12.2.1. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellar Bu turdagi dvigatellarni elektr mandanta bevosita ulash mumkin,
bunda harakat boshlangan davrda tok kuchi barqaror harakatdagi
nominal tok kuchidan 4 - 6 marta yuqori bo’ladi. Maksimal yurgizish
momenti o’zining kritik momenti M
kr
qiymati bilan cheklangan. Ishga
tushirish davridagi o’rtacha yurgizish momenti M
ur
dvigatellar uchun
berilgan katalog bo’yicha hisoblanadi.
Yurgizish davridagi o’rtacha moment karraligi quyidagicha
aniqlanadi:
(12.9) bunda K
yur
, K
m
– yurgizuvchi va maksimal momentlar karraligi. Elektr
manbaidagi kuchlanish bo’yicha aniqlanadi. Kuchlanish nominal
qiymatidan 85% gacha kamayganda, kran asbob-uskunalarini ishonchli
ishlashga hisoblanadi va o’rtacha yurgizish momenti quyidagi
bog’lanish bo’yicha aniqlanadi:
2
'
0,85
,
yur nom o r M M K
(12.10) bunda M
nom
– dvigatelning nominal momenti.
Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarning quvvati 1,4
dan 37 kVt gacha, aylanishlar chastotasi 1000 va. 750 ayl/min va
og’irligi 0,07 dan 5,300 kN gacha bo’ladi. Bular elektr tallar, kran-
balkalar, asta-sekin harakatlanuvchi ko’targichlarda va sekin yuruvchi
kran mexanizmlarida ishlatiladi.
12.2.2. Faza rotorli asinxron dvigatellar Faza rotorli dvigatelni ishga tushirish rotor zanjiriga kiritilgan
rostlanuvchi aktiv qarshiliklar (reostat) yordamida bajariladi, bu esa
boshlang’ich yurgizish momentini maksimal moment M
max
gacha
yetkazadi. Dvigatel zanjiriga kiritilgan qarshiliklar qiymatiga bog’liq
bo’lgan rotorning tezlanishi sun’iy xarakteristika (12.4-rasm) bo’yicha
o’tadi.
'
1
(
),
2
o r yur M К K K