O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm. Ko’chma minorali kranlarning tayanch qismi



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

10.13-rasm. Ko’chma minorali kranlarning tayanch qismi. 
a) umumiy ko’rinish; b) balansirli yuk aravachalari sxemasi; v) siljish 
mexanizmining kinematik sxemasi.
1 – yurish aravachasi, 2 – sharnirli kronshteyn, 3 – rama, 4 – tayanch, 5 
– tortqi, 6 – uzatma, 7 – g’ildirak, 8 – reduktor, 9 – to’xtatgich, 10 – 
eletrodvigatel,11 – ichki halqa, 12 – dumalanuvchi qism,
13 – tashqi halqa. 
Yurish aravachalari ikki, uch va ko’p g’ildirakli bo’lishi mumkin 
(10.13-rasm, b). Tashqi yukni g’ildiraklarda bir xil taqsimlanishi uchun 
ular orasiga muvozanatlovchi aravacha o’rnatiladi. Aravachalarni 
harakatlantiruvchi mexanizmi (10.13-rasm, v) elektrodvigatel 10, mufta 
to’xtatgichi bilan 9, reduktor 8 va g’ildiraklar 7 ni harakatga ochiq tishli 
uzatma 6 dan iborat. Pastki yurish ramasiga tayanch burilish qurilmasi 4 
mahkamlangan bo’lib, u kranni burilish qismidan gorizontal va vertikal 
zo’riqish kuchlarini qabul qiladi. Ko’pchilik kranlarda tayanch burilish 
qismi ichki 11 va tashqi 13 halqalardan iborat, sharikli yoki rolikli 12 


139 
dumalanuvchi qismga ega bo’lgan katta diametrdagi maxsus tayanch 
podshipnigi sifatida tayyorlanadi.
 
10.8. Chorpoyali, ko’prik va kabelli kranlar 
Chorpoyali, ko’prik va kabelli kranlar proletli kranlar tipiga 
mansub bo’lib, strelali kranlarga nisbatan xizmat ko’rsatish maydoni 
bo’yicha doimiy yuk ko’tarish qobiliyati, yuqori ustuvorligi va yengilligi 
bilan farq qiladi, shu bilan birga ularning manevrchanligi oz va montaj 
qilinishi murakkabdir.
Chorpoyali 
kranlar.
Ularni 
omborxonalarda 
va 
qurilish 
materiallarini ishlab chiqaruvchi zavodlarda yuklash-tashish ishlarini 
mexanizatsiyalashda, konstruktsiyalarni yig’ish maydonlarida, yirik 
sanoat korxonalari, issiqlik va atom elektrostantsiyalari qurilishida 
texnologik qurilmalarni montaj qilishda keng miqyosda qo’llaniladi. 
Chorpoyali kranlar montaj va umumiy ishlarni bajaradigan turlarga 
bo’linadi. Umumiy ishlarda foydalaniladigan Chorpoyali kranlar 5 
tonnagacha, montaj ishlarida foydalaniladiganlari esa 500 tonnagacha 
yuk ko’tara oladi.
Chorpoyali kranning yuk ko’tarish konstruktsiyasi ikkita tayanch 7 
(10.14-rasm) va ularga o’rnatilgan ko’prik 2 dan iborat. Kran ko’prigi 
bo’ylab yuk aravachasi 3 harakat qiladi. Tayanchlar yurish aravachalari 
8 ga o’rnatiladi va ularning har biri ikki relsli yo’l bo’ylab harakatlanadi. 
Oz yuk ko’taradigan kran ko’priklari uch poyali fazoviy ferma va yurish 
balkasi profili qo’shtavr bo’lib, unda elektrotal harakatlanadi. O’rtacha 
va yuqori ko’tarish qobiliyatiga ega kranlar ko’priklari to’rt poyali 
fazoviy ferma bo’lib, to’rtburchak yoki trapetsiyasimon kesimga ega 
bo’ladi. 
Bu kranlarning yuk aravachalari pastki yoki yuqori poyaslarda 
harakatlanadi. Ba’zi kranlarda yuqori poyaslarda asosiy yuk aravachasi, 
pastki poyasda esa yuk ko’taruvchi yordamchi aravacha 9 harakatlanadi. 
Kran ko’priklari konsolli va konsolsiz tayyorlanadi. Konsol uzunligi 
proletning 25-30% ga teng bo’ladi. Prolet katta bo’lganda tayanchlardan 
biri ko’prikka qo’zg’almas ikkinchisi esa qo’zg’aluvchan qilib 
biriktiriladi. Yuk aravachasi arqon va elektroreversiv chig’ir 1 (10.14, b-
rasm) yordamida ko’prikda harakatlanadi. Ko’tarish mexanizmi umumiy 
traversa 5 va ko’prikning ikkala tomoniga simmetrik joylashgan ikkita 
polispast 4 dan iborat.


140 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin