2.3.Arilar(Apotdea) oilasi vakillarining jamoa bo’lib yashash xususiyatlari
Arisimonlar (Apidae) oilasiga kiruvchi hasharotlaming tanasi tuk bilan qoplangan. Orqa oyoqlaridagi panjasining birinchi bo‘g‘imi kengay ib, gul changini yig'ishga moslashgan maxsus chuqurcha - “savatcha”ni hosil qiladi. Og‘iz organlarining tuzilishi ham gul nektarini so‘rishga moslashgan. Qurtlarini nektar va gul changi bilan boqadi. Bu oilaning keng tarqalgan turlariga misol qilib asalari, tukli apulap va arrakash arilarni keltirish mumkin.
Paxmoq arilar (Bombus urug‘i) ancha yirik va yo‘g‘on bo‘lishi, tanasining qalin uzun tuklar bilan qoplanganligi bilan asalaridan farq qiladi. Qishlab qolgan ona ari bahorda biror pana joy topib, o'ziga in quradi va bir necha katak yasab tuxum qo‘yadi. Bu tuxumlardan faqat ishchilar yetishib chiqadi. Kuzda uyadaerkaklari va yosh urg‘ochilari paydo bo'ladi. Trutenlar urug‘lanishdan keyin halok bo‘ladi, yosh urg‘ochilari esa qishlab qoladi. Paxmoq arilar ayniqsa birmuncha sovuq iqlimli shimoliy mintaqalarda o‘simliklarni changlatishda katta ahamiyatga ega. Ayrim o'simliklar (sebarga) faqat paxmoq arilar yordamida changlanadi.[49]
Oddiy qovoqari-Bombus Lapidarus Tanasining rangi ko‘proq jigarrang yoki binafsha rangli bo‘lib, metallsimon yaltiroq tuslidir. Biologiyasi va ekologiyasi. Bir yillik oilalar shaklida mavjud boiadi, bu oilalarga yirik ona - uyani hosil qilgan va mayda rivojlanmagan urg‘ochilar kiradi. yozning ikkinchi yarmida erkaklari va yosh ona qovoqarilar pay do bo‘ladi, ular qishlaydilar. Bahor kelishi bilan qovoqlarilar o‘tlar, moxlar va boshqa narsalar- dan uya qurishadi. Kemiruvchilarning tashlab ketilgan inlariga, ba’zan chug‘urchuq uyalariga, xonadonlar devori yoriqlariga uya qurishadi. Har bir uyada 500 ga yaqin qovoqari yashaydi. Urg‘ochi ari 200-400 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Kuzga borib yosh urg‘ochi- laridan boshqa barcha qovoqarilar nobud bo‘ladi. Tarqalishi. Keng tarqalgan tur bo‘lib, Grenlandiya, Yangi Yer, Chukotka orollarida va Alyaska yarim orolida, Yangi Zelandiyada ham uchraydi. Qovoqarilar asalari va sariq arilarga nisbatan «tinchliksevar» hasharotlar. Qovoqari chaqqanidagi belgilar asalari chaqqanidagiga o‘xshash bo‘ladi: og‘riq, shishlar. Agarda allergik reaksiyalar kuzatilmasa, bitta arining chaqqani unchalik xavf tug‘dirmaydi.
Yirik qovoqarilar- V. orientalis Boshi sariq yoki sariq - qizil, ko‘kragi qora, qorinchasini orqa yarmi sariq, qora dog‘li. Biologiyasi va ekologiyasi. Yirik qovoqarilar - yirtqich boiib, nishi yoki jag‘i bilan o‘ldirishi mumkin bo‘lgan ko‘pchilik hasharotlar ulaming o‘ljasiga aylanadilar. O‘lja shu zahoti kemirib tashlanadi, masalan, asalarini boshi va qorinchasi kesib tashlanib, ko‘kragi yaxshilab chaynaladi, ushbu «bo‘tqa» bilan ular o‘z lichinkalarini boqadilar. O‘zlari esa nektar va boshqa shiraga ega ozuqalami iste’mol qiladi. Asalarichilikka sezilarli ziyon keltirishi mumkin. Jamoa holda yashovchi hasharotlar bo‘lib, uyalarini qog‘ozdan yasaydilar. Buning uchun ular yog‘och tolalarini baquvvat jag‘lari bilan ezib, suv va yopishqoq so‘laklari bilan namlab tayyorlaydilar. Kavaklarga, yog‘och imoratlarga, ayrim hollarda asalari qutilariga uya quradi. O'rta Osiyoda uchraydi. Yirik qovoqarilar chaqqanida juda og‘riqli bo'ladi. Ularni uyasiga tegish juda xavfli, chunki ular juda tajovuzkorligi bilan ajralib turadilar. Yirik qovoqari chaqqanida mahalliy (og‘riq, shishlar, yallig’lanish) hamda umumiy (bosh og‘rishi, bosh aylanishi, yurak urishi tezlashishi, tana haroratining oshishi) belgilar kuzatiladi
Asalari (Apis mellifera) - jamoa bo‘lib yashovchi hasharot. Uning har bir oilasida 10000 dan 50000 gacha, ba’zan 100000 gacha ishchi, bitta ona (malikasi) va bir necha yuz erkak ari - trutenlar bo‘ladi. Oiladagi barcha arilar bitta ona arining nasli hisoblanadi, Lekin ular tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Ona va erkak arilar ishchilariga nisbatan yir ik, qorin bo‘limi yo‘g‘on va uzunroq bo‘ladi. Erkaklarining mo‘ylovlari ancha uzun, ko‘zlari esa yirik, lekin qanotlari ishchilariga nisbatan kaltaroq. Ona va ishchi arilar qomining uchki qismida chaquvchi nayzasi bo‘ladi. Erkak arilaming zahar bezlari va nayzasi bo‘lmaydi. Ishchi arilar jinsiy voyaga yetmagan urg‘ochilar hisoblanadi. Boshining ikki yonida fasetkali ko‘zlari bor. Ko'zlaming o‘rtasida uchta oddiy ko'zchalar boshining oldingi tomonida esa bir juft mo'ylovlari joylashgan. Ishchi arilar gulning hidi va rangini yaxshi ajrata oladi. Ularning fasetkali ko'zlari sariq, ko‘k va odam ko‘zi ilg‘amaydigan ultrabinafsha nurlami yaxshi ajratadi, lekin qizil nurlami farqlay olmaydi. [47]
Yuqori jag‘lari kemiruvchi tipda tuzilgan bo‘lib, ishchilar ular yordamida mumdan kataklar yasashadi va changdonlardan gul changini yasaydi. Pastki lab va pastki jag‘lar suyuq nektarni so‘rishga moslashgan naysimon uzun xartumdan iborat. Orqa oyoqlarining panja qismidagi savatchaga ishchi arilar gul changini yig‘adi. Ular chaqqanida nayzasi teri ostida uzilib qoladi va ha- lokbo‘ladi. Asalarilar oilasida qat’iy mehnat taqsimoti mavjud bo‘lib, erkak va ona arilar ko‘payish, ishchi arilar esa oilani boqish vazifasini bajaradi. G‘umbakdan chiqqan yosh ishchi arilar dastlabki kunlarda uyani tozalash, keyinroq ona va erkak arilami hamda qurtlami boqish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu davrda ulaming maxsus bezlari “asalari suti” deb ataladigan suyuqlik ajratib chiqara boshlaydi. Bu suyuqlik bilan ishchi arilar ona arini boqishadi. Bir necha kundan so ‘ng ular boshqa ishchi arilar keltirgan oziqni qabul qilish bilan shug ‘ullana boshlaydi. О ‘n sakkiz kunligida ishchi arilam- ing mum bezlari rivojlanadi. Bu davrda ular kataklar qurish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uyadagi oxirgi kunlarda ishchi arilar uyani qo'riqlash bilan shug‘ullanadi. Hayotining so‘nggi 2-3 kuni davomida arilar nektar yig‘a boshlaydi. Bitta ari jig‘ildoniga 30-40 mg nektar ketadi. Nektar jig‘ildonda va kataklarda ari soiagi fermentlari ta’sirida oddiy karbonsuvlargacha parchalanib, asalga aylanadi. Asalari oilasi bir mavsumda 100-120 kg asal va 25-30 kg gul changi yig‘adi. Ishchi arilar 25-40 kun yashaydi. Erkak arilar uyada faqat yoz mavsumida yashaydi. Kuzda ularni ishchi arilar haydab chiqaradi. Ona arilar 7 yilgacha umr ko‘radi; amri davomida bir necha yuz ming tuxum qo‘yadi. Asalarilar gulli o‘simliklami changlantirib, ulaming hosildorligini oshir ishga yordam beradi. Bitta asalari oilasi bir mavsum davomida 30-40 ming gulni changlatib chiqadi.
2.3.1-rasm Ishchi ari tanasining tashqi tuzulishi:
1-bosh qismi 2-oddiy ko’zlar 3-murakkab ko’zlar 4-mo’ylovi 5-yuqori jag’ 6- pastki jag’ 7-ko’krak bo’limi 8- oldingi qanotlar 9- orqa qanotlar 10-oyoqlar 11-tirnoqlar 12- oyoqlaridagi tukchalari 13-qorin bo’limi 14- qorinning uchki qismi, zaxar yuborish uchun ishlatiladigan organi
Dostları ilə paylaş: |