O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


-rasm. Rezinalangan ip gazlamali lentalar uchun



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

6.10-rasm. Rezinalangan ip gazlamali lentalar uchun 
tayanch 
roliklar. 
a) yakka ustki tekis rolikli; b ) uch rolikli novsimon; v) amortizatsiyali;
g) markazlovchi; d) osti tekis rolikli; ye) tozalovchi diskli; j) ikki rolikli 
novsimon. 
Ustki rolikli tayanchlar uch va besh rolikli hamda yakka rolikli 
bo’ladi. Ayrim hollarda, ya’ni ensiz lentalarda (300-400 mm) ustki 
tayanchlar ikki roliklardan tashkil topadi. Ostki tayanch roliklar uchun 
faqat disk roliklar ishlatiladi. Konveyerlarda to’g’ri tayanch roliklardan 
donali yuklarni tashishda foydalaniladi. Tayanch roliklarning asosiy 
o’lchamlari GOST dan tanlanadi. 
Odatda, rezina gazlamali lentalar uchun roliklarning diametri 
80...200 mm va uning ish tarmog’idagi qadami t=1,0...1,5 mm atrofida 


72 
tanlab olinadi. Ostki roliklarda esa rolik qadami ikki marta ortiq olinadi. 
Roliklarning diametri, po’lat turli lentalar uchun 350...400 mm va 
qadami 1...4 m atrofida qabul qilinadi. Rezina gazlamali lentalar uchun 
ishlatilayotgan roliklar po’lat, cho’yan va plastmassalardan tayyorlanadi. 
Roliklarning uzunligi baraban uzunligiga teng qilib olinadi. 
Markazlovchi tayanch roliklar lentaning eni notekis yuklanganda 
uning ustki va ostki tarmoqlari chetga chiqib ketmasligi uchun hamda 
avtomatik muvozanatlash uchun ishlatiladi (6.10- rasm, g). 
Taranglovchi moslamalar. 
Bu moslamalar tayanch roliklar 
asosida lentaning salqilanib qolmasligini ta’minlash va lenta bilan 
yetakchi baraban orasidagi kerakli ishqalanish kuchini hosil qilish uchun 
ishlatiladi. Taranglikni juda katta qilish kerak emas, aks holda 
konveyerniig ayrim qismlarida yeyilish hosil bo’ladi, shuningdek
energiya sarfi oshadi. Lentani me’yoridan ko’p taranglash konveyerning 
to’xtab qolishiga sabab bo’ladi, uning yurishi notekis bo’ladi. Lentaning 
tarangligi kam bo’lsa, uning salqiligi ortib, ramaga tegib qoladi. 
Taranglovchi moslamalar vintli va yukli (aravachali va vertikal 
yukli) turga bo’linadi. Birinchisi uzunligi 60 m gacha va ikkinchisi 
uzunligi 50 m dan ortiq bo’lgan konveyerlarda ishlatiladi. 
Vintli taranglovchi moslamalarda kerakli taranglashni qo’l 
yordamida, klyuch bilan burash yordamida ta’minlanadi. Vint polzunga 
mahkamlanadi. Polzun taranglovchi barabanning aylanish o’qiga 
qotiriladi. O’z-o’zidan buralib ketmasligi va taranglik kuchi 
kamaymasligi uchun vintlar o’z-o’zidan tormozlanuvchi trapetsional 
rezbalardan tayyorlanadi. 
Kamchiligi:
taranglikni to’xtovsiz ko’zdan 
kechirib turish kerak. 
Afzalligi:
konstruktsiyasi oddiy, ixcham va yengil. 
Vertikal yukli taranglovchi moslama (6.10-rasm, b ) yuk, ikkita 
yo’naltiruvchi va bitta taranglovchi barabandan tuzilgan. Baraban va 
qo’zg’almas ramaga osib qo’yilgan yukning og’irligi hisobiga lentada 
taranglik hosil bo’ladi. 
Kamchiligi:
lentaning har tomondan bukilishi 
shuningdek, qo’shimcha 5 ta baraban mavjudligi lentaning yeyilishi va 
energiyaning ko’p sarf bo’lishiga olib keladi. 
Afzalligi:
konstruktsiyasi 
oddiy va balandlik bo’yicha gabarit o’lchamlari kichik. 
Vintli taranglovchi moslamalar, odatda qisqa gorizontal va qiya 
burchakli konveyerlarda ishlatiladi. 
Aravachali taranglovchi moslama (6.11-rasm, a) taranglovchi 
baraban 
3
, o’rnatilgan harakatlanuvchi aravacha 4
,
ni tortib turuvchi yuk 
1, arqon 

va yo’naltiruvchi blokdan iborat.


73 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin