O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə9/20
tarix10.06.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#61176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Yangi MD

Olma qizil qon shirasi - Eriosoma lanigerum Hausm
Zarari. Olma, nok va boshqa mevali daraxtlarning ildizini, tana va shoxlarining shirasini so‘rib, daraxtlarni kuchsizlantiradi. Shiraning shira so‘rgan joylarida g‘uddalar paydo bo‘ladi va ular keyinchalik yorilib, chiriydi. Qon shirasi tushgan yosh daraxtlar ko‘pincha qurib qoladi, katta daraxtlar esa kuchsizlanib, hosili juda kamayib ketadi. Qon shirasi ko‘p tushgan shoxlar quriydi.
Ta’rifi. Qanotsizi to‘q qizil bo‘lib, usti mumsimon parli oq g‘ubor bilan qoplangan. Qon shirasining tanasi tuxum shaklida bo‘lib qanotsiz shira voyaga yetganda uzunligi 2,1-2,6 mm yetadi. Qanotli shiraning oq pari faqat qornining uchida bo‘ladi. Gavdasi silindr shaklida bo‘lib, uzunligi 2,2 mm [12].
Hayot davri. Qon shirasi har xil yoshdagi lichinka va voyaga yetgan hasharotlik holatida olma daraxtlarining ildizlarida, po‘stloq yoriqlarida va yo‘g‘on shoxlarining asosida qishlaydi. Fevral oyining oxiri, mart oyining boshlarida uyg‘onib, dastlab qishlagan joylarida oziqlana boshlaydi, so‘ng daraxtlarga o‘rmalab chiqib, po‘stlog‘i nozik yoki zararlangan joylariga o‘rnashib oladi. Shiralarning galalari sidirg‘a mum par bilan qoplanadi. Qon shirasi yoz bo‘yi 15-17 ta bo‘g‘in beradi. Yangi bog‘larga ko‘chat bilan tarqaladi.
Uyg‘unlashgan kurash choralari. Qon shirasining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik va daraxtlarni kasalliklardan saqlash uchun olma daraxtlarining kesilgan va chaqalangan joylariga yog‘ bilan bog‘ qorishmasi yoki loyqa loy surkab qo‘yiladi. Qon shirasi tushgan bog‘ va ko‘chatzorlardan ko‘chatlarni fumigatsiya qilmasdan olish yaramaydi. Qurtaklar bo‘rtish vaqtida qishlayotgan zararkunandalarga qarshi yog‘li preparatlarni purkash eng samarali hisoblanadi .
V. V. Yaxontovning "O’rta Osiyo qishloq xo’jalik zararkunandalari" asarida keltirilishicha olma qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerium) ning vatani Shimoliy Amerika bo’lib, Yevropaga bu hasharot 200 yil oldin daraxt ko’chatlari bilan birga kirib kelgan. O’zbekistonga ushbu zararkunanda 1905 yilda ko’chat olib kelinishi natijasida kirib qolgan.
Ushbu zararkunandaning qanotli va qanotsiz xillari mavjud. Qanotli shiraning qorin qismining ustida oq pari bo’ladi. Gavdasi silindr shaklida bo’lib, uzunligi 2.2 mm atrofida bo’ladi. Tanasining qolgan qismlari boshi, ko’kragi va oyoqlari qora, qorni esa to’q jigarrangda uchratiladi.
Qanotli olma qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerium)ning rangi qanotsiz shiranikidan farq qiladi. Mazkur shiraning rangi biz tadqiqot olib borgan Rishton tumani Tegirmonboshi qishlog’ida hamda Farg’ona tumani Poloson qishloqlari hududida bir xil to’q qizil rangda uchratildi. Ushbu qanotsiz shirining usti to’liq mumsimon parli oq g’ubor bilan qoplanganligini ko’rish mumkin. Bu shirani boshqacha parli shira deb ham ataladi.
