169
13-BOB. YUK KO’TARISH MASHINALARINING YUK OSISH
QISMLARI
13.1. Ilgaklar va sirtmoqlar
Yuk osish organlari
ishonchli va xavfsiz ishlashi, qulay bo’lishi,
og’irligi kam bo’lishi kabi talablarni qoniqtirishi kerak. Ular quyidagi
turlarga bo’linadi: a) universal yuk osish organlari – ilgaklar va
sirtmoqlar; b) donali yuklar uchun maxsus yuk osish organlari –
ombursimon qisqichlar, sochiluvchan yuklar uchun – kovshlar va
greyferlar; v) po’lat va cho’yandan tayyorlangan
yuklar uchun elektr
magnitlar.
Donali yuklarni ko’tarish mexanizmining egiluvchan ish organiga
osish uchun yukli ilgaklar va sirtmoqlardan foydalaniladi.
Yuklar bu
organlarga arqonli yoki zanjirli stroplar yoki maxsus qisqichlar
yordamida osiladi. Ilgaklar tuzilishiga qarab bir (13.1-rasm,
a
)
va ikki
(13.1-rasm,
b
) shoxli bo’ladi. Ularning o’lchamlari standartlashtirilgan
bo’lib, tegishli GOST da ko’rsatilgan.
Masalan dastaki va mashina
yuritmali mexanizmlarda bir shoxli ilgaklar GOST 6628-78 bo’yicha
ikki shoxli ilgaklar GOST 6628-73 bo’yicha tanlanadi. Ilgaklar GOST
1050-60 bo’yicha kam uglerodli 20 va 20 G po’latlardan bolg’alab
yoxud shtamplab tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: