O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-BOB. YUK KO’TARISH MASHINALARINING



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

12-BOB. YUK KO’TARISH MASHINALARINING 
YURITMALARI 
Yuk ko’tarish mashinalarida ishlatiladigan yuritma ikki guruhga 
bo’linadi: 1) dastaki yuritma, 2) mashinali yuritma. Dastaki yuritmalar 
asosan yuk ko’taruvchanligi va tezligi kichik bo’lgan mashina hamda 
qurilmalarda ishlatiladi. 
Mashinali yuritma hamma yuk ko’tarish mashina va qurilmalarida 
ishlatiladi hamda energiya manbasiga ko’ra: 1) elektrik, 2) ichki yonuv 
dvigatelli, 3) bug’li, 4) gidravlik, 5) pnevmatik yuritmalarga bo’linadi. 
Bir qator mashinalarda esa qo’shma, masalan dizel-elektrik, elektr-
gidravlik, elektr-pnevmatik yuritmalar ishlatiladi. 
12.1. Dastaki yuritma 
Yuk ko’taruvchanligi kichik va sekin ishlaydigan kranlarda hamda 
yordamchi yuk ko’taruvchi qurilmalarda (domkratlar, tallar, chig’irlar) 
ko’tarish-tushirish, burish va harakatga keltirish ishlari dastaki yuritma 
yordamida bajaradi. Bunday yuritmalarda ish vaqtining davomiyligiga 
qarab dastaki yoki tortuvchi zanjirga qo’yiladigan ish kuchi quyidagi 
nominal qiymatlardan katta bo’lgan holda qabul qilinadi: 
a) uzoq davom etadigan ishda dastakda 100 N va tortuvchi zanjirda 
160 N; 
b) davriy, 6-8 soat davomida tez-tez dam olib qilanadigan ishda
dastakda 160 N va tortuvchi zanjirda 200 N; 
v) qisqa davom etadigan ishda (davomiyligi 5 min dan 
oshmaydigan) dastakda 160 N va tortuvchi zanjirda 300 N; 
g) o’xtin-o’xtin bajariladigan ishda dastakda 300 N va tortuvchi 
zanjirda 800 N. 
Tortuvchi organ sifatida, odatda diametri 5-6 mm bo’lgan po’lat 
chiviqdan payvandlab tayyorlangan zanjirlar ishlatiladi. Tortuvchi 
g’ildirak diametri odatda, 300...1000 mm chegarasida qabul qilinadi. 
Dastaki pedallar va dastaki yuritma elementlarini mustahkamlikka 
hisoblanganda, ularga qo’yiladigan kuch 800 N va zanjirga qo’yiladigan 
kuch esa 1200 N deb olinadi.
Dastaki yuritmani hisoblaganda quyidagi o’lchamlarni qabul 
qilish tavsiya qilinadi : 
a) dastak yelkasi (radiusi) 400 mm dan oshmasligi kerak; 
b) dastakni burilish markazidan polgacha bo’lgan balandlik 
900...1000 mm 


156 
v) dastak tutqichining uzunligi – bir kishi ishlaganda 300...350 mm 
va ikki kishi ishlaganda 450...500 mm. 
Ishchi qo’lining o’rtacha harakat tezligi dastaki yuritmada: 
a) dastakda 1,2 m/s (72 m/min) 
b) tortuvchi zanjirda 0.8 m/s (48 m/min) dan oshmasligi kerak. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin