6.2- tarh. Statistik qatorlarning turlari.
O‘rganilayotgan
obyektlarni
tasniflash
usuliga qarab statistik qatorlar ikki turkumga
ajraladi:biri-taqsimot qatorlari, ikkinchisi- dinamika
qatorlari.
Statistik to‘plam birliklarini ma’lum holatga
(paytga) nisbatan yoki vaqt oralig‘i davomida
kuzatib, ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi
taqsimot qatorlari
deb
yuritiladi.
Statistik to‘plam birliklarini uzoq vaqt
davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari
bo‘yicha tasniflash mumkin.
Bu holda vujudga
keladigan qator
dinamika qatori
deb ataladi,
chunki u o‘rganilayotgan jarayon dinamikasini
tasvirlaydi.
Taqsimot qatorining
asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja
deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketma-ketligi bo‘lsa,
dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketma-ketliklaridir.
To‘plam birliklarini tasniflash asosi qilib
qanday belgi olinishiga
qarab taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya’ni
mazmunan farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil bo‘lgan taqsimot qatorlari atributiv
qatorlar deb yuritiladi.
To‘plam birliklarini
miqdoriy belgilariga
qarab tasniflash natijasida hosil bo‘lgan taqsimot
qatorlari variatsion qatorlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: