O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 Minorali kranlarning metall konstruktsiyalari



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

11.2. Minorali kranlarning metall konstruktsiyalari 
Yuk 
ko’tarish 
mashinalarining 
yuk 
ko’tarish, 
kranni 
harakatlantirish va boshqa mexanizmlari, yuritmalari, boshqarish 
sistemalari kabi barcha ish qismlari ularning metall konstruktsiyasiga 
o’rnatiladi. Yuk ko’tarish mashinalarini loyihalashda ularning metall 
konstruktsiyalariga pishiq, yengil bo’lishi, kranni remont qilish osonligi, 
konstruktiv shakllarini tayyorlash qulay bo’lishi, kranning uzoq 
ishlashini ta’minlash kabi talablar qo’yiladi. Bundan tashqari, metall 
konstruktsiyalarning tayyorlash tannarxi arzon bo’lishi, konstruktiv 
tuzilishi ko’chirib yurish uchun qulay bo’lishi lozim. 
Metall konstruktsiyalar prokatlar, turli fasonli shtamplangan 
profillardan tayyorlanadi.
Engil va o’rta rejimda ishlovchi ko’prik hamda aylanma kranlar 
metall konstruktsiyasining asosiy elementlari St.3 markali po’latlardan 
tayyorlanadi.
Og’ir va juda og’ir rejimda ishlaydigan kranlar metall 
konstruktsiyasi asosiy elementlarning massasini kamaytirish maqsadida 
ularni mustahkamlikka hisoblab, 10 XSND, 1 XGSND, 15 XGSND, 10 
G2SD, 09 G2DT markali kam legirlangan po’latlardan tayyorlanmoqda. 
Bunday 
po’latning 
korroziyaga 
chidamliligi 
yuqori 
bo’lib, 
mustahkamligi oddiy St.3 po’latlarnikiga nisbatan 1,5 baravar ortiqdir.
Ko’prik kranlarining to’shamalari to’siqlari, narvonlari, kabinalari 
kabi yordamchi elementlari St. 0 markali po’latdan tayyorlanadi.
Metall konstruktsiya massasini kamaytirish maqsadida yengil 
metallarning qotishmalari (alyuminiy va magniy qotishmalari) keng 
qo’llanilmokda. Bunday qotishmalarning massasi kichik bo’lgan holda 
mexanik mustahkamligi, korroziyaga, past temperaturaga chidamliligi 
yuqori. Alyuminiy qotishmalarini metall konstruktsiyasining massasi 


150 
kran massasining 50...80 foizini tashkil etuvchi ko’prik kranlarda 
qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, yuk ko’taruvchanligi kichik bo’lgan kranlarda (Q=5...10 
t), ko’prigining uzunligi katta bo’lgan kranlarda yengil metall 
qotishmalarini qo’llash ma’qul bo’ldi. Bu esa kranlarning massasini 
kamaytirish bilan (50 % gacha) birga strelalarining qulochini 15...20 % 
ga uzaytirish, yuk ko’taruvchanligini 20...25 % oshirish imkonini beradi. 
Yengil metall qotishmalarini qo’llash kranlarning dinamik ish 
rejimlarini yaxshilaydi.
Ammo alyuminiy qotishmalarining bo’ylama elastiklik moduli 
kichik (taxminan 7

10 MPa). Bu esa konstruktsiyaning siqilgan 
elementlarining 
ustuvorligini 
kamaytiradi 
va 
issiqlik 
ta’sirida 
deformatsiyalanishini orttiradi.
Kranlarning 
metall 
konstruktsiyalari 
turli 
usullar 
bilan 
tayyorlanadi. Ma’lum hisoblar asosida konstruktsiya elementlarini 
tayyorlab, so’ngra ular bir-biriga biriktiriladi.
Biriktirish-parchinlash, payvandlash va yelimlash usullari bilan 
bajariladi. Bu usullar ichida eng ko’p qo’llaniladigan payvandlash 
usulidir. Payvandlash qo’lda, yarim avtomatik usulda bajariladi.

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin