O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm O’zi ko’tariluvchi kran sxemasi



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

10.12-rasm O’zi ko’tariluvchi kran sxemasi. 
a) dastlabki holat; b) oboymani ko’tarish; v) kranni ko’tarish. 
1- kran minorasi, 2 – siljuvchi oboyma, 3 – bino, 4 –chiqarma tayanch, 
5 - chig’ir. 
Portal bilan jihozlangan minorali kranlarning minorasini uzaytirish 
jarayoni pastki qismdan sektsiya qo’shish bilan olib boriladi. Bunday 
usul sodda, ammo o’ta kuchli chig’irlardan foydalanishni talab qiladi. 
O’zi ko’tariluvchi kranlar.
Yuk ko’tarish qobiliyati 15 tonnagacha, 
yuk momenti esa 3300 kNm gacha bo’ladi. Kranning vertikal siljishi 
quyidagi tartibda amalga oshadi (10.12–rasm). Kran minorasi 1 
chiqarma tayanchlari bo’lgan tayanch balkasi 3 ga tayanadi.
 
Bulardan tashqari kran vertikal siljuvchi oboyma 2 va chiqarma 
tayanch 4 bilan jihozlangan. Maxsus chig’ir 5 yordamida oboyma 
tayanchdan yechiladi, ikki qavatga ko’tariladi va yana tayanchga 
o’rnatiladi. So’ngra minora va tayanch balkalari o’zining tayanchlaridan 
yechilib ikki qavatga ko’tariladi va bino karkasiga o’rnatiladi. Kranni 
pastga tushirish, ya’ni demontaj qilish teskari tartibda olib boriladi. O’zi 
ko’tariladigan kranlar metall karkasli binolarda qo’llaniladi. 
Maxsus minorali montaj kranlari
. Bunday kranlar bir necha turda 
10000–15000 kNm yuk momentli qilib ishlab chiqiladi, jumladan, 
gidrotexnik inshootlar uchun ham. Montaj ishlarini bajarish uchun bir 
vaqtning o’zida 2 yoki 3 ta minorali kranlar ishlatiladi. Ular shunday 
o’rnatilishi kerakki, har bir kran o’z xizmat ko’rsatish maydonida erkin 
va kerak bo’lganda uchala kran birgalikda ishlay olsin. 


138 
Ko’chma minorali kranlarning tayanchi (10.13-rasm) pastki yurish 
qismi ramasi 3, sharnirli kronshteynlar 2 va to’rt dona yurish 
aravachasidan iborat. Ishchi holatda yurish aravachalari relslar 
kengligida tortqi 5 orqali ushlab turiladi. Transport holatida kranning 
burilmaydigan qismi enini qisqartirish bilan aravachalar bo’ylama o’q 
bo’yicha to’g’rilanadi. Aravachalarning yurish qismi ramasi bilan 
sharnirli biriktirilishi kranlarni egri chiziq bo’ylab harakat qilish va 
ularni ko’chirishda aravachani demontaj qilmaslikka imkon yaratadi. 
б)
а)
в)

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin