Ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi kasb-hunar kollejlarida talimida qollaniladigan dars va mashgulotlar shakllari, metodlarini aosiy mohiyati va kasbhunar kollejlarida olib borilayotgan oqitish tizimini amaliy organish. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, ishda quyidagi vazifalar belgilab olingan: Kasbiy talimining shakllanishi va rivojlanish tarixi; Kasb-hunar kollejlarida ta‘limida qo‘llaniladigan shakl va metodlar mohiyati; Kasb-hunar kollejlarida ―Kompyuter grafikasi haqida ma‘lumot va kompyuter grafikasi turlari mavzusida dars ishlanma. oqitish tizimida texnologiyalardan foydalanish. Mamlakatimiz oz mustaqilligini qolga kiritganidan keyingi qisqa vaqt ichida bosib otgan taraqqiyot yoli asrlarga tatigulik mazmun va samara kasb etmoqda. Shu boisdan ham mamlakatimiz Prezidentining «Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida»gi qarorida takidlanganidek, yurtimizda «demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga otkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yolida erishgan marralarimiz jahon ahlini haqli ravishda hayratda qoldirmoqda»2. U talim tizimini rivojlantirish sohasida ham tub buyuk islohotlarga yol ochdi. Mustaqillikkacha bolgan davrda yagona mafkura hukmronligi ostidagi pedagogic tizim sharoitida yashadik, faoliyatimizni sobiq markazdan yuborilgan tavsiyalar asosida tashkil etdik. Natijada shaxs manfaatlari va ularning manaviy ehtiyojlari maktab devorlari ortida qoldi. Pedagogik ijod, ona tili va Vatan tarixi, geografiyasi, tabiati, milliy urf-odatlari, ananalar, manaviyat va qadriyatlarni oz oquvchilariga orgatishdan deyarli mahrum etilgan oqituvchi unga buyurilganlarnigina orgatuvchiga aylandi. Talim-tarbiya ishlarining 70 yil davomida shakllanib qolgan ana shu illatlardan xalos qilish talimdagi islohotlarning tub mohiyatini tashkil qildi.