Ushbu shiraning biologiyasiga e’tibor beradigan bo’lsak o’ziga xoslikni ko’rish mumkin, yani mazkur tur shiralar qishlash davrida turli yoshdagi kichkina hamda voyaga yetgan hashoratlik stadiyasiga bo’ladi. Tadqiqot olib borilgan har ikkala hududda olma qizil qon shirasining qishki mavsumda olma daraxtlarini ildizidan, po’stlog’i orasidan hamda yo’g’nroq shoxlarining yoriqlaridan topildi V.V. Yaxontovning ma’lumot berishicha ushbu shira o’z vatani Shimoliy Amerikada qayrag’ochzorlarda tuxumlik stadiyasini qishlaydi. Olma qizil qon shirasining tuxumdan chiqishi yoki lichinka va umuman qishlab chiqqanlarining yoki qishki uyqudan uyg’onishlari uchun +50 C harorat talab etiladi. Biz tadqiqot olib borgan Markaziy Farg’onada ushbu tur shirani qishki uyqudan uyg’onish davri 2018 yil 25 mart kuniga to’g’ri kelgan bo’lsa, ayni shu davrda qo’shni Rishton tumani hududida mazkur shira aniqlanmadi. 10-aprelga kelib dastlabki shira lichinkalari mazkur hududdan topildi.

2.2.2-rasm. Qanotsiz olma qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerium)

2.2.3-rasm. Qanotli olma qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerium)

Yuqorida ta’kidlanganidek olma qizil qon shirasining dastlabki qishki uyqudan uyg’onishi Yozyovonda 15 kun ilgari boshlandi. Ularni dastlabki koloniyalarining kattaligi o’rganilganda jami 25 tup olmada ular 25 aprel kuni Yozyovonda 20 sm2 kattalikda, Tegirmonboshi qishlog’ida esa 30 aprelda 22 sm2 kattalikda koloniya hosil qilganligini tadqiqotlarimiz davomida o’rgandik.


Boshqa tur shiralar singari bu turning ham populyasiyalari dinamikasini ortishi bir mavsum davomida ikki marta ro’y beradi. Shunga ko’ra dastlabki populyasiya dinamikasini ortishi taxlil qilinganda Yozyovonda bu ko’rsatkich 16 iyunga to’g’ri keldi va 25 tup olma daraxtida ular 2.44 sm2 joyni qoplab oldi. Xuddi shu ko’rsatkich Rishton tumanida o’rganilganida deyarli bir vaqtda yani 20 iyunga to’g’ri keldi. Shu davrda ular 25 tup daraxtning 2.58 sm2 maydonini egallaganligi o’lchab chiqildi.
Yozda havo haroratining issiqligi, quruq havo va foydali hasharotlarning ko’payganligi Eriosoma lanigerium shirasining ko’plab-ko’payishiga to’sqinlik qiladi hamda shiralar birdaniga kamayib ketish xodisasi kuzatiladi.
Shira populyasiyalarini dastlabki ko’tarilish sabablariga yana ozuqa o’simligining vegetatsion davriga to’g’ri kelishi, ozuqani mo’lligi bilan birgalikda, olma qizil qon shirasining dastlabki 3-avlodi juda ko’p lichinka tug’ishi ham sabab bo’ladi. Biz tadqiqotlarimiz davomida mazkur shirani laboratoriya sharoitida boqib o’rganganimizda ularni har biri o’rta hisobda 100-110 tadan lichinka qo’yishini kuzatdik. Mazkur holat ushbu shiraning biologiyasidagi o’ziga xos xususiyat desak adashmaymiz, chunki biz tajribani kuzgi bo’g’in shiralarida ham o’tkazganimizda kuzgi avlodlar o’rta hisobda 20-30 tadan lichinka tuqqanligini kuzatdik. Demak serpushtlilik jihatidan ham bahorgi-yozgi shiralar ustunlik qilar ekan.[37]

2.2.4-rasm. Ozuqa o’simligini qizil qon shirasi populyatsiyalari bilan turli darajadagi zararlanish holatlari
Amaliy tadqiqotimiz davomida Eriosoma lanigerium shirasi populyasiya dinamikasini pastlash davrlarini ham o’rgandik. Unga ko’ra populyasiya dinamikasini pastlashi Farg’ona tumani va Poloson qishlog’ida 14 avgust kuniga to’g’ri kelib bog’dagi olmalarda ularning egallagan maydoni 80 sm2 ga tushib ketdi, Yozyovonda esa mazkur holat 28 avgust kuni kuzatildi va populyasiya zichligi qo’shni hududdagi vaziyatdan biroz kattaroq yani 88 sm2 maydonni egallaganligi kuzatildi.
Populyatsiyadagi shiralar miqdorining ikkinchi ko’tarilish davri ikki hududda ham oktyabr oyiga to’g’ri keldi. Alohida ta’kidlash lozimki shiralarning ikkinchi ko’tarilish davri Rishton tumani Tegirmonboshi qishlog’ida biroz ertaroq yani 4 oktyabrga to’g’ri keladi. Shu kuni shiralar populyasiyalarining kattaligi hisoblanganda 25 tup olma daraxtida 121 sm2 maydonni egallaganligi aniq bo’ldi. Mazkur holat Poloson qishlog’ida 10 oktyabrga to’g’ri keldi va populyasiya miqdor zichligi kattaligi 148 sm2 ga to’g’ri keldi. Ikkinchi ko’tarilishda ham Farg’ona tumani olmazorlari ushbu hasharot Yozyovondagi olmazorlariga nisbatan biroz ko’proq zararlanganligi aniqlandi.
V.V. Yaxontovning ma’lumotlariga ko’ra olma qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerium) to’rt marta po’st tashlaydi. Tug’ilgan lichinkalar serharakat bo’lib, faqat o’zi tushgan daraxtga o’rmalab chiqadi. Shu vaqtda daraxtdan tushib ketgan lichinkalar tuproq orasiga kirib olib, ildizlardagi shirani so’rib oziqlana boshlaydi, olma qizil qon shirasining lichinkalari oziqlana boshlagandan keyin harakatlanmaydi. Qanotsiz shiralar bir joyga yopishib olib, nozik va salga sinadigan hartumchasini daraxtdan deyarli umr bo’yi tortib olmaydi. Aprelning oxirida mayning boshlarida lichinkalarning bir qismida dastlabki qanotlar paydo bo’ladi va qanotlari o’sib qanotli shiralar paydo bo’ladi .
Tadqiqot olib borilgan ikkala hududda ham dastlabki qanotli shiralar mayning oxirida topiladi. Qanotli shiralar koloniyada juda oz 1-2 tani tashkil etadi xolos. Sentyabr oyiga borib esa bunday shiralar soni 10-20 taga ortganligini kuzatish mumkin.
Kuzgi avlod shiralaridan ikki jinsli nasl o’sib yetishadi, bu shiralar 4 marta tulab voyaga yetgach juftlashib tuxum qo’yadi. Tuxumlari bizni sharoitimizda sovuq va qorlar ta’sirida nobud bo’ladi. Laboratoriya sharoitida tekshirshlarimizdan shu narsa aniq bo’ldiki, ushbu ona shiralar tuxumini qo’yib bo’lgach o’zi halok bo’lar ekan.
Olma qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerium) o’z vatani Shimoliy Amerikada qanotlilari qayrag’och ( Ilmus amerikana ) ga uchib o’tib, unga tuxum qo’yadi, tuxumlar qishlagandan so’ng ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar olma daraxtlariga uchib o’tadi (V.V. Yaxontov, 1962).
Olma qizil qon shirasi (Eriosoma lanigerium)ning ekologik xususiitliriga to’xtaladigan bo’lsak, ushbu tur shira bir joydan ikkinchi joyga ko’chishiga qaramay faqatgina ko’chat orqali tarqalishiga guvoh bo’ldik. Agar bog’dagi olmalar bir-biriga yaqin bo’lsa yerga to’kilgan lichinkalar qo’shni daraxtga ham chiqib koloniya xosil qilishi mumkin .
Tadqiqot olib borgan Yozyovonda mazkur shirani olma daraxtlarida ko’proq pastki yaruslarda katta koloniyalar hosil qilganligi kuzatilgan bo’lsa, Rishton tumani hududida daraxtning barcha yaruslarida turli kattalikdagi koloniyalar hosil qilganligini o’rgandik, ayniqasa bu zararkunanda namgarchilik yuqori, salqin, suv bo’yidagi olma daraxtlarini ko’proq zararlashligini o’rgandik.
Barg ustki yong’oq shirasi-Panaphis yuglandis Goeze. Barg ustki yong’oq shirasi yong’oq bargining ustki qismida bargning markaziy tomiri atrofida chiziqli shakldagi kalloniyalarni hosil qilib yashaydi .
P.Nevskiy (1929) asoschilarining dastlabki lichinkalarini Toshkentda 14- aprelda, M.N.Narziqulov (1962) 10-11 aprelda Dushanbeda uchratilgan.
Barg ustki yong’oq shirasi ko’p miqdorda ko’payib, ketgan vaqtda qanotli tirik tug’uvchi urg’ochilari boshqa yong’oqlarga uchib o’ta boshlaydi , ularning lichinkalari esa barg bandida, novdalar bo’ylab harakatlanib, yangi barglarda kolloniyalar hosil qila boshlaydi. Mazkur tur shiralari yosh nihollarni 100% barglarni egallaydi.
Barg ustki yong’oq shirasi bahor -yoz oylaridagi taraqqiyoti davomida markaziy tekislik mintaqalarida 10 -11 avlod beradi. Mazkur tur shiralarni sovuq tushgunga qadar oktabr oyining oxirlarigacha dona holda uchratish mumkin.
Barg ustki yong’oq shirasini oziqlanish joyini o’zgartirib turishi daraxt o’sayotgan yerning rel’efiga va havo haroratiga bog’liq. Qishlagan tuxumlardan lichinkalarni chiqishini ko’p yoki ozligi kuzning ob -havosiga bog’liq bo’ladi.
Barg ustki yong’oq shirasi joylashib suyuqlik so’rgan bargning markaziy tomirida to’q jigarrang rangdagi dog’lar hosil qiladi. Bahorning ohiri yozning boshlarida havo haroratining shiralar hayotiga salbiy ta’siri sezila boshlaydi. Katta yong’oq shirasi quyosh nuri tik tushadigan barglarda, kun isib ketgan paytda kolloniyalari tarqab ketadi, ba’zi shiralar esa bargining orqa tomonida o’tib oladi.
Qanotli tirik tug’uvchi urg’ochi shiralar asosan ertalab va kunduzi tushlik paytida lichinka tug’adi. Katta yong’oq shirasi lichinkalari po’st tashlashni asosan kechqurun amalga oshiradi. Yozning jazirama issiq havosi yong’oq barglaridagi shiralarga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Bu vaqtda yong’oqlarda shiraning miqdori sezirarli darajada pasayadi. Yozning issiq harorati markaziy tekisliklarda barg ostki yong’oq shirasida depressiyani boshlanishga olib keladi. Shunga qaramasdan katta yong’oq shirasi yong’oqda butunlay yo’qolib ketmaydi; uning juda oz miqdordagi individlari saqlanib qoladi.
Depressiyani boshlanishi markaziy tekisliklarda iyun oyining o’rtalariga to’g’ri keladi .
Depressiyadan chiqqan shiralar markaziy tekisliklarda sentabr oyining o’rtalarida miqdor zichligining 2- to’lqini yuqori cho’qqiga chiqaradi. Bu paytda barg ustki yong’oq shirasining miqdori qanotli shiralar va ular tug’ib bergan lichinkalar hisobiga bir oz o’sadi.
Barg ustki yong’oq shirasining rivojlanishida o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uni taraqqiyotiga ekologik muhitning shart- sharoitlari, jumladan harorat va havoning nisbiy namligi ta’sir qiladi.
Taqdqiqotlar davomida barg ustki yong’oq shirasiga issiqlik ta’sirini lihchinka tug’ish miqdorini o’zgarishiga hamda uning hatti- harakatlarini sustlashishi yoki faollashishiga ta’siri aniqlaniladi.
Barg ustki yong’oq shirasining yetuklari havo harorati +2 +4 0C oralig’ida bo’lganda lichinka tug’maydi. Bu haroratlarda ularning harakatlari sust bo’ladi. Mehanik yoki boshqa hildagi ta’sirlarga ularning javob reaksiyalari sezilmaydi.
Havo harorati ko’tarilgan sari shiralarning lichinka tug’ish miqdori ortib boradi. Lichinka tug’ish uchun eng o’timal haroratlar +20 +250C oralig’ida bo’lishi ma’lum bo’ladi. Havo harorati 30 0C dan ortganda shiralarning lichinka tug’ish miqdori sezilarli darajada kamayadi. Katta yong’oq shirasining past yoki yuqori haroratlarda rivojlanishi susayadi yoki to’xtab qolish darajasiga keladi.
Shiralarning ko’payish va rivojlanishiga havo namligining optimal ta’siri kuchli bo’ladi, jumladan yorug’lik va issiqlik yetarli bo’lganda 75 - 80% namlikda shiralar faol ko’paya boshlaydi. Ayniqsa bu turdagi ko’payish bahorning o’rtalaridan boshlab aktivlashadi, keyinchalik havo namligining kamayishi yorug’lik va issiqlik yetarli bo’lishiga qaramasdan katta yong’oq shirasining midor zichligini pasayishiga olib keladi. Katta yong’oq shirasining oziqlanish darajasini sutka bo’ylab o’zgarishi o’simlikning fiziologik holatiga bog’liq.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin