6.2.2. Diskret qatorlar
Agarda saflangan qator tayanchi bo‘lib
tadrijan,
darajama-daraja, uzuq-uzuq o‘zgaruvchi
belgi xizmat qilsa va uning ayrim miqdoriy
qiymatlari
tez-tez takrorlanib tursa, ularni sanab,
muayyan
variantaning variantlar sonini, sig‘im
hajmini, vaznini aniqlash mumkin. Natijada saflangan qatorga qaraganada
variantalarning umumiy soni qisqaradi va har biri bir
qancha birliklarni qamrab
oluvchi guruh maqomini oladi.
Bunday ikki unsurdan tashkil topgan taqsimotlar diskret variatsion qatorlar
deb ataladi.
6.2.3. Oraliqli variatsion qatorlar
Cheksiz o‘zgaruvchan
belgiga tayangan
qator unsurlarini kattaroq miqdoriy o‘lchamlarda
ifodalash uchun to‘plam birliklarini muayyan
belgiga qarab teng kattalikdagi oraliqlarga bo‘lish
joizdir.
Natijada oraliqli variatsion qator hosil bo‘ladi. Demak,
bunday qator ikki
unsurdan varianta oraliqlar va har bir oraliqqa tegishli bunday birliklar sonidan
tarkib topadi. Birinchi element varianta ikkinchisi birliklar yoki variantlar soni deb
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: