashi bo’yicha – elektr motorli, gidravlik,
elektr-gidravlik va pnevmatik turlarga bo’linadi.
Bir arqonli greyferlar samarasizdir, chunki bo’shatish uchun uni
yerga tushirish lozim bo’ladi, bu esa ish unumini keskin pasaytiradi. Ikki
arqonli greyferni istagan vaziyatda bo’shatish mumkin. Bu hol tsiklni
bajarishga ketadigan vaqtni ancha qisqartiradi. Bu esa sochiluvchan
yuklarni ko’plab ortib-tushirish ishlarida nihoyatda muhimdir. Ikki
arqonli greyferlar bir arqonli greyferlarga qaraganda unumli ishlaydi.
Ikki arqonli greyferlarda (13.6-rasm) jag’lar tutib turuvchi 6 va
tutashtiruvchi arqonlar 5 ga osiladi. Bu arqonlar strela kallagidagi
bloklardan aylanib o’tib, mos ravishda greyfer hamda yuk chig’irlari
barabanlari 4 va 2 ga o’raladi.
174
13.6-rasm. Greyferlar. a) kovshni tushirishdan oldin uning jag’larini ochish; b) jag’larni yopish; v) kovshni ko’tarish; g) kovshni bo’shatish. Greyfer
quyidagicha
ishlaydi.
Tutashtiruvchi
arqon
5
bo’shashganda greyferning pastki kallagi 8 o’z massasi ta’sirida unga
sharnirli mahkamlangan jag’lar 1 bilan birga pastga tushadi. Bunda
jag’lar ochilib, ular pastki uchi bilan sharnirli mahkamlangan jag’lar 1
bilan birga pastga tushadi. Bunda jag’lar ochilib, ular pastki uchi bilan
sharnirli mahkamlangan bikr tortqi 3 larga nisbatan buriladi (13.6-rasm,
a). Bu tortiqlarning yuqorigi uchlari esa yuqorigi kallak 7 ga sharnirli
mahkamlangan tutib turuvchi arqon 6 ga biriktiriladi. Ana shu vaziyatda
kovshni gruntga yoki changallab olinadigan boshqa materialga shunday
tushirish kerakki, jag’ning tishlari materialga botadigan bo’lsin. So’ngra
tutib turuvchi arqon 6 bo’shatiladi va tutashtiruvchi arqon 5 yuk
chig’irining barabani 2 ga o’raladi. SHunda greyferning yuqorigi hamda
pastki kallaklari bir-biriga tortiladi, jag’lari esa tutashib gruntga botadi
va uni changallab oladi (13.6-rasm, b). Jag’lar tutashgandan keyin,
material bilan to’lgan greyfer tutashtiruvchi arqon 5 bilan ko’tariladi.
Ayni vaqtda tutib turuvchi arqon 6, baraban 4 tutashtiruvchi arqon 5
o’raladigan tezlikda o’ralishi uchun greyfer (yoki yordamchi)
chig’irining barabani 4 ham harakatlantirib yuboriladi (13.6-rasm, v).
Kranni bo’shatish joyiga burish uchun tutib turuvchi arqon barabani 4
tormozlab qo’yiladi, tutashtiruvchi arqon 5 esa bo’shatiladi, shunda
pastki kallak jag’lar bilan birga pastga tushadi va greyfer yukdan
bo’shaydi (13.6-rasm, g).
Greyferni istalgan balandlikda yuqorida ko’rsatilgan usul bilan
ham, baraban 2 ni tormozlash yo’li bilan ham (bunda tutib turuvchi
arqon 6 baraban 4 ga o’raladi) bo’shatish mumkin. Greyfer
bo’shatilgandan so’ng tsikl yana qaytariladi.
175
Arqonlar 5 va 6 ning buralib qolishiga va kranni burayotganda
greyferning qattiq tebranishga yo’l qo’ymaslik uchun tinchlantirgich deb
ataladigan tortish moslamasidan foydalaniladi (strelali kranlarda).