O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

 
 


180 
13.6. Barabanlar 
Mexanizmlarda (chig’irda) arqon o’rash uchun mo’ljallangan 
tsilindr shaklidagi detal baraban deyiladi. Barabanlar mexanizm 
yuritmasidan olayotgan aylanma harakatni ilgarilanma harakatga 
(ko’tarish, tushirish yoki yukni tortish) o’zgartirib beradi.
13.12-rasm. Silliq yuzali baraban. 
Barabanning yuzi silliq (13.12-rasm) yoki novsimon vintli 
ariqchali (13.13-rasm) bo’ladi. Yuzi silliq barabanlar asosan ko’p 
qatlami arqonni o’rash uchun (agar baraban o’lchamlarini kamaytirish 
kerak bo’lsa) novsimon esa bir qatlam o’rash uchun ishlatiladi. 
Vintli ariqchalarning chuqurligi: ilgakli kranlar uchun – s ≥ 0,3 
d
arq 
; greyferli kranlar uchun – s ≥ 0,5 
d
arq 
; vintli ariqchalarning qadami – t ≥ 
1,1 
d
arq 
; bunda 
d
arq 
– arqon diametri. 
Engil, o’rta va og’ir rejimda ishlaydigan barabanlar GOST 1412-
34 bo’yicha kamida SCH 15-32 markali cho’yandan, GOST 977-65 
bo’yicha 25L1 va 35L11 markali po’latdan quyish usulida va GOST 
380-60 bo’yicha St.3 markali list po’latdan payvand usulida 
tayyorlanadi. O’ta og’ir rejimda ishlaydigan barabanlar po’latdan 
tayyorlanadi. 
Barabanni reduktor bilan biriktirish yuk ko’tarishning konstruktiv 
va ekspluatatsiya sifatiga katta ta’sir qiladi. Bunday uzellarni biriktirish 
bir necha variantda bajariladi. Birinchi variantda baraban vali bilan 
reduktor bevosita mufta orqali biriktiriladi (13.13-rasm, a). Bunda 
baraban tayanchlari reduktorga bog’liq bo’lmaydi, ammo uni montaj 
qilganda ayrim nuqsonlar paydo bo’ladi. SHuning uchun ular 
kompensatsiyalovchi 
MZP 
markali 
tishli 
muftalar 
yordamida 
biriktiriladi. Bunday muftalar biriktiruvchi vallarga nisbatan ancha 
siljishga ruxsat etiladi, bu esa mexanizmlarni montaj qilish protsessini 
yengillashtiradi. Bunday sxemalarda biriktirish ishonchli ishlashi
montaj qilish osonligi va mexanizmlarga xizmat qilish qulayligi bilan 


181 
boshqalardan farq qiladi, ammo uning gabarit o’lchamlari nisbatan katta 
bo’ladi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin