O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm. Sochiluvchan yuklar uchun badyalar



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

 
13.5-rasm. Sochiluvchan yuklar uchun badyalar. 
a) tubi tushadigan; b) tubi ochiladigan. 
13.2. Greyferlar 
Greyferlar jag’simon maxsus kovshdan iborat. U sochiluvchan 
yoki donali materiallarni qamrab olishga va bo’shatishga imkon beradi. 
Greyfer yuklash va bo’shatish operatsiyalarini ishchilar ishtirokisiz 
bajarish imkonini bergani uchun, u avtomatik yuk osish qurilmalari 
qatoriga kiritiladi. 
Greyferlar bir va ikki jag’li bo’ladi. Ko’p jag’li greyferlar, odatda, 
katta donali materiallarni (tosh, cho’yan quymasi va h.k) yuklash uchun 
ishlatiladi. Ular kinematik tuzilishiga ko’ra arqonli (chig’irga arqon 
mahkamlanadi) va yuritmali (yuklash va bo’shatish o’zida joylashgan 
yuritma orqali bajariladi) turga bo’linadi.
Arqonli greyferlar bir arqonli va ko’p arqonli bo’ladi. Yuritmali 
greyferlar yuritmaning ishlashi bo’yicha – elektr motorli, gidravlik, 
elektr-gidravlik va pnevmatik turlarga bo’linadi.
Bir arqonli greyferlar samarasizdir, chunki bo’shatish uchun uni 
yerga tushirish lozim bo’ladi, bu esa ish unumini keskin pasaytiradi. Ikki 
arqonli greyferni istagan vaziyatda bo’shatish mumkin. Bu hol tsiklni 
bajarishga ketadigan vaqtni ancha qisqartiradi. Bu esa sochiluvchan 
yuklarni ko’plab ortib-tushirish ishlarida nihoyatda muhimdir. Ikki 
arqonli greyferlar bir arqonli greyferlarga qaraganda unumli ishlaydi.
Ikki arqonli greyferlarda (13.6-rasm) jag’lar tutib turuvchi 6 va 
tutashtiruvchi arqonlar 5 ga osiladi. Bu arqonlar strela kallagidagi 
bloklardan aylanib o’tib, mos ravishda greyfer hamda yuk chig’irlari 
barabanlari 4 va 2 ga o’raladi. 


174 
13.6-rasm. Greyferlar. 
a) kovshni tushirishdan oldin uning jag’larini ochish; b) jag’larni 
yopish; v) kovshni ko’tarish; g) kovshni bo’shatish. 
Greyfer 
quyidagicha 
ishlaydi. 
Tutashtiruvchi 
arqon 

bo’shashganda greyferning pastki kallagi 8 o’z massasi ta’sirida unga 
sharnirli mahkamlangan jag’lar 1 bilan birga pastga tushadi. Bunda 
jag’lar ochilib, ular pastki uchi bilan sharnirli mahkamlangan jag’lar 1 
bilan birga pastga tushadi. Bunda jag’lar ochilib, ular pastki uchi bilan 
sharnirli mahkamlangan bikr tortqi 3 larga nisbatan buriladi (13.6-rasm, 
a). Bu tortiqlarning yuqorigi uchlari esa yuqorigi kallak 7 ga sharnirli 
mahkamlangan tutib turuvchi arqon 6 ga biriktiriladi. Ana shu vaziyatda 
kovshni gruntga yoki changallab olinadigan boshqa materialga shunday 
tushirish kerakki, jag’ning tishlari materialga botadigan bo’lsin. So’ngra 
tutib turuvchi arqon 6 bo’shatiladi va tutashtiruvchi arqon 5 yuk 
chig’irining barabani 2 ga o’raladi. SHunda greyferning yuqorigi hamda 
pastki kallaklari bir-biriga tortiladi, jag’lari esa tutashib gruntga botadi 
va uni changallab oladi (13.6-rasm, b). Jag’lar tutashgandan keyin, 
material bilan to’lgan greyfer tutashtiruvchi arqon 5 bilan ko’tariladi. 
Ayni vaqtda tutib turuvchi arqon 6, baraban 4 tutashtiruvchi arqon 5 
o’raladigan tezlikda o’ralishi uchun greyfer (yoki yordamchi) 
chig’irining barabani 4 ham harakatlantirib yuboriladi (13.6-rasm, v). 
Kranni bo’shatish joyiga burish uchun tutib turuvchi arqon barabani 4 
tormozlab qo’yiladi, tutashtiruvchi arqon 5 esa bo’shatiladi, shunda 
pastki kallak jag’lar bilan birga pastga tushadi va greyfer yukdan 
bo’shaydi (13.6-rasm, g).
Greyferni istalgan balandlikda yuqorida ko’rsatilgan usul bilan 
ham, baraban 2 ni tormozlash yo’li bilan ham (bunda tutib turuvchi 
arqon 6 baraban 4 ga o’raladi) bo’shatish mumkin. Greyfer 
bo’shatilgandan so’ng tsikl yana qaytariladi.


175 
Arqonlar 5 va 6 ning buralib qolishiga va kranni burayotganda 
greyferning qattiq tebranishga yo’l qo’ymaslik uchun tinchlantirgich deb 
ataladigan tortish moslamasidan foydalaniladi (strelali kranlarda). 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin