Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#167676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mustaqil ta\'lim 1

 
Asosiy tushuncha va atamalar 
Variantalar va variantlar,
miqdoriy belgi, atributiv belgi, muqobil 
belgi, uzluksiz o‘zgaruvchan belgi, tadrijiy (uzlukli) o‘zgaruvchan belgi, statistik 
qatorlar, taqsimot qatorlari, dinamika qatorlari, saflangan variatsion qatorlar, 
oraliqli variatsion qatorlar, diskret variatsion qatorlar, kumulyativ variatsion 
qatorlar, oraliq (guruhlar) soni, oraliq kengligi, sterjess mezoni, K.Bruks va 
N.Karuzes mezoni, teng kenglikli oraliq, tengmas kenglikli oraliq, taqsimot 
zichligi, gistogramma, poligon, kumulyata, ogiva (og‘ishma), taqsimot egri 
chizig‘i, taqsimot parametrlari; 
 
Qisqacha xulosalar 
 
Ommaviy hodisa va jarayonlar to‘plam sifatida statistik tekshirish 
bosqichlarida turli jihatdan qaraladi. Statistik kuzatish bosqichida ular kuzatish 
obyekti, ya’ni mustaqil birliklar to‘plami deb qaraladi. Bu holda o‘rganilayotgan 
obyektni yondosh obyektlardan farqlovchi xossalarni aniqlash, ularning birliklarni 
to‘g‘ri ta’riflash va ma’lumotlar to‘planishi zarur bo‘lgan belgilar ro‘yxatini ilmiy 
asoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo statistik kuzatish bosqichida to‘plam 
tuzilishiga e’tibor berilmaydi.
To‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni ma’lum tartibga keltirish va 
tahlil qilish bosqichida to‘plamning tuzilishi, qanday unsurlarni (elementlarni), 
birliklarni qamrab olishi muhim masala hisoblanadi 
Statistik to‘plamlar alohida-alohida olib qaralganda bir-biridan farq qilsa 
ham, ammo sifatan (mohiyatan) jinsdosh va o‘zaro uzviy bog‘langan, umumiy 
qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi birliklar (hodisalar) majmuasidir. Bular to‘plamni 
bunyod etuvchi unsurlar, uning birliklari deb ataladi.
Statistik to‘plam tuzish, demak, uning tarkibiy qismlarini, birliklarini 
aniqlashdir. Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birliklar aniq 
ta’riflanadi, ularning mohiyati yoritiladi, boshqa yondosh birliklardan ajratuvchi 
chegaralari belgilanadi; ikkinchidan muayyan to‘plamga mansub va mansub 
bo‘lmagan birliklar aniqlanadi. Bu holda masala ma’lum belgi yoki belgiga qarab 
yechiladi va statistik qatorlar yaratiladi. Demak, statistik to‘plam statistik 
qatorlarda o‘zining aniq ifodasini topadi. 


Shunday qilib, statistik to‘plamni ta’riflashda o‘rganilayotgan hodisalarga sifat, 
mohiyat jihatidan yondashilsa, statistik qatorlarni belgilashda esa ular miqdor 
tomonidan qaraladi. Hodisalar miqdorini ularni ayni holatda yoki ma’lum vaqt 
oralig‘ida kuzatib aniqlash mumkin. Shunga qarab statistik qatorlar taqsimot va 
dinamika qatorlariga bo‘linadi. Taqsimot qatorlari esa hodisalarni oddiy saflangan 
qatorlari ko‘rinishida, miqdoriy yoki atributiv belgilari asosida guruhlarga 
taqsimlangan shakllarda bo‘lishi mumkin. Variatsion qatorlari esa , o‘z navbatida, 
uzluksiz yoki uzlukli o‘zgaruvchan belgilarga qarab tuzilib diskret va oraliqli 
qatorlarga bo‘linadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin