O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

13.1-rasm. Yukli ilgaklar. 
a) bir shoxli; b) ikki shoxli; v) bir shoxli plastinkali; g) ikki shoxli 
plastinkali. 
Bir shoxli ilgakning eng xavfli kesimi 
V-V
(13.1-rasm, 
a
) kesim 
bo’lib, bu kesim uning markaziga qo’yilgan 
Q
yuk 
massasidan egilishga 
va cho’zilishga ishlaydi. 
A-A
kesim egilishga va α = 45

burchak ostida 
ikkita qiya stroplarda yuk osilgan bo’lsa, qirqilishga hisoblanadi. 


170 
Ikki shoxli (13.1-rasm, b) ilgakning 
G-G
va 
V-V 
kesimlari 
egilishga va har qaysi shoxga 
ta’sir etuvchi hisobiy kuch 
ta’siridan qirqilishga hisoblanadi. Yengil va o’rta rejimli kranlardagi 
ilgak oquvchanlik chegarasiga nisbatan hisoblanganda, mustahkamlik 
zapasi 2 ga teng, og’ir va o’ta og’ir rejimlarda 2,25 ga teng deb olinadi. 
Yuk ko’taruvchanligi yuqori kranlar uchun GOST 6619-69 
bo’yicha bir va ikki shoxli plastinkali ilgaklar (13.1-rasm, a, b) 
tanlanadi. Ular GOST 380-71 bo’yicha martenli VMSt 3 sp markali 
po’lat, GOST 1050-60 bo’yicha po’lat 30 yoki GOST 6713-53 bo’yicha 
16MS po’latlaridan parchinlab tayyorlanadi.
Ilgak osmasi (OS 24.191.08 “Podveski kryukovыe. Tipы i 
osnovnыe razmerы” ga qarab) ikki turga bo’linadi: normal (13.2-rasm, 
a) va qisqartirilgan (13.2-rasm, b). Normal ilgak osmasi oboyma 3, 
tirgak 2, ilgak 1 dan va o’q 4 ga sharikli podshipniklar o’rnatilgan blok 5 
dan tuzilgan. 
13.2-rasm. Ilgak osmalari. 
a) normal; b) qisqartirilgan. 
Ilgak quyrug’i tirgakka podshipnik yordamida o’rnatilib gayka 
bilan mahkamlanadi. Oboyma jag’lari bir-biriga ikkita shpilka bilan 
mahkamlangan. 
Qisqartirilgan ilgak osmasining ilgagi qo’zg’aluvchan bloklar 
orasida joylashib, uning o’qi tirgak o’rnida bo’ladi. 
Sirtmoqlar.
Yuk ortish-tashish ishlarida universal yuk osish 
organlari sifatida ilgaklardan tashqari, yaxlit bolg’alangan va tarkibiy 
qismlardan tuzilgan sirtmoqlar ham ishlatiladi (13.3-rasm). Ularning 


171 
shakli va o’lchamlari standartlashtirilmagan va shuning uchun albatta 
mustahkamlikka hisoblanishi kerak. Bu holda yaxlit bog’langan sirtmoq 
xuddi bikr rama (statik aniqmas sistema) kabi hisoblanadi, tarkibli 
sirtmoq xuddi sharnir sistemali tortqi kabi cho’zilishga, ko’ndalang 
balka kabi egilishga va egri chiziqli ikki tayanchli balka kabi ezilishga 
tekshiriladi. Teshikning ichki yuzasi diametri yo’nalishida ezilishga 
Lyame formulasi bo’yicha tekshiriladi, bunda ruxsat etilgan kuchlanish 
100 MPa dan oshmasligi kerak. Kam uglerod St 3,20 markali po’latdan 
tayyorlangan sirtmoq ko’ndalang balkasining egilishga ruxsat etilgan 
kuchlanishi 80...100 MPa chegarasida bo’lishi kerak. Bir xil yuk 
ko’taruvchanlikka mo’ljallangan sirtmoqlarning o’lchamlari va 
og’irliklari ilgak og’irligidan kichik bo’ladi, chunki sirtmoqga ta’sir 
momentlar nisbatan kichik bo’ladi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin