O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrg‘onа dаvlаt universiteti tаrix fаkulteti sotsiologiya kаfedrаsi


Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish



Yüklə 139,09 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü139,09 Kb.
#210534
1   2   3   4   5   6
Oliy ta\'lim tizimida fan taraqqiyoti

2.2. Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish
Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish tomonidan ilgari surilgan barcha masalalarni ishonch bilan hal qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish uchun oliy oʻquv yurtlarida barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Har qanday barqaror rivojlanayotgan jamiyat da xato-kamchilik boʻlgani kabi, bizda ham ular mavjud boʻlganini tan olish kerak. Yoshlarning oliy taʼlim olish va konstitutsion huquqlarini ruyobga chiqarish imkoniyati maʼlum darajada cheklangan edi. Keyingi besh yilda oʻtkazilgan Oliy taʼlim islohotlarida bunday holatlarga butunlay chek qoʻyildi va u oʻtmishga aylandi6.
Oliy taʼlim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy maʼlumot olmoqchi boʻlgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Aniqroq aytganda, yoshidan qatʼi nazar, oliy maʼlumotni kunduzgi, kechki va sitqi taʼlim shaklida olishga sharoit yaratildi. Yaʼni mamlakatimizning har bir fuqarosi yoshi, millati va elatidan qatʼi nazar, oʻzining Konstitutsion huquqlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tashqari, mehnat staji, ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolar oʻzlari ishlayotgan korxonaning yuqori tashkilotlari tavsiyasi bilan imtihonsiz, suhbat asosida oliy oʻquv yurtiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jumladan, kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini 2021/2022 oʻquv yilida davlat OTMlarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻqishga kirishi uchun Respublikamizdagi 71 ta tashkilotga tavsiya berish huquqi berildi.
Ular tomonidan berilgan yoʻllanmaga koʻra, ishlovchi xodimlar imtihonsiz, suhbat natijalariga koʻra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilish qoidasining kiritilishi xalqimiz uchun kutilmagan yangilik boʻldi7.
Har bir tashkilot 100 tagacha xodimiga shunday yoʻllanma berishi mumkinligi ham qayd etildi. Oliy taʼlim islohotining bu qoidasi bozor munosabatlarining mohiyatiga ham moslandi.
Oliy taʼlim islohoti, fuqarolarning oliy taʼlim olish huquqi toʻgʻrisida gap borar ekan, oʻrta maktab va kollejlar bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish masalasi ham yechimini kutayotgan oʻtkir muammolardan edi. Maktab va kollej bituruvchilari bilan oliy oʻquv yurtlarining nisbati keskin farq qilishi bilim olaman, degan ilmga chanqoq yoshlarning ehtiyojini qondira olmasligi oqibatida minglab yoshlarning yaqin va uzoq mamlakatlarga chiqib ketishiga olib keldi. Prezident tashabbusi bilan koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli 2017-2021-yillarda bu raqam oldingi 9 foizdan 28 foizga yetdi8.
Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2030-yilda 50 foizga yetkaziladi. Shuni hisobga olib, oliy oʻquv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar koʻpaytiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari soni 141 taga yetdi, qabul oʻrinlari 66 mingtadan 182 mingtaga oshdi. Xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining 26 ta filialida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Oliy taʼlimning qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish, tizimda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oʻquv yuklamalarini maqbullashtirish, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash, professor-oʻqituvchilarning maoshi oʻrtacha 3,5 barobarga oshirilishi — oliy taʼlim islohotlarining dastlabki natijalaridir.
Oliy taʼlim islohotlarining muhim qirralaridan yana biri yoshlarimizning bir vaqtda bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish masalasi edi. Mamlakatimizda ancha yillardan buyon faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim maskanlarining qabul jarayoniga havas bilan qarab kelar edik. Zero, bir vaqtning oʻzida mamlakatimizdagi hamma xorijiy oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirish mumkin edi. Bu holat bizni ham hayratga solar, ham havasimizni keltirgan. Prezidentimiz aynan ana shu masalada “Yoshlarimizga bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berishimiz, oʻylaymanki, ularning taʼlim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi”, — deb taʼkidlagan edi. Hech qancha vaqt oʻtmay yoshlarimiz shunday imkoniyatga ega boʻldi9.
Keyingi yillarda oliy taʼlim tizimiga nodavlat va xususiy sektorning, shuningdek, koʻplab xorijiy oliy oʻquv yurtlari va filiallarining kirib kelishi ijobiy holat boʻldi. Bir jihatdan oliy taʼlimning qamrovi kengaysa, ikkinchidan, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida ijobiy maʼnodagi oʻzaro raqobatni taʼminlaydi, tizimda bozor qonunlari ishlay boshlaydi. Zero uning natijasi muhim hisoblanadi, chunki har bir oliy oʻquv muassasasi sifatli kadr lar tayyorlash uchun kurashadi. Raqobat va bozor sifatsiz mahsulotlarni yoqtirmaydi. Natijada raqobatbardosh mahsulot yaratish har bir oliy taʼlim muassasasining asosiy maqsadiga aylanadi, natija kutilganidek yuqori boʻladi. Shularning oʻziyoq taʼlimdagi islohotlar chuqur oʻylangan holda olib borilayotganini anglatadi.
Tizimdagi islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri, oliy taʼlim bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqadorlik integratsiyasini vujudga keltirish boʻldi. Zero, hamkorliksiz yuqori malakali, zamon talabidagi kadrlar tayyorlash mumkin emas. Mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalarining buzilib ketishi natijasida hamkorlik aloqalari uzilib, taʼlim oʻz yoʻlida, ishlab chiqarish oʻz yoʻlida faoliyat yuritar edi. Bugungi kunda mamlakatimizda yirik va oʻrta ishlab chiqarish korxonalari qad koʻtardi, oliy taʼlim bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlik integratsiyasi yoʻlga qoʻyildi. Texnika oliy oʻquv muassasalari talabalari nafaqat yangi texnologiyalar bilan tanishish, balki ularni boshqarish amaliyotiga ega boʻlmoqda10.
Hozirgi kun talablariga javob beruvchi zamonaviy ta'lim talablarini belgilaydigan eng muhim omillar nimalardan iborat degan savol tug'ilishi tabiiydir. Bunday omillarning asosiysi ta'lim tizimida yangi oltinchi texnologik yo'nalishga o'tish. Shu kungacha dunyoda beshinchi texnologik yo'nalishlar, ya'ni telekommunikatsiya, internet va elektronika hukmronlik qilgan. Yangi texnologik yo'nalishlar esa biotexnologiya, nanotexnologiya, sun'iy intellektga o'tishni, shuningdek, insonlarning bilim olishiga investisiya kiritishning alohida rolini o'z ichiga qamrab oladi. Bu sivilizatsiya rivojlanishining yangi bosqichi - axborot sivilizatsiyasi bosqichidir11.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar to'g'risida to'xtalib o'tar ekan, quyidagilarni ta'kidlab o'tganlar: "Tarmoqlar rahbarlari kadrlarga ehtiyoj to'g'risidagi ma'lumotni Oliy ta'lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etishadi. Keyin mutaxassislarni tayyorlash kvotalari bo'yicha chuqur o'ylanmagan takliflar ishlab chiqiladi. Buning natijasida kadrlar sifati va ularni ishga joylashtirish muammosi yildan-yilga kuchayib bormokda".

Yüklə 139,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin