145
11 – BOB. MINORALI KRANLARNI HISOBLASH ASOSLARI
11.1. Minorali kranlar
Minorali kranlar-strelasi vertikal
minoraning yuqori qismiga
mahkamlangan mashina bo’lib, u konstruktsiyalarni siljitish va montaj
qilishda foydalaniladi. Minorali kranning ishchi harakati yukni ko’tarib
turish, strela qulochini o’zgartirish, yukli strelani
burish va kran rels
bo’ylab harakatlantirishdan iborat. Kranlarni xizmat ko’rsatish
maydonining kattaligi ularda qurilish ishlariga keng foydalanish
imkonini beradi. Xizmat ko’rsatish maydonining uzunligi relsli yo’l
uzunligi va eni strela qulochining ikki barobariga teng qilib olinadi.
Minorali kranlarning turlari va asosiy ko’rsatgichlari
qurilish ishlari
texnologiyasi bo’yicha aniqlanadi. Ularning asosiy ko’rsatgichlari yuk
ko’tarish qobiliyati, strelaning
minimal va maksimal qulochi, ilmoqni
ko’tarish
va tushirish balandliklari, ishchi harakatlar tezligi,
tashqi
o’lchamlari, vazni, quvvat va tayanchlardagi zo’riqishlar qiymatlaridir.
Fuqaro qurilishida yuk ko’tarish qobiliyati 3-10 t., strela qulochi 25 m,
ilmoqni ko’tarilishi 50 m gacha bo’lgan, ko’p qavatli uylarni qurishda
mos ravishda yuk ko’tarish qobiliyati 6,3...12,5 t. , qulochi 45 m va
ilmoqning ko’tarilishi 150 m bo’lgan minorali kranlar qo’llaniladi.
Sanoat qurilishida misol
uchun elektrostantsiyalar, suv inshootlari
qurilishida va shu kabi yirik qurilishlarda yuk ko’tarish qobiliyati 80 t.
va yuk momenti 15000 kNm, strela qulochi 25...45 m va ko’tarish
balandligi 50...80 m bo’lgan maxsus montaj kranlari qo’llaniladi.
Minorali kranlar quyidagi turlarga bo’linadi: relsli yo’lda
harakatlanuvchi,
statsionar, o’zi ko’tariluvchi. Strelka qulochining
o’zgarishi bo’yicha esa ko’tariluvchi strelali
va gorizontal balkali
strelkalarga bo’linadi. Minora konstruktsiyasi bo’yicha esa minorasi
buriladigan va burilmaydigan kranlar ishlab chiqariladi.