O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm. Aksial-porshenli nasos sxemasi



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

12.6-rasm. Aksial-porshenli nasos sxemasi. 
Gidromotorlar ijrochi mexanizmlarni harakatlantirish uchun 
ishlatiladi. Ularning printsipial konstruktsiyasi gidravlik nasoslarnikidan 
farq qilmaydi. Yuqorida bayon etilgan barcha nasoslarni gidravlik 
dvigatellar sifatida ham ishlatish mumkin. Odatda gidravlik yuritma 
sxemalarida qanday tipdagi nasoslar ishlatilgan bo’lsa, o’sha tipdagi 
gidromotorlardan foydalangan ma’qul. Gidromotorlarning aylanish 
chastotasi nasosnikidan ancha past bo’lishi talab etilgan hollarda
nasoslardan konstruktsiya jihatidan farq qiladigan gidromotorlarni 
ishlatgan ma’qul. Gidroyuritmalar tezlikni pog’onasiz rostlay olishi
quvvatlarni uzata olishi, quvvatni rostlashning oddiyligi, katta 
quvvatlarni uzata olish, mexanizmni reduktorsiz, friktsion tormozlarsiz 
tayyorlash mumkinligi elementlarni o’zaro ratsional joylashtirish 
mumkinligi kabi afzalliklariga ko’ra ko’tarish mexanizmlarida ko’plab 
qo’llanilmoqda.
Bunday ko’tarish mexanizmi katta yuk ko’tarish kranlarida keng 
tarqalmagan. Chunki uning massasi og’ir, tormozining o’lchamlari va 
hajmi katta. 


166 
Aylanma harakatlanadigan gidromotorlar kichik va katta momentli 
turlarga bo’linadi: kichik momentli gidromotorlar 
10·
N·m va 
P
100 
bilan harakatlanadi, shuning uchun unchalik katta 
bo’lmagan tezlikda katta burovchi moment talab qiladigan mashinalarda 
reduktor bilan birga ishlatiladi. Kichik momentli gidravlik motorlar 
sifatida, odatda, ish unumdorligi o’zgarmas bo’lgan, rostlanmaydigan 
nasoslardan foydalaniladi. Ular tormozlarning ichiga o’rnatilgan holda 
ko’prik kranlarda ishlatiladi. Katta momentli gidromotorlar mashinaning 
ish organlariga yordamchi reduktorlarsiz o’rnatilishi mumkin. Bunday 
gidromotorli yuritmaning gabarit o’lchamlari, og’irligi va aylanuvchi 
qismlarining inertsiya kuchi kichik, umumiy FIK katta, ishonchli 
ishlaydi. Katta momentli VKD-420, VKD-630, VKD-210 markali 
gidromotorlar keng tarqalgan. 12.7-rasmda bir qatorli yuqori momentli 
VKD-210 
gidromotor 
konstruktsiyasi 
ko’rsatilgan. Korpus 7 
podshipniklarida rotor 2 shlitsali val 3 bilan taqsimlovchi vtulka 1 
o’rnatilgan. Rotorli porshenli 9 ta tsilindri bor, rolik 6 shatun bilan 
ta’minlangan va koromislo 4 bilan rotor ulangan. Ish suyuqligi uzatishda 
porshenlar navbati bilan suriladi va statorda yettita chuqurcha bo’lib, 
profillangan yo’lga kuchni uzatadi. Bu kuchning tashkil etuvchisi 
koromislo orqali rotorga uzatiladi va uni buradi. Profilli yo’llarda bitta 
porshen ish suyuqligi bosimi ostida suriladi, boshqasi esa tsilindr ichiga 
kiradi va suyuqlikni tsilindrlardan siqib chiqadi. Rotor bir aylanganda 
har bir porshen 7 marta yurishni bajaradi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin