O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

 
12.7-rasm.
Gidroyuritmali harakatlantirish mexanizmi sxemasi. 
Ikki qatorli VKD-650 gidromotorlar VKD-210 dan asosan ortiqcha 
sektsiyasi borligi bilan farq qiladi. 
Kichik momentli gidromotorlar ichiga, ya’ni tez aylanadigan valga 
tormoz o’rnatiladi. Bu esa kichik o’lchamdagi tormozlarni qo’llashga 
imkon beradi. Yuk ko’taruvchi mexanizmlarda gidrotsilindrli yuritma 
ishlatilganda, 
ularga 
teskari 
klapan 
o’rnatilishi kerak, ya’ni 
gidrosistemada bosim kamayganda yuk tushib ketmasligi uchun 


167 
harakatlanuvchi mexanizmlarda mexanik tormoz o’rniga gidrotsilindr 
ishlatiladi. 
Alohida yuritmali harakatlantirish mexanizmida gidroyuritma 
ishlatilganda yurish g’ildiraklarini qiyshayishdan saqlash uchun 
gidromotorlarning aylanishlarini sinxronlashtirishni ta’minlash kerak. 
Bu esa elektr- gidravlik yoki gidravlik datchiklar orqali bajariladi. Yuk 
ko’taruvchanligi 50 kN va oralig’i 17 m li ko’prik kran ikkita katta 
momentli nasosli gidromotorlar 3 bilan harakatlantiriladi. Datchik 2 
chetki balka 1 ga mahkamlanadi va asosiy balka 4 ga nisbatan chetki 
balkadagi g’ildiraklarning qiyshayishiga bog’liq holda gidromotor 3 ga 
uzatilayotgan ish suyuqligi orqali rostlanadi (12.8-rasm). 
 
12.8-rasm.
Gidroyuritmali kranning harakatlantirish mexanizmi 
sxemasi

12.3.1. Ichki yonuv dvigatellari 
O’ziyurar va suzuvchi kranlarda hamda yuklagichlarda ko’tarish-
tushirish, 
burish, 
harakatlantirish, 
ilgak 
qulochini 
o’zgartirish 
mexanizmlari va o’zini harakatga keltirish uchun ichki yonuv dvigatellar 
keng ishlatilmoqda. Bularda karbyuratorli va dizelli dvigatellardan 
foydalaniladi. Ular benzin, solyarka moyi va dizel yonilg’isi bilan 
ishlaydi. Afzalliklari: tashqi energiya manbaiga bog’liq bo’lmaydi, ishga 
doimo shay turadi va FIK yuqori. Kamchiliklari: dvigatel valining 
aylanish yo’nalishini o’zgartirish (reversivlash) mumkin emas, o’ta 
nagruzkaga uncha chidamaydi, havo sovuq vaqtida yurgizib yuborish 
qiyin, xizmat muddati unchalik uzoq emas.
Dizel dvigatelli yuritmalar karbyurator dvigatelli yuritmaga 
qaraganda 30–40 % kam yonilg’i sarf qiladi; bundan tashqari, dizel 
yonilg’isi benzinga nisbatan ancha arzon turadi. Shuning uchun ko’plab 


168 
mashinalarda dizel dvigatelli yuritmalar ishlatilmoqda. Kamchiligi: 
stator dvigatelni harakatlantira olmay qolsa, dvigatel valini dastak 
yordamida harakatlantirib bo’lmaydi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin