147
mahkamlangan bo’lib, po’lat arqonli tortqilar 12 orqali tortib olinadi.
Po’lat arqonlar esa yo’naltiruvchi bloklar orqali strela polispastiga
ulanadi. Yukni ko’tarib tushirish esa yuk polispasti 13
hamda yuk
chig’iri va osma ilmoq yordamida amalga oshiriladi. Kranni esa kabina
11 dan boshqariladi. Yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra kranlarda bir,
ikki, uch va ko’p karrali yakka va ikkilangan polispastlar qo’llaniladi.
Ilmoq osmasi yuk ilmog’i, traversa, o’q va bloklardan iborat.
Yukning
qulochining strelaning qiyaligini (11.1-rasm, a) yoki yuk aravachasi
gorizontal strela bo’ylab (11.1-rasm, b) harakatlantirib o’zgartiriladi.
Gorizontal balka strelali kranlarda yuk aravachasi strela bo’ylab
elektroreversiv chig’ir 14 orqali harakatlanadi. Gorizontal strelali kranni
yuk ko’tarish balandligi
qiya strelalinikidan past, lekin kam energiyani
talab qiladi va montaji oson. Strelasi qiya
joylashgan kranlarda quloch
o’zgartirilganda yuk o’zining holatini o’zgartiradi. Bu kamchilikni
yo’qotish uchun strela qulochini o’zgarishi
bilan yukni gorizontal
siljitishni ta’minlash talab qilinadi. 11.1 b va ye rasmda 4 va 2 karrali
polispastlarida yuk arqonining harakat sxemasi keltirilgan.
Bu holatda 11.1 j rasmda ko’rsatilgandek, yuk karetkasi qiya strela
bo’ylab yukni gorizontal yo’lini va balandligini saqlagan holda harakat
qiladi. Tayanch-burilish qismi pastda
joylashgan kranlarda kran
burilganda yurish qismidan boshqa hamma qismi birgalikda burilgani
uchun, katta yuk ko’tarish qobiliyatiga va baland yuk ko’tarishda kran
vaznini ko’paytirishiga olib keladi. SHuning uchun ham 10 t. dan ortiq
yuk ko’taradigan minorali kranlar minorasi
burilmaydigan va faqat
yuqori qismi buriladigan qilib ishlab chiqariladi.