6.7. Variatsion qatorning taqsimot parametrlari
Taqsimot qatorlari o‘rganilayotgan statistik to‘plam haqida to‘la
tasavvur
beradi. Ammo bu tasavvur odatda haddan tashqari mufassallashgan bo‘lib,
ko‘pdan-ko‘p ikir-chikirlarga, mayda-chuyda tavsilotlarga ega bo‘ladi. Natijada
to‘plamning asosiy xossalarini ilg‘ab olish mushkullashadi. Shu munosabat bilan
ularni bir nechagina miqdorlar bilan ifodalash masalasi tug‘iladi. Bu esa taqsimot
qatorlarini qisqartirib, umumiy holda ta’riflash imkoniyatini beradi.
Bunday
miqdorlar statistik to‘plamning tasviriy parametrlari yoki taqsimot qatorlarining
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari deb ataladi.
Parametr grekcha so‘z («
parametrom»
) bo‘lib, o‘lchab beruvchi degan
lug‘aviy ma’noga ega. Statistikada har xil to‘plamlarni ta’riflovchi parametrlarni
aniqlash deganda taqsimot qatorlarining shunday me’yoriy o‘lchovlari,
ko‘rsatkichlari nazarda tutiladiki, ularni solishtirish bu statistik to‘plamlarni
taqqoslash yo‘li bilan birday oqibatga olib keladi.
Statistik to‘plamlarni taqqoslash ularning birliklarini tekislab,
orasidagi
farqlarni yo‘qotib, to‘plamlarni umumlashtirib ta’riflaydigan parametrlardan
foydalanishni talab etadi.
Shunday qilib, turli statistik to‘plamlarni taqqoslash
ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini hisoblash va qo‘llashni taqozo etadi. Bu
o‘rtacha miqdorlar taqsimot qatorlarining asosiy parametrlaridan biri hisoblanadi.
Ammo qatorni har taraflama o‘rganish uchun boshqa parametrlarni ham bilish va
qo‘llash zarur.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, statistik to‘plam birliklari bir-biridan odatda
farq qiladi. Shamolsiz
daraxt shoxi tebranmaganidek, bu farqlarni ham yuzaga
chiqaruvchi sabablar mavjud. Ular ayrim birliklarni namoyon bo‘lish sharoitiga,
harakatdagi omil va kuchlarga, ularning ta’sir etish qudratiga bog‘liq. Demak,
taqsimot qatorlarining tebranishi alhaq jarayonni tasvirlaydi,
uning oqibati
hisoblanadi. Ammo o‘rtacha miqdorlar statistik to‘plamni bir butun organizm
sifatida ta’riflaydi, birliklarning shakllanish shart-sharoitlarini barobarlashtirib,
ulardagi o‘ziga xosliklarni yashiradi. Shuning uchun turli statistik to‘plamlarni
qiyosiy o‘rganishda o‘rtacha ko‘rsatkichlarni taqqoslash bilan chegaralanib
bo‘lmaydi, chunki bu holda to‘plamlarning bir jihati oydinlashadi, ammo ikkinchi
tomoni esa qorong‘ulashadi. Mazkur qorong‘u masalani yoritish uchun taqsimot
qatorlarining o‘zgaruvchanligini o‘rganish, uning me’yorlarini, ya’ni
variatsiya
ko‘rsatkichlarini aniqlash va qiyosiy tahlil qilish kerak.
Taqsimot qatorlari tekislikda egri chiziqlar ko‘rinishida tasvirlanadi.
Ularning shakllari xilma-xil: simmetrik yoki asimmetrik, chapga yoki o‘ngga
og‘ishgan, biroz yonboshlagan yoki kuchli qiyshaygan, bo‘yiga cho‘ziq (o‘tkir
uchli) yoki yassi (yapaloq uchli), bir yoki ko‘p cho‘qqili va h.k. Shunga qarab,
variatsion qatorlarning o‘rtacha miqdori uni tasvirlaydigan koordinat tizimda
abssissa o‘qining markaziy nuqtasida yoki undan ma’lum
olislikdagi chap yoki
o‘ng tomon nuqtasida yotadi.Shu bilan bir qatorda taqsimot egri chizig‘ining shakli
bilan bog‘liq bo‘lgan variatsion qatorning mediana, moda kvantililar kabi
parametrlari mavjud. Mediana qatorni teng ikki qismga, kvantililar esa ko‘zlangan
qadamda uni teng bo‘laklarga ajratadi. Moda - to‘plam birliklarida eng ko‘p
uchraydigan belgi qiymati (qatorning eng ko‘p vaznli variantasi). Bu parametrlar
variatsion qatorning tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlari deb ataladi. Ular bilan
o‘rtacha miqdor o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud. Bunga asoslanib, qatorning
og‘malik, bo‘yiga cho‘ziqlik, uning ma’lum qismda birliklar kontsentratsiyalanish
(to‘planish) me’yorlarini aniqlash mumkin. Shunday qilib, statistik to‘plam
xususiyatlari
taqsimot
qatorlarining
uch
toifadagi
umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ular variatsion qatorning tasviriy
parametrlari nomi bilan ham yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: