Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#167676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mustaqil ta\'lim 1



Mavzu: Statistik to’plam birligi
 
 
 
 
 
Reja:
 
 
 
 
1. Statistik to‘plam belgi 
2. Variatsion qatorlar va ularning turlari 
3. Variatsion qatorlarni grafiklarda tasvirlash 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Statistika o‘rganadigan to‘plamni bunyod etuvchi unsurlar uning birliklari 
deb ataladi. To‘plam tuzish, demak, uni tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashdir. 
Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birlik ta’riflanadi, ya’ni ularni 
bir-biridan va boshqa birliklardan ajratuvchi chegaralar belgilanadi; ikkinchidan 
mazkur statistik to‘plam tarkibiga kiradigan va kirmaydigan birliklar aniqlanadi.
To‘plam birligi turli belgilarga ega. Ularning asosiy turlari quyidagilardan 
iborat (6.1-tarh). 
Har qanday to‘plam birligi o‘ziga xos 
alomatlar, 
xislatlar, 
xossalar 
majmui 
bilan 
xarakterlanadi va ular uning belgilari deb ataladi. 
Statistik to‘plamlar muhim belgilar asosida tuziladi. 
Ular ayrim birliklarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi, natijada birliklar bir-
biridan farq qiladi. 
6.1-tarh. To‘plam birligi belgilarining turlari. 
Belgi - bu to‘plam 
birligining 
alomatlari, 
xislati va h.k. 
To’plam birligining 
bеlgilari 
Miqdoriy bеlgi 
Хaraktеriga qarab 
Atributiv bеlgi 
O’zgaruvchanligiga qarab: 
a) ega yoki yo’q; 
b) mе’yori 
Muqobil bеlgi 
Muqobil bеlgi 
Uzluksiz 
o’zgaruvchan 
bеlgi 
Uzlukli 
o’zgaruvchan 
bеlgi 
To’plamda qatnashishiga 
qarab 
Potеnsial 
varianta 
Haqiqiy varianta 
Haqiqiy varianta 
Potеnsial 
varianta 


Bunday belgilar variatsion belgilar deb 
ataladi. Belgilar so‘z bilan yoki son bilan 
ifodalanishi mumkin. Birinchi holda atributiv 
(sifat) belgilar, ikkinchisida - miqdoriy belgilar deb 
yuritiladi. Atributiv belgilar to‘plam tarkibiga 
kiruvchi birliklarni aniqlashga bevosita aloqadordir. 
Bunday belgilarning o‘zgaruvchanligi birliklarni 
muqobil holatda talqin etganda ko‘zga tashlanadi.
Miqdoriy belgilar hamma to‘plam birliklari 
uchun teng bo‘lishi, bir son bilan ifodalanishi 
mumkin. Masalan, barcha avtomashinalar to‘rtta g‘ildirakka ega, bir xil markali 
mashinalar motori odatda teng quvvatga ega. Odamlarning sezish, ko‘rish, hid 
bilish, ishlash va harakat qilish organlari son jihatdan teng va h.k. Bunday 
miqdoriy belgilar statistik to‘plam tuzish uchun asos bo‘la olmaydi. Aksariyat, 
miqdoriy belgilar to‘plam birliklarida turlicha ifodalanadi, bir-biridan farqlanadi, 
variatsiyaga (o‘zgaruvchanlikka) ega. Avtomashinalar bosib o‘tgan yo‘l, bajargan 
ish (tashigan yuk hajmi), korxonalar ishlab chiqargan mahsulot hajmi, ularda 
ishlayotgan ishchilar soni va h.k. bunday miqdoriy belgilarga misol bo‘la oladi. 
Aynan shunday birlikdan birlikka o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladigan belgilar 
asosida statistik to‘plam tuziladi. Ular statistikaning o‘rganish predmeti 
hisoblanadi. Miqdoriy belgilar uzluksiz o‘zgaruvchanlikka yoki tadrijiy (darajama-
daraja) o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lishi mumkin. Bu hol jarayonning tabiatidan 
kelib chiqadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin