122
10.2. Domkratlar
Montaj va ta’mirlash ishlarida yuklarni uncha katta bo’lmagan
balandlikka ko’tarish uchun domkratlardan foydalaniladi. Reykali, vintli
va gidravlik domkratlar keng tarqalgan.
Reykali domkrat.
U yo’naltiruvchi bo’yicha siljuvchi reyka 2,
buriladigan yuk ko’taruvchi kallak 3, taglik 4 va korpus 1
dan iborat
(10.1-rasm). Yukli reyka dasta 5 ga aylantirish yo’li bilan tishli uzatma 6
yordamida ko’tariladi. Domkratni ishlashi uchun to’xtatuvchi qurilma
ko’zda tutilgan bo’lib, u quyidagicha ishlaydi. Val 7 va tishli g’ildirak 8
vintsimon rezbaga ega. Vtulka va dastaning
yuza tekisliklarida
xrapovikli g’ildirak 9 joylashgan.
Yukni ko’tarishda dasta rezba bo’ylab chapga siljiydi. Xrapovik
g’ildirakni to’xtatadi va reykani tishli uzatma orqali yuqoriga ko’taradi.
Ko’tarilish tugashi bilan dasta xrapovikli g’ildirak ilmog’i
bilan
to’xtatiladi va val orqaga aylanib ketmaydi. Yukni tushirishda
dasta
qarshi tomonga aylantiriladi va bir vaqtning o’zida xropovikli g’ildirakni
bo’shatib rezba o’ngga harakat qiladi.
Reykali domkrat yukni
ko’tarishga sarflanadigan kuch quyidagicha aniqlanadi:
Ru
Qd
P
2
0
(10.1)
bu yerda: d
0
– shesternya boshlang’ich aylanasi diametri, m; R – dasta
uzunligi, m; u – uzatmaning umumiy uzatishlar soni;
–
uzatmaning
foydali ish koeffisienti (
=0,65…0,85)
.
Reykali domkratlar yordamida 6 tonna 0,6 m balandlikka ko’tarish
mumkin.
10.1-rasm. Reykali domkrat.
a) umumiy ko’rinishi; b) to’xtatgich.
123
1-korpus, 2-reyka, 3-buraladigan yuk ko’taruvchi kallak, 4-taglik,
5-dasta, 6-uzatma, 7-val, 8-tishli g’ildirak, 9-xropovikli g’ildirak, 10-
prujina.
Vintli domkrat.
Vintli domkrat bronza gayka 8 li korpus 1 (10.2-
rasm) to’g’ri burchakli yoki trapetsiyasimon rezbali vint 2, yuk kallagi 3
va treshyotkali dastak 6 dan iborat. Dasta vintning doirasimon qismiga
erkin o’rnatilgan.
Treshyotka vintni kvadrat qismiga kiygizilgan tishli g’ildirak 4 va
ushlagich (sobachka) 7 dan iborat. Vintni yo’nalishga bog’liq
holda
ushlagich o’z o’qi 5 ning chetki holatlaridan biriga buriladi va prujinali
10 to’xtatgich 9 bilan ushlab turiladi. Vint gayka jufti o’z-o’zini
to’xtatib yukni ushlab tura oladi. SHuning uchun vintli domkratlarda
to’xtatish qirilmasi yo’q. Vintli domkratlarning yuk ko’tarish qobiliyati
50 tonnagacha, yuk ko’tarish balandligi esa 0,35 m. ko’tarilayotgan yuk
miqdori 20 tonnadan ortganda dastadagi kuchlanish ortadi.
Vintli domkrat dastasini qo’l bilan
aylantirganda dastadagi
kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
P
Qr tg
R
(
)
, (10.2)
bu yerda:
R
– qo’lda aylantirilganda dastada hosil bo’ladigan
zo’riqish kuchi,
N
;
Q
– qo’yilgan kuch, N;
r
– vint radiusi m;
–
domkrat
foydali ish koeffisienti;
R
– dasta uzunligi, m;
– vint
chizig’ining ko’tarilish burchagi;
– ishqalanish burchagi, grad